O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Marizing bir tarafdan, bir tarafdan xorsan - millat



Download 1,87 Mb.
bet6/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Marizing bir tarafdan, bir tarafdan xorsan - millat,
Badandan doimo qon oldurar bemorsan - millat!
Uning na tili, na qulog'i bor. U - surat, devor! Mudhish hol!» Bu satrlar bezovta yurak qoni bilan, millat dardiga darmon bo'lish ilinjida to'kilgan achchiq ko'z yoshlari bilan yozilgan. Mus­tamlakachilik dardi, tobelik va mutelik, xorlik va zorlik suyak-suyagidan o'tib ketgan kishigina milliy ozodlik, hurriyat va erkinlik xususida ana shunday kuyib aytadi, kuyib so'zlaydi, yonib kuylaydi.
Ulug' bobokalonimiz Abdulla Avloniy «Ma'rifat - shijoatdir» degan edi. Darhaqiqat, ma'rifatli kishigina shijoatli bo'ladi. U o'zini himoya qilishga, o'z qadr-u qimmatini o'rniga qo'yishga qodir bo'ladi. Afsuski chorizm va undan keyingi qizil imperiya davri biz-ni ayni ana shu qalb shijoatidan, yurak da'vatidan, dil charog'idan mahrum etdi, ma'rifatsizlikka mahkum qildi. Ulkan olim, taniqli adib va yirik jamoat arbobi Abdurauf Fitrat hurriyat damlarini orziqib kutdi. Uning umri faryod va alam bilan o'tdi:
«Ey, ulug' Turon, arslonlar o'lkasi! Senga ne bo'ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey, Temurlarning, O'g'uzlar oilalarining shonli beshiklari! Qani uchiqdiqing yuksak o'rinlar? Qullik chuqurlarig'a nedan tushding?!
Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo'lbars yurakli bolalaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydi?
Yer tuprog'ini ko'klarga uchiraturg'on tog' gavdali o'g'lonlaring qani?
Yer yuzining bir necha polvonlari bo'lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarin o'zgalarga nechun qo'ydilar? Nechun... nechun...nechun?
Gapir menga, ey, ulug' Turon, arslonlar o'lkasi! Senga ne bo'ldi?
Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovruponing ulug' xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar o'chog'i? Ey, qahramonlar to'g'oyi! Qani u chaqmoq chopishli botir xoqonlaring? Qani avval - o'q yurishli otli beklaring? Nechuk «urho»lari eshitilmaydur?
Dunyo xalqini bo'ysundirgan saltanatlaring nechun buzuldi?
Insonlik olamini qanotlari ostiga olgan xoqonliging nechun kuchi o'ldi. Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?
Yo'q... yo'q... Tangri haqqi uchun, yo'q? Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun Yer yuzida sakson million bolang bor. Bularaing tomirlaridagi qon Chingizlarning, Temurlaraing qonidir.
Bularning kuchlari sening kuchingdir!
Ey, ulug' Turon, arslonlar o'lkasi! Qayg'urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo'qolmamishdur».
Va nihoyat, mustaqillik ana shunday iztiroblar, qon yutishlar is-kanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umidlariga qanot, dardlariga malham bo'lib keldi. Mustaqillikning ma'naviy-ijtimoiy mazmuni, uning beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalardan kelib chi-qib Prezident Islom Karimov «Mustaqil o'zbek davlati - xalqimizning tarixiy yutug'idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O'zbekiston chinakam Mustaqillikni qo'lga kiritib, gullab-yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o'rinni egal-lashi - biz ко'zlayorgan oliy maqsaddir», deganida butun xalqimizning orzu-umidini, maqsad va intilishlarini ifoda etgan edi.
Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg'onish va milliy tiklanish jarayoni bilan bog'liq. Xalqimiz mil-lat sifatidagi beqiyos qadriyatlarini, asrlar mobaynida shakllan-gan ma'naviy-ruhiy boyliklarni qanchalik chuqur anglasa, milliy uyg'onish hissi shunchalik kuchayadi. Qalbidan millat, vatan, aj-dodlar oldidagi burch tuyg'ulari qanchalik chuqur joy olgan bo'lsa, o'zligini anglashga, o'z milliy qadriyatlarini tiklashga shunchalik ko'proq ehtiyoj sezadi. Bunday odamda kurashchanlik, tashabbus­korlik, o'z-o'zini, demakki, millatini va vatanini himoya qilish qud-rati beqiyos bo'ladi. Shuning uchun ham biz mustaqillik uchun ku-rashning butun mazmun-mohiyatini shaxs ma'naviy barkamolligi, uning har tomonlama yetukligi bilan bog'liq holda tushunmog'imiz kerak. Ana shunda mustaqillikning taraqqiyot yo'llari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy, g'oyaviy-axloqiy asoslari mustahkam bo'ladi.
Milliy tiklanish, uyg'onish hodisasi juda keng, murakkab ta­rixiy jarayondir. U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma'naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me'morchilik barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o'z ichiga qamrab oladi.
Milliy tiklanishga birdaniga erishib bo'lmaydi. Milliy tiklanish uzoq davom etadigan, ko'p yillarni qamrab oladigan murakkab jara-yon.
Biz ana shunday mashaqqatli va sharafli jarayonni boshdan ke-chirmoqdamiz. Butun O'zbekiston - ulkan xonadonimiz ana shun­day yangilanish va poklanish yo'lidan bormoqda. Bizning ruhiyatimiz, tuyg'ularimiz, eng nozik hissiyotlarimiz tiniqlashmoqda, ravshanlashmoqda, turli chang-u g'uborlardan tozalanmoqda.
Istiqlol mohiyati, uning millat va mamlakat taqdirida tutgan o'rni, ulug' ajdodlarimiz, boy va noyob tariximiz hamda istiqbol-dagi vazifalarimiz xususida gapirar ekan, Prezident Islom Karimov buni muxtasar qilib shunday tushuntiradi: «Biz uchun Mustaqil­lik - eng avvalo o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, hamma-miz uchun mo'tabar shu vatanda, har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz vatanimizda ado-lat, insof, din-u diyonat, mehr-u oqibatni qaror toptirishdir.
Biz uchun Mustaqillik - Allohning o'zi el-yurtimizga inom etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiya-ti, aql-u zakovatiga tayanib, O'zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oil a uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirishdir.
Biz uchun istiqlol - millatimiz, mamlakatimizning jahon-da obro'-e'tibori, shon-shavkatini ko'taradigan sog'lom avlod-ni, har jihatdan barkamol va fidoyi o'g'il-qizlarni tarbiyalash, ularni voyaga yetkazish va baxtini ko'rishdir. Har bir fuqaro uchun - millati, irqi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar - erkinlik, tenglik, birodarlik, munosib sharoit yaratib berishdir».
Biz bugun dunyoni yangi ko'z bilan ko'rish, uni yangicha ta-fakkur bilan idrok qilish jarayonlarida ulg'ayib, shakllanib bo-rayapmiz. Bugun barcha yo'qotilgan qadriyatlarni, boy berilgan madaniy va ma'naviy boyliklarni qaytadan to'plash, qadimiy Tur-kiston an'analarini tiklash, o'z milliy qiyofasi bilan jahon xalqla-ri safidan munosib o'rin olishdek g'oyat murakkab va mashaqqat-li vazifalar qarshisida turibmiz. Zimmamizda yillar davomida yo'l qo'yilgan xatoliklar va kelajak oldidagi qarzdorlikning ulkan, zalvorli yuki bor. Biroq, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni qayta tiklash, o'zligimizni, insoniy his-tuyg'ularimizni, sha'nimiz va ori-yatimizni himoya qilishga, uni hamisha baland tutishga imkoniyat tug'ilganining o'zi barcha mashaqqatlardan ko'ra huzurbaxshroqdir. Ana shu imkoniyatning o'ziyoq kishiga beqiyos kuch-g'ayrat, qudrat va jur'at baxsh etadi.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish