xonaga tutashgan; har doim darslarni va darsdan tashqari ishlarni olib borishga tayyor
bo‘lish; dars jarayonida nafaqat o‘quv, balki tarbiyaviy masalalarni echishga yordam berish;
-Ta’limda maksimal ravishda ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash va bir vaqtning
o‘zida talabalar tomonidan mustaqil vazifalarni bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-Texnik ta’lim vositalarini keng ko‘lamda tatbiq qilishga imkoniyat yaratish;
- CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik faniga taluqli ro‘yxat bo‘yicha o‘quv
adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollar va buyumlarga ega bo‘lish;
-Eksport qilinadigan materiallarni ko‘rinishi va mazmuniyligini badiiy bezalgan interer
bilan birga qo‘shish.
YOCHQBT xonasi keng va yorug‘ (54-80m
2
) bo‘lishi kerak. (1-rasm )YOCHQBT
xonasi o‘z ichiga sinf mebeli, o‘quv-uslubiy jixozlar va laboratoriya xonasi (agar joy etarli
bo‘lsa), o‘quv qo‘llanmalar va texnik ta’lim vositalarini oladi.
Sinf mebeli quyidagilardan iborat: gorizontal yuzali o‘quv stollar va o‘rindiqlar, harbiy
rahbar stoli, namoyish etish stoli, kinoapparat va dioproektlar uchun moslamalar, sinf yozuv
taxtasi, ko‘rsatgich. CHetki stollar qatori devordan 50-60 sm masofada bo‘lishi kerak.
YOCHQBT xonasi o‘quv-uslubiy jixozlarining asosini ta’lim dasturidagi har bir
bo‘limiga tegishli stendlar (turniklar, aylanma barabanlar) hisoblanadi. Ular quyidagi tartibda
joylanadi:
1. Kirish mavzusi
2. Harbiy ish asoslari
3. Otish tayyorgarligi
4. Harbiy xizmat asoslari
5. Amaliy jismoniy tayyorgarlik
6. Fuqaro muhofazasi
7. Tibbiy bilim asoslari
8. Nazorat mashg‘ulotlari
YOCHQYOT xonasida doskaning tepasida O‘zbekistan Respublikasi Qurolli
kuchlarining Oliy Bosh k.umondoni, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining portreti, undan
pastda esa O‘zbekistan Konstitutsiyasining 52-moddasi - «O‘zbekistan Respublikasini himoya
qilish - har bir O‘zbekistan fuqarosining burchidir» - degan matn yozilgan bo‘lishi kerak.
Rasm. YOCHQBT
xonasini sxemasi (variant). a – YOCHQBT xonasi,
b - laborant xonasi;
1 - talabalar stollari, 2 - o‘qituvchining stoli, 3 - sinf doskasi, 4 - ilib qo‘yiladigan stendlar, 5 - vitrinalar,
6 - proektor uchun joy, 7 - apparaturani distansion boshkarish pulti, 8 - ekran, 9 - ish stoli, 10 - kitob javoni, 11 -
kurolni tozalash va moylash uchun stol, 12 - apparatura uchun shkaf, 13 - stellajlar.
Sinf yozuv taxtasining o‘ng tomonida harbiy kasamyodning ruscha matni, chap
tomonida esa o‘zbekcha matni yoziladi. O‘zbekcha va ruscha qasamyodlar matnining yuqorisiga
O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va gerbi joylashadi.
YOCHQBT xonasida stendlar, joylar maketi, o‘qitishning texnik vositalari,
ko‘rgazmali qurollar uchun joy, harbiy nizomlar, ko‘rsatkich (ukazka), rangli mellar bo‘lishi
kerak. Talabalar stollarini uch kator qilib joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Devor bilan
stol chetining oralig‘i kamida 60 sm. bo‘lishi kerak. Bu oraliq talaba o‘rnidan turib «Kad
rost»lashi uchun imkon bo‘lishi kerak. YOCHQBT darslarida talabalar stollarga seksiya-
seksiya bo‘lib o‘tirishadi. YOCHQBT xonasida talabalar bilan olib boriladigan taktik
mashg‘ulot joyining maketi yoki o‘quv haritasidan olingan joy maketi o‘rnatilgan quti
bo‘ladi.Bu joy maketida guruh tayanch punktining barcha elementlari va «guruh ( seksiya)
xujumda» taktik vaziyati ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: