Amaliy mashg`ulotlarning ro`yxati (36soat)
Elektr tokidan shikastlangan va boshqa baxtsiz hodisaga uchraganlarga birinchi
yordam berish yo`llari (4 soat);
Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tahlil qilish uslublari va jarohatlanish ko`rsatkichlarini aniqlash (4 soat) ;
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy zararning hisobini tahlil qilish (4 soat);
Naryad va farmoyish berish. (4 soat);
Naryad-ijozatni to`ldirish yo`llari (4 soat);
Ishlab chiqarish jarayonida nollashtirishni hisoblash (4 soat);
Yerga ulagichni o`rnatish yo`llari (4 soat);
Himoyalovchi yerga ulash qurilmalarni hisoblash (4 soat);
Mustaqil ish quyidagicha baholanadi:
Talaba mustaqil xulosa va karor kabul kiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustakil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, mustaqil ishining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu buyyacha tasavvurga ega deb topilganda -5 (a’lo) baho;
Talaba mustakil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, mustaqil ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mustaqil ishining buyicha tasavvurga ega deb topilganda -4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qullay oladi, tajriba ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mustaqil ishi buyicha tasavvurga ega deb topilganda -3 (konikarli) baho;
Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, mustaqil ishini topshirmasa -2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Joriy nazorat uchun mustaqil ish mavzulari quyidagicha:
Iste’molchilirining elektr qurilmalarni texnik ekspluatatsiyasi qoidalari
Tezkor xizmat ko`rsatish va ishlarni bajarish. Ishlarni boshidan oxirigacha xavfsiz bajarish bo`yicha, ma’sul shaxslar, ularning huquq va vazifalari. Umumiy talablar;
Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari. Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda amalga oshiriladigan tashkiliy tadbirlar. Ish rahbarini tayinlash;
Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda tashkiliy choralar. Ish rahbarini tayinlash. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlarida bajariladigan ishlar;
Elektr motorlar, kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalar, xamda tok transformatorlarining elektr xavfsizligi. Elektr uskunalarni o`chirish bo‘yicha texnik tadbirlar;
Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo`yiladigan talablar va foydalanish qoidalari;
6. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo`llash, sinash va o`lchash. Begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash
Do'stlaringiz bilan baham: |