"To'xtash taqiqlangan" yo'l belgisi (3.27) hamda chizig'i (1.4)ning ta'sirlari doirasida.
14.5
|
To'xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:
to'xtash taqiqlangan joylarda;
aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 belgisi bilan belgilangan yo'llarning qatnov qismida;
temir yo'l kesishmalariga 50 metr qolganda;
to'xtash va to'xtab turishni taqiqlovchi yo'l belgilari (3.27-3.30) va chiziqlari (1.4, 1.10) ta'sirlari doirasida.
|
14.6
|
To'xtash taqiqlangan joyda majburiy to'xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko'rishi kerak.
|
14.7
|
Agar boshqa yo'l harakati qatnashchilarning harakatiga halaqit beradigan bo'lsa yoki havf tug'dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
|
14.8
|
Haydovchi transport vositasini o'z-o'zidan harakatlanishini yoki o'zi yo'qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.
|