Iordaniyaning Toshkentdagi Muvaqqat ishlar vakili Muhammad Yusef Balqar Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha islom tashkilotining qaroriga binoan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilinganligi to'g'risidagi xabarni mamnuniyat bilan qabul qilganini ta'kidladi.
Shu o'rinda dedi M.Balqar, O'zbekistondagi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari hamda ularda yashab ijod qilgan al-Xorazmiy va al-Buxoriy kabi buyuk allomalari islom madaniyati va ilm-fanining rivojiga ulkan hissa qo'shganliklarini aytib o'tishni istar edim.
Men o'tgan yili Qarshi shahrining 2700 yilligi va Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tad-birlarda ishtirok etish sharafiga muyassar bo'ldim. O'zbekistonda islom sivilizatsiyasining moddiy va ma'naviy meroslaridan bo'lgan nodir yodgorliklarni saqlash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar menda katta taassurot qoldirdi.
Fikrimcha, faqat 2007-yil bilan cheklanib qolmasdan, Toshkent shahrining musulmon madaniyatining rivojidagi o'rni va ahamiyati-dan kelib chiqib, unga islom madaniyatining doimiy poytaxti, degan maqomni berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Mavzuga doir materiallar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliviariga
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.
Toshkent shahrining 2007-yilda Osiyo qit'asidan islom madaniyatining poytaxti, deb e'lon qilinishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini Islom konferensiyasi tashkiloti nomidan muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Toshkent ushbu yuksak va faxrli unvonga O'zbekistonning islom madaniyati va fanidagi beqiyos o'rni, yodgorliklarni asrab-avaylash hamda islom merosini yanada boyitish borasidagi ulkan xizmatlari uchun loyiq, deb topildi. Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) bu qarori Osiyo durdonasi bo'lmish Toshkent shahrining boy tarixi va madaniyati fan, san'at hamda jahon sivilizatsiyasida alohida ahamiyat kasb etishi bilan ham izohlanadi.
Ushbu quvonchli voqeaning nishonlanishiga bag'ishlangan tad-birlar dunyo hamjamiyatiga o'zbek xalqining ko'hna va boy mero-si bilan yaqindan tanishish imkonini berishi hamda sivilizatsiyalar o'rtasidagi hamkorlik va o'zaro ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonchim komil.
Islom konferensiyasi tashkiloti O'zbekiston Respublikasi rah-bariyatining ma'naviy va milliy qadriyatlarni tiklash, boy tarixiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy merosni o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuksak baholaydi.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog'liq, baxt-saodat, O'zbekiston xalqiga yanada yuksak taraqqiyot va faro-vonlik tilab qolaman.
Kamoli ehtirom bilan,
AKMALIDDIN EHSON o'g'li, Islom konferensiyasi tashkiloti Bosh kotibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |