Yerga ulovchi o`tkazgichlar.
Yerga ulovchi o`tkazgichlar sifatida yerga ulanish kerak bo`lgan qismlarni yer bilan bog`lash uchun qoida buyicha po`lat polosalar va yumalok yuzali pulatlar qo`llaniladi. 1000 V dan yuqori kuchlanishlarda elektr qurilmalar effektli yerga ulangan bo`ladi va ularda ruxsat etilgan katta tok oqib yerga o`tganda termik chidamliligi aniqlanadi. Bunda o`tkazgichni qisqa vaqtda qizish releli himoyani ta'siri vaqtiga mos ravishda tula o`chgincha o`chirgichni temperaturasi 400 S oshmasligi kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishlarda izolyatsiya qilingan neytrallar qarshiligi faza o`tkazgichini 1/3 o`tkazuvchanlikdan kam bo`lmasligi kerak.
Yerga ulanuvchi jixozlarga nisbatan yerga ulagichlarni joylashtirilish joyiga qarab chiqarilgan va konturli turlarga bo`linadi.
Chiqarilgan yerga ulovchi qurilmalar yerga ulagichlar maydon chegarasida chiqarilgan bo`lib, yoki maydonning bir chekkasiga umumlashtirilgan. Shuning uchun bu chiqarilgan yerga ulagichlar bir joyga umumlashtirilgan deb ataladi. Bu yerga ulagichni kamchiligi himoya kilinuvchi ob'yektdan yerga ulagichni o`zoqlashtirilganligidir. Shuning uchun himoya territoriyasi qismida tegish koeffitsenti. Shu kamchiligi bilan kuchlanishi 1000 V gacha va yerga qisqa toki yoki kichiq bo`lganda ya'ni yerga ulagichni potentsiali tegish kuchlanishini ruxsat etilgan kiymatidan oshmaganda qo`llaniladi.
Avzallik tomoni esa gruntni qarshiligi kichiq bo`lgan joyga elektrodlarni joylashtirishni tanlashni mumkinligidir. Kontur yerga ulovchi qurilmalar elektrodlar va ularni yerga ulagichlari kontur bo`yicha joylashgan bo`lib, yerga ulanishi kerak bo`lgan jixozlar joylashgan maydon ichida joylashtirilishni xarakterlaydi.
2. Himoyalab o`chirish shunday qurilmaki, u elektr jihozlarning ishlash jarayonida inson organizmiga elektr tonkining ta'siri natijasida sodir bo`ladigan xavfni tez ta'sir etuvchi himoyalash avtomatik o`chiruvchi qurilma hisoblanadi. Bunday xavf tug`ilish asosan biror bir fazaning elektr jihoz korpusiga tegib qolishi, elektr jihozi izolyatsiyaning yo`qolishi natijasida sodir bo`ladi.
Doimiy holda kuchlanishning Ut tegishli ya'ni inson organizmidan o`tayotgan I tok o`ta xavfli hisoblanadi.
bu yerda, Rh –inson organizmidagi qarshilik.
Insonning elektr qurilmasiga tegib ketish yoki kuchlanishning ruxsat etilgan qiymatdan yuqori bo`lishi va elektr tokining insonga aniq ta'sir etish xavf tug`dirish elektr zanjirlarni tezda o`chirib himoyalash talab etiladi.
Buning uchun himoyalab o`chirish qurilmasi qo`llaniladi. O`chirib himoyalash jihozi o`chirib himoyalash asbobi hisoblanadi va avtomatik o`chirgich bajaruvchi organ vazifasini o`taydi.
O`chirib himoyalash qurilmasining ishlash printsipi va unga qo`yilgan qurilmaning korpusi bilan yerdagi potentsialni sezishini ko`rib chiqamiz.
rk-yerga ulovchi jihozning qarshiligi;
rv-yordamchi yerga ulovchi jihozning qarshiligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |