«Taktik tayyorgarlik» fanining maqsad va vazifalari o‘rganuvchilarni taktika tayyorgarlikda mustaqil ishlashga, vaziyatni har qanday sharoitlarda qo‘shinlar harakati jangovar ta’minotini muhim turlarini bo‘linma yurishini kelgusida harakatlanadigan hududdagi dushman, hudud va ob-havo haqidagi tadbirlar yig‘ini takomillashtirishda tayyorlash.
Taktika asosiy talablarini, maqsadlarini, ya’ni kursantlarni mashg‘ulotga ko‘nikmalarini hosil qildirish. Taktika tayyorlash mashg‘ulotlarini dala taktik markazlarida muayyan amalga oshirilishi hurujida o‘rgatish.
Ta’limot nihoyasida, bitiruvchilar malaka talabalari bo‘yicha belgilanadigan tayyorlash darajasida ega bo‘lmog‘lari lozim. Guruh komandirlari va kichik mutaxassislarni tayyorlash maqsadida taktika turida, topografik usulda o‘z joyini va hududlarni, dushman hududini blok postlarni, ya’ni aloqa vositasi, texnik jihatdan to‘g‘ri ish yuritish bilishlari, jangovar vazifasi, jangovar buyruqni to‘g‘ri berishni takomillashtirishda tayyorlash. Taktika tayyorgarligida asosan, har bir harbiy xizmatchi qo‘shinlar texnika aloqa vositalari va boshqa turdagi uskunalarni bilishlari lozim.
Taktika bu jangovar ta’minotni muhim turidir, Shu maqsadda topografik haritalarni ularda hisobotni to‘g‘ri olib borishni taktik harakatlar jangovar xujjatlarda ishlatiladigan asosiy shartli belgilarni o‘rgatishda qattiq e’tibor ko‘rsatmok darkor.
Taktika fanini o‘rganishda, artilleriya va boshqa ko‘shinlar bilan aloqada bo‘lib turishda, ya’ni hamkorlik jangovar vaziyatlarni takomillashtirish yo‘l yo‘riqlarini bajarishga tayyorlash. Ta’minotni nixoyasida bitiruvchilar malaka talablari bo‘yicha belgilanadigan tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lishi lozim.
Jangning asosiy turlari mudofaa va zamonaviy umumqo‘shin jang tushunchasi ostida uning ma’nosi, eng avvalo uni qurolli kurashning o‘zga hodisa va jarayonlaridan va avvalom bor o‘tgan urushlardan farqi tushuniladi. Jang tushunchasining mazmuni deganda, uning ichki ma’nosi to‘plamlari, tarkibiy qismlari va elementlarining mujassamlangan bayoni yotadi. O‘q otar qurol paydo bo‘lgunga qadar, qadim zamonlardan buyon jang tushunchasi, sovuq qurol bilan qurollangan jangchilarning qo‘l janggi bilan cheklanib qelgan edi.
O‘q otar qurolninig rivojlanishi, takomillashib borishi bilan jang qilayotgan tomonlarning bevosita to‘qnashuvga kirmay (lekin bu holni to‘la istesno qilmay) masofadan turib kurash olib borish imkonnini yaratgan o‘t ochish jangni asosiy elementiga aylanib bormoqda va shu bilan harbiy ishning sezilarli rivoji bo‘lgan jangning harakat kulami kengaymoqda.
Qo‘shinlarni to‘plar pulemyotlar bilan ommaviy ta’minlanishi, tanklar va aviatsiyaning qo‘llanilishi, jang maydonidagi muvoffaqiyatga, unda ishtirok etayotgan barcha qo‘shinlar turi bo‘linma va birlashmalarining kelishilgan harakatlari bilan erishilmoqda. Jang, umumqo‘shin jangi shakli kurinishiga tabora o‘xshab bormoqda, harakat ko‘lami yanada kengaymokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |