O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


Tajriba ishlarini bajarish tartibi



Download 11,41 Mb.
bet28/101
Sana08.02.2022
Hajmi11,41 Mb.
#436608
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
2 5274154074948766837

Tajriba ishlarini bajarish tartibi
O`qituvchidan vazifani va rudani olib, talaba yanchish uskunalaridan birida ishni quyidagi tartibda boshlaydi:
1. Jag’li maydalagichdan 200 g rudani o`tkazish;
2. Maydalangan rudani diskli yanchuvchi uskuna yordamida yanchish;
3. Elaklar to`plami yordamida 0,074 mm dan katta zarralarni ajratish;
4. Elakda qolgan 0,074 mm dan katta zarralarn qayta yanchish.
Yanchilgan mahsulot quritilb, qog’oz paketga solinadi va paketga namunaning pasporti yoziladi (ruda nomi, miqdori, olingan sana, talabaning ismi sharifi va boshqalar).
Yanchish natijalari 1-jadvalga kiritiladi.
Paketdagi ruda flotatsiya usulida boyitish uchun ishlatiladi.
1-jadval. Diskli yanchish uskunasida rudani yanchish natijalari.




Ruda

Boshlang’ich kattaligi
db , mm.

Oxirgi kattaligi
do , mm.

Yanchish darajasi
db/do

Uskuna unumdorligi
t/soat

1.
















2.
















3.
















Flotatsiyani o`tkazish tartibi:
a) berilgan rudani boyitishning texnologik sxemasini tuzish;
b) reagentlar sarfini hisoblash va berilgan kontsentratsiya bo`yicha eritmalarini tayyorlash;
v) flotatsiya jarayonini o`tkazish va boyitish mahsulotlarini tahlil qilish;
g) flotatsiya jarayonining texnologik ko`rsatkichlarini hisoblash, foydali komponentlarning muvozanatini tuzish va o`tkazilgan tajriba ishi bo`yicha xulosalar chiqarish.
Flotatsiya mashinalari kamerasi pleksiglasdan (maxsus material) tayyorlangan bo`lib, 25,100,250,500 va 1000 gr. ruda namunalariga mo`ljallangan bo`lishi kerak.
Asosiy flotatsiya kamerasi sig’imi 700 ml bo`lgan «Mexanobr» mashinasida o`tkaziladi. Boyitmani qayta tozalash sig’imi 75 ml bo`lgan flotokamerada o`tkaziladi. Buning uchun flotatsiya mashinasi kamerasiga 500 ml atrofida suv solib, aralashtirish uchun impeller aylantiriladi (qo`shiladi). So`ngra ingichka oqim qilib sekin ruda namunasi solinadi va foltatsiya davomida o`zgarmas chiziqqacha suv solinadi. Shundan so`ng reagentlar qo`shish boshlanadi.
Birinchi muhitni sozlovchi reagentlar qo`shilib 2 daqiqa aralashtiriladi. Keyin esa tazyiqlovchi reagentlar va yig’uvchi reagentlar qo`shilib, 2-5 daqiqa aralashtiriladi. Shundan so`ng ko`rsatilgan belgigacha kameraga suv qo`shiladi va kameraga havo berilib, hosil bo`lgan ko`pik ajratib olinadi. Flotatsiya jarayonining davom etish vaqti aniqlangan bo`lishi lozim. Zarurat tug’ilganda qayta tozalash va nazorat flotatsiyalari amalga oshiriladi. Flotatsiya jarayonidan boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi olinadi.
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish
Flotatsiya jarayonidan olingan barcha mahsulotlar quritilib, texnik tarozida og’irligi o`lchanadi. Shundan so`ng mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdorini aniqlash uchun mahsulotlardan namuna olib kimyoviy tahlilga beriladi.
Flotatsiya jarayonidan olingan mahsulotlarni quritish shkafiga qo`yishdan avval ularning har biriga mahsulotlarning nomi va kimning mahsuloti ekanligi qog’ozchaga oddiy qalamda yozilib, tashlanadi.
Mahsulotlar past haroratda quritilishi kerak, chunki yuqori haroratda mahsulotlarning tarkibi va massasi o`zgarishi mumkin (masalan, sulfidli mahsulotlardagi oltingugurtning yonishi hisobiga), mahsulot idishga yopishib qolishi, yoki qog’oz markalar yonib ketib, mahsulotlar adashib ketishi mumkin.
Kimyoviy tahlildan olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi va metallar muvozanati hisoblanadi.
2-jadval. Kimyoviy tahlildan natijalari

Mahsulotlar

Mahsulotning
chiqishi, γ

Qimmatbaho komponentning miqdori, β,%.

Qimmatbaho komponentning ajralishi, ε, %.

%

t/soat

Boyitma













Oraliq mahsulot













Chiqindi













Dastlabki ruda

100







100

Jadval to`ldirilgandan so`ng qo`llaniladigan reagentlar, ularning miqdori, qo`shilish joylari va flotatsiya davomiyligi ko`rsatiladi.
Qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlariga ajralishi quyidagi formula bo`yicha topiladi.

Bu yerda:
ε– qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotiga ajralishi, %;
γ- mahsulotning chiqishi, %;
β- qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlaridagi miqdori, %;
α- qimmatbaho komponentning dastlabki rudadagi miqdori, %.

Dastlabki rudadagi qimmatbaho komponentning ajralishi boyitish mahsulotlariga ajralgan qimmatbaho komponetlarning yig’indisiga teng bo`lishi kerak. Bunday holda tajriba ishi to`g’ri bajarilgan bo`ladi.


Bajarilgan ishni himoya qilish uchun talabalar quyidagilarni bilishi shart:

  1. Ruda tarkibidagi asosiy komponentlarning flotatsion xususiyatlarini;

  2. Tanlangan boyitish sxemasini asoslashni;

  3. Reagentlarni jarayonga nima maqsadda qo`llanilishini va sarfini;

  4. Bo`tananing zichligi va muhitning jarayonga ta`sirini;

  5. Flotatsiya mashinasining tuzilishi va ishlash printsipini;

  6. Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni;

  7. Metallar muvozanati jdvalini tuzish va kerakli ko`rsatkichlarni hisoblash;

  8. Olingan natijalarga asoslanib xulosa chiqarish.



Download 11,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish