O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet125/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Beshinchi fikr. Ming afsuski, biz boshimizdan o'tkazgan mus-tabid tuzum tufayli shunday bir ahvolga tushib qolgan edikki, ulug' ajdodimizning tarixi va faoliyatini, bashariyat rivojiga qo'shgan his-sasini bugungi kunda xorijda - AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyada, Hindiston, Turkiya, Eron, Pokiston va boshqa mamla-katlarda bizning o'zimizdan ko'ra ko'proq bilishadi. Bizlar - ya'ni Amir Temurning Vatani bo'lmish shu zaminda o'sgan odamlar uning faoliyatini juda oz bilamiz. Aytinglar, aziz do'stlar, bundan ham or-tiqroq adolatsizlik, noinsoflik bo'lishi mumkinmi?!
Bu holat bizning mustamlaka zulmida yashaganimizning isboti, bizni buyuk tarpcimizdan butunlay judo qilishga bo'lgan intilishlar-ning oqibati emasmi?
Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat ko'rsatmoqda. Temur va temuriylar davri haqida ko'plab kitoblar nashr etilmoqda.
Dunyo ilmiy jamoatchiligining Amir Temur shaxsiga bo'lgan yuksak e'tiborini hisobga olib, YuNESKO tashkilotining bugungi mo'tabar sanaga bevosita homiylik qilayotgani ham, bizning flkri-mizcha, g'oyat adolatli bir ish bo'ldi.
O'tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag'ishlab yaratil­gan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillari-da esa 900 ga yaqinni tashkil etadi.
Buyuk bobomizga bo'lgan bu qadar yuksak e'tiqod va ehtiro-mingiz uchun men mana shu minbardan turib sizlarga va sizlar orqa­li Amir Temurga izzat-ikrom ko'rsatgan barcha insonlarga, sizlardan oldin yillar davomida, asrlar mobaynida bizning ulug' ajdodimizning merosini xolisona o'rgangan va uning nomini abadiylashtirgan fidoyi olimlarga, ilmiy dargohlarga yana bir bor tashakkur bildiraman.
Bu olijanob ishga xorijdagi tarixchilarni hech kim da'vat etgan emas. Bu ishlar ular uchun katta boylik va nufuz orttirish manbayi ham bo'lmagan. Ammo bu olimlarning ilmiy vijdoni, kerak bo'lsa, mana
• soniy vijdoni shuni taqozo qilgan. Biz bunday odamlarga, shu zalda o'tirgan uzoq va yaqin qo'shni davlatlarning vakillariga har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar da­vomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga bag'ishlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo'y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o'rganishimiz, sizlarning kitoblarin-gizni tarjima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodimizga tarixni xo-lis va haqqoniy o'rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxr-u iftixo-rimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak.
Ishonchim komilki, sizlar va sizlardan oldin o'tgan temurshu­nos do'stlarimizning ilmiy jasorati, mashaqqatli mehnati bugun biz uchun eng katta boylikdir.
Muhtaram konferensiya ishtirokchilari! t
Yana bir muhim masalaga to'xtalib o'tmoqchiman.
Ozod va obod O'zbekiston uchun bugun Amir Temur shaxsiyati va merosi nima uchun kerak?
Buyuk ajdodimizning qaysi fazilatlari biz uchun aziz?
Birinchidan, Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo'lmasa, betakror ma'naviy meros ham, obidalar ham, tari­xiy yodgorliklar ham bo'lmasdi.
O'zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo et­gan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o'z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur o'z davlatini faqat kuchga suyanib boshqargani yo'q. Afsuski, ba'zi manbalar va tadqiqotlarda shunday fikrlar bayon qilinadi. Shaxsan men bu nuqtayi nazarga qarshiman. Agar bu davlat faqatgina kuchga tayangan holda tuzilgan bo'lsa edi, avvalambor, bunchalik uzoq davr turolmasdi.
Amir Temur o'z davlatini aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan, desak, adolatdan bo'ladi.
Uning «Davlat ishlarining to'qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim», degan so'zlari buning yorqin dalilidir.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish