6. Sinov savollari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: xavf, xavfsizlik, uslub, statistik usul, guruhlash usuli, topografik usul, monografik usul, koeffitsientlar, jarohatlanish chastotasi, jarohatlanish og‘irligi, ish kunini yo‘qotilganligi.
Baxtsiz hodisalarning turlari va ish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish natijalari N-1 formadagi akt bo‘yicha rasmiylashtirish.
Baxtsiz hodisalar quyidagilarga bo‘linadi: maishiy, ish bilan bog‘liq bo‘lgan; nafaqat ish bilan bilan bog‘liq bo‘lgan, balki ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularni tekshirish va rasmiylashtirish tartibi turli xildir. Maishiy baxtsiz hodisa va travma uchun ish bilan bog‘liq bo‘lganda vaqtinchalik ishga yaroqsizlik uchun mablag‘ to‘lovlarini tartibi belgilanishi turlidir.
Maishiy baxtsiz hodisa sababli vaqtinchalik mehnatga yaroqsizlikda mablag‘ to‘lovi 6-kundan boshlab to‘lab boriladi. Mablag‘ to‘lovi o‘lchami, umumiy kasallik sifatida qaralib o‘zluksiz mehnat stajini hisobga olib amalga oshiriladi, Agar jarohatlanuvchi kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lmasa, to‘lanadigan mablag‘larni belgilan so‘mmani yarimi to‘lab boriladi.
Travm, ish bilan bog‘liq bo‘lganda to‘lanadigan mablag‘i birinchi kundan boshlab 100% - miqdorda amalga oshiriladi. Bu holatda travmni tekshirishda invalidlik uchun belgilanadigan nafaqalar maishiy travm uchun belgilanadigan nafaqaga nisbatan yuqori nafaqa belgilanadi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lganda jabrlanuvchi invalid bo‘lib qolsa korxonada yo‘qotgan maoshlarini kompensatsiya qilishga haqlidir.
Ish bilan bog‘liq bo‘lgan travmlarning belgilari. Baxtsiz hodisa ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi agar:
Mehnat majburiyatini bajarayotganda, shuningdek korxonaga yoki tashkilotga tegishli ishlarni ma’muriyatni uni topshirig‘isiz korxona ishini bajarganda;
ishga borishda ishdan qaytishda yo‘lda;
korxona yoki tashkilot territoriyasida va boshqa joylardagi ishlarda ish vaqtida, ishlab chiqarish qurollarini tartibga solish, ishni boshlashdan oldin va keyin joylashtirishda;
ish paytida korxona yoki tashkilot yaqinida va boshqa ish joylarda, o‘rnatilgan tanaffuslarda, agar ichki tartib qoidalariga zid bo‘lmagan joylarda;
davlat va jamoat majburiyatlarni bajarishda yoki shuningdek maxsus topshiriqlarni bajarish paytida;
O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi sifatida kishilar hayotini qutqazishda qarzini bajarish, davlat mulkini himoya qilish, shuningdek huquq tartibini himoyalash.
Donorlik funksiyasini bajarish bilan mehnatga layoqatlilikni yo‘qotishi baxtsiz hodisa sifatida mehnatga layoqatlilikni yo‘qotishiga tenglashtiriladi.
Travmning bu belgilari bo‘lmaganda travm maishiy hisoblanadi.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan belgilar. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani tekshirish va hisobga olish holatiga mos holda ishlab chiqarishga bog‘liq baxtsiz hodisalar deb - korxona hududida, korxonadan tashqarida mehnat vazifasini bajarayotganda, ma’muriyat topshirig‘ini bajarishda, ish rahbarini, shuningdek korxona transportida ishga borishda yoki qaytishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarga aytiladi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar ish paytida va vaqtida sodir bo‘luvchi va ishlab chiqarish qurollarini tartibga solish ishni boshlashdan oldin va keyin kiyimlarni joylashtirish, shuningdek ish vaqtidan ortiq vaqt ishlaganda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar kiradi.
Baxtsiz hodisa, ko‘rsatilgan belgilarga qaramasdan, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmaydi agar tekshirish natijasida u o‘z maqsadida biron bir predmet ma’muriyat ruxsatisiz yasaganda yoki o‘zboshimchalik bilan korxonaning transport vositasini ishlatganda, mexanizmlari, jihozlari, instrumentlari, korxonaga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarishni materiallari ishlatganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |