Boyitishning aloҳida sikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish.
Amalda ishlatiladigan flotatsiya sxemalari shuncha ko’pki ularni aloҳida ҳol uchun ko’rib chiqishga imkoniyat yo’q.
Boyitish tsiklining eng oddiy misoli bitta flotatsiya jarayoni hisoblanadi. Lekin bunday oddiy sxema faqat bitta oҳirgi mahsulot olinadigan tsiklda ishlatilishi mumkin. Masalan, birinchi bosqichda flotatsiyalashda tayyor boyitmaning bir qismi va qaytadan yanchishga va flotatsiyaning ikkinchi bosqichiga tushuvchi boy chiqindi olinishida.
Agar boyitish tsiklida ikkita oxirgi mahsulot-konditsion boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olinishi kerak bo’lsa, murakkabroq boyitish sxemalari qo’llaniladi.
Flotatsiya sxemasining tarmoqlanish yo’nalishi asosan uchta shartga –rudadagi qimmatbaho komponentning miqdoriga, boyitmaga qo’yiladigan talablarga va qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish ҳususiyatlariga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |