5. Texnologik sxema bayoni
Zavodga avtomashina yoki vagon (O’zbekiston toluol zavodlarida, asosan, avtomashina) bilan olib keltirilgan don bunkerga bo‘shatiladi. Bo‘shatish maxsus mexanizmlar, o‘zi ag‘daruvchi mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida amalga oshiriladi. Bunkerdan don noriya orqali omborxonaga ko‘tariladi. Avtomatik tarozi 6 da o‘lchangan don vertikal o‘rnatilgan sig‘imlar (siloslar) 8 ga don navi bo‘yicha taqsimlanadi. Siloslar soni zavod ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq holda o‘rnatiladi. Omborxonadagi siloslarga solinadigan don lozim bo‘lgan hollarda qo‘shimchalardan tozalanadi va quritiladi.
O’lchangan donni ishlab chiqarish korpusiga yuborish pnevmatik (vakuum ostida so‘rish, havo bilan puflash) yoki lentali transportyorlar orqali amalga oshiriladi.
Zavodga keltirilib siloslarda saqlanayotgan don noriya 4 orqali ko‘tarilib bunker 5 ga to‘kiladi. So‘ngra don o‘z oqimi bilan tarozi 6 ga tushadi. O’lchangan don havo-g‘alvirli separator 10 da tozalanadi. Tozalangan dondan triyerlar 11 yordamida singan donlar, yovvoyi o‘simliklarning mayda urug‘lari va o‘lchami katta bo‘lgan begona urug‘lar ajratiladi. Separator va ikki triyerlarda tozalangan aralashtirgichga yuboriladi.
Ushbu aralashtirgichga harorati 50-55oS bo‘lgan suv beriladi (xom ashyoning kraxmalliligiga bog‘liq holda 1 kg xom ashyoga 2,5-3,5 l). Bir vaqtning o‘zida idish 14 dan suyultirilgan α-amilaza beriladi. Maydalangan xom ashyo va suv aralashmasi aralashtirgichdada aralashtirish moslamasi (elektrodvigatel, yarim mufta va yakor) bilan uzluksiz aralashtiriladi. So‘ngra massa nasos 17 yordamida quvur orqali kontaktli qizdirish qurilmasi 15 ga yuboriladi. Kontaktli qizdirish qurilmasida massa 65-70oS gacha qizdirilib quvur orqali birinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasi 16 ga, u yerdan ikkinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasiga kiritiladi. Gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunalarida saqlashda massa aralashtirish moslamalari va yordamida aralashtiriladi. Massa nasos 17 yordamida kontaktli qizidirish qurilmasi 15 dan saqlagich 23 ga kelib tushadi.
Saqlagichga kelib tushayotgan massa harorati 125-130oS ga teng, massa saqlagichda 15 daqiqa davomida saqlanadi. So‘ngra massa quvur orqali nasos bilan qandlashtirgich 24 ga yuboriladi. To‘liq qandlashtirilgan massa nasos yordamida sovutgich 19 ga yuboriladi. Massa sovutgichda 22-24oS haroratgacha sovutiladi. Qandlashtirilgan, sovutilgan massa bijg‘itishga yuboriladi.
Achitqilarning achitqi biogeneratorida va yengil bijg‘uvchi uskunalarida ko‘payishi 14-16 soat davom etadi.
Achitqi o‘stiruvchi uskunada achitqilar 40-60 daqiqa davomida qo‘shimcha qandlashtirilgan, 75-78oS da 20-30 daqiqa davomida pasterizatsiyalangan va sovutilgan sharbatda o‘stiriladi; yengil bijg‘ituvchi uskunaga sharbat umumiy magistraldan pasterlanmasdan, lekin ko‘rsatilgan me’yorda kislotaliligi oshirilgan holda kelib tushadi.
Jarayonning boshida batareyaning bosh uskunasi bir yo‘la sharbat va achitqi bilan to‘ldiriladi. Bu uskunadan bijg‘iyotgan sharbat achitqi bilan birgalikda uzluksiz birin-ketin 2-, 3-, 4-, 5- va 6-bijg‘ish uskunalari taxminan 25-30 soat davomida to‘ldiriladi, shundan so‘ng 2-, 3-, 4-, 5- va 6-bijg‘ish uskunalari taxminan 25-30 soat davomida to‘ldiriladi. So‘ngra 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 77-38 soat davomida sharbatning davriy bijg‘ishi amalga oshiriladi. Har biri 6-7 uskunali 2-3 batareyadan foydalanish tavsiya etiladi. Birinchi batareya to‘ldirilgandan so‘ng sharbat va achitqi ikkinchi batareyaga yo‘naltiriladi. Ikkinchi batareya to‘lguncha birinchi batareyada sharbatning yengil bijg‘ishi tugaydi. Batareyani bijg‘iyotgan bo‘tqadan bo‘shatish oxirgi uskunadan boshlanib, beshinchi uskuna tomon yo‘naltiriladi. Birinchi batareyada bijg‘ishning yangi siklini 7-uskunadan boshlaydilar. Bu uskuna to‘ldirilgach sharbat va achitqi aralashmasi 6-, 5-, 4-, 3-, 2-bijg‘ish uskunalariga oqib o‘tadi.
Brajka nasosi orqali massa brajka kizdirgichda kizdiriladi va separatorda gazdan ajratilib, brajka kolonnasiga beriladi. Bu yerda barda ajratiladi. Kuvvati 60-75% x suv toluol parlari birinchi rektifikatsion kolonnaga beriladi. Brajka kolonnasini epyuratsiya kismidan suv- toluol pari deflegmator va kondensatordan utib epyuratsion kolonnaga uzatiladi. Kondensatorda va sovutgichda sovutilib EAF
Do'stlaringiz bilan baham: |