Tajriba qurilmasi
Tajriba qurilmasi o‘zgarmas tezlik bilan ta’minlovchi, tog‘ jinslari namunasini parchash uchun 50 tonnalik tajriba pressini o‘z ichiga oladi. Tog‘ jinsi namunasiga ko‘ndalang va bo‘ylama diformatsiyalarni o‘lchovchi, shuningdek akustik signallarni qabul qiluvchi datchiklar ulanadi.
Datchiklardan tushgan signallar kuchlantirgich orqali ikki koordinatali o‘zi yozar potensiometrga kiradi va koordinatalarda grafik quriladi «yuklama R-deformatsiya (bo‘ylama yoki ko‘ndalang kesim)». Press qurilmasi bir vaqtning uzida raqam bosib chiqaruvchi uskuna yordamida umumiy impulslar sonini yozib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |