Ikkinchi fazilati shundan iboratki, ma'rifatli xalq izlanuvchan va bunyodkor bo'ladi. Har qanday qiyinchiliklardan cho'chimaydi, kuch-quvvat, katta iroda sohibi bo'ladi. To'siqlarni yengib yashaydi. Eng og'ir va ziddiyatli paytlarda ham istiqbolini aniq ko'ra oladi. Unga yetishmoq yo'llarini topa biladi.
Uchinchidan, ma'rifatli, yuksak ma'naviyatli xalq milliy birlik, milliy yaxlitlik namunasini ko'rsatadi. Jamiyat qarama-qarshiliklarini, turli ziddiyatli kuchlarni yenga oladi. Millat yaxlit-ligi orqali manfaatlar yaxlitligiga erishadi. Bunday xalqni yengib o'tadigan kuch bo'lmaydi.
Mustaqillikning o'tgan davri - tarix bilan qiyoslaganda bir lah-za. Biroq istiqlolning murakkab, dolg'ali, ziddiyatli bir paytida xal-qimiz boy ma'naviyatini, bunyodkorlik iqtidorini, beqiyos irodasi-ni yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog'i va ko'lami bilan bir necha o'n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq it-tifoq bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o'rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab topish lozim edi. Eng niushkul paytlarda aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga jahon hamjamiyatiga yo'l qidirish, dunyoni o'rganish, o'z imkoniyatlarini olam ahliga ko'rsatish singari tajribamizda ko'rilmagan, mashaqqatli vazifalarni ham uddalash kerak edi. Ma'lumki, mustaqil taraqqiyot o'z qobig'iga o'ralib yashash emas, aksincha, jahon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlash, dunyodagi rivojlangan, taraqqiy topgan mamlakatlar bilan tengma-teng turib gaplashish, o'z mavqeyi va nu-fuzini topa bilish kabi og'ir masalalar yechimini ham taqozo etar edi.
Hukumatimiz ana shunday bir vaziyatda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik yo'lini tanladi va bu borada sobitqadamlik bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Natijada qisqa fursatda xorijda O'zbekiston haqida, o'zbek xalqi to'g'risida to'la tasavvur shakllandi. Yurtboshi-mizning beqiyos siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va aqliy imkoniyatlari tan olina boshlandi. Chet eldagi hamkorlar O'zbekiston bilan o'zaro manfaatli munosabatlarini yo'lga qo'yish mumkin va zarurligini tushunib yetdilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarni sobiq ittifoq tarki-bidan ajralib chiqqan yosh mustaqil mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiyoslaganda uning miqyosi va ko'lami yana ham yorqinroq ko'zga tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda xalqi-miz bosh islohotchi - davlatimiz rahbarligida eng to'g'ri yo'lni tan-lay olganiga va unda sobitqadamlik hamda kelajakka qat'iy ishonch bilan borayotganini ko'rsatadi.
O'zbekiston ahli bu yo'ldagi g'ovlarni, turli-tuman qiyinchilik-larni, tabiiy va sun'iy to'siqlar, qarama-qarshiliklarni katta sabot va iroda kuchi bilan yengmoqda. Bu xalqimizning ma'naviy qudratidan dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirar ekanmiz, jahonning hozirgi eng rivojlangan mam-lakatlari boshidan kechirgan o'tish davriga nazar tashlasak, qoiga kiritgan yutuqlarimiz naqadar ulug'vor ekaniga yana bir bor guvoh bo'lamiz.
Qolaversa, mustaqilligining 40, 50 yillik sanalarini nishonlayot-gan Osiyo va Afrikadagi ayrim davlatlar hamon rivojlanish yo'llarini aniq-ravshan tanlab olganlaricha yo'q. Ularda jamiyat taraqqiyoti-ning aniq konsepsiyalari va tamoyillari mavjud emas. Hamon ishlab chiqarishda beqarorlik, iqtisodiy hayotda parokandalik yuz bermoq-da. Umuman olganda, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor munosabatlariga o'tish, jamiyatni tubdan isloh qilish, mustaqil taraqqiyotni bir maromda ta'minlashning evolutsion jarayoni hozirgi zamon davlatchiligi va boshqaruvi tajribasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |