Foyda
– korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijasi; pul tushumi va xarajatlar
o‘rtasidagi farq.
Fond qaytimi
– asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi mahsulot
(xizmat, ish) miqdori.
Fond sig‘imi
–fond qaytimiga teskari bo‘lgan nisbat bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish
fondlari o‘rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida
hisoblanadi.
Fondlar bilan ta’minlanganlik
– asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik
ko‘rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har bir xodimiga to‘g‘ri
keluvchi miqdori).
Franchayzing
– vositachilik orqali o‘zaro foydali shartnomaviy hamkorlik
munosabatlarga asoslangan yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |