Tashabbusli qarorlar
– tashabbus mazmuni bo‘yicha qabul qilingan istiqbolli boshqaruv
qarorlari.
Tashkiliy-ma’muriy usul –
boshqaruv apparatining muayyan tizimi tuzilib, har bir
boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalari belgilanadigan, boshqaruv qarorlari ma’muriy yo‘llar
bilan qabul qilinadigam boshqaruv usuli.
Tashkilot
– bu ikkitadan kam bo‘lgan guruh odamlarning bir maqsadga yo‘naltirilgan
ongli mehnat jamoasi.
Ta’sis hujjatlari
– yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik jamiyatini
ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi
hujjatlar.
Tender
– mahsulot (ish, xizmat) buyurtmasini bozorda joylashtirishning tanlov shakli.
Texnik qayta qurollantirish
– ishlab chiqarishning alohida uchastkalari texnik
imkoniyatlarini zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
Texnologiya –
xom ashyoni (resurslarni) o‘zgartirish vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |