3-o‘quv savoli. Bakteriologik (biologik) va oddiy zamonaviy qirg‘in qurollari
Bakteriologik (biologik) qurolining qo‘llanilishi va undan himoyalanish.
Bakteriyali qurollar – bu odamlarni, qishloq xo‘jaligi mollari va o‘simliklarini
ommaviy zararlovchi quroldir. Uning negizi bakteriyalar, viruslar, rekketist, kasal ko‘zg‘ovchi
qora boshli qurtlar va kasal tarqatuvchilar hisoblanadi. Bu qurol raketa, aviabombalar yoki
konteynerlar, aerozolli sachratuvchilar, artileriya snaryadlari orqali yuboriladi. Bu qurol og‘riq
keltiruvchi mikroorganizmdan iborat. Ular keng turda yashirin kasalliklar tarqatish xususiyatiga
ega. Havo bilan aralashib odamlarni va hayvonlarni har xil kasalliklarga yo‘liqtirishi mumkin.
Bakteriyali qurol qo‘llanilganligi ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Oddiy o‘q
snaryadlari yoki bombalarning ovozi eshitilsa, hamda ularning parchalari – konteynerlarga,
xaltachalarga qurt qumursqalar, chivinlar to‘plangan bo‘lsa, tegishli xulosalar chiqarish,
fuqaro mudofaasi tashkilotlariga, tibbiy mahkamalar yoki mahkamalarga yoki mahalliy
hokimiyatlarga zudlik bilan yuborish kerak. Bakteriyali qurolni laboratoriyada tekshirish
natijasida aniqlanadi.
Bu qurollardan himoyalanish usullari. Bakteriyali qurol har xil yuqumli kasalliklar
tarqatadi. Jumladan, vabo, sibir yazvasi, brutsellez, tulyarema, o‘lat, sariq kasalligi va terlama,
kuzda va bahorda qo‘ziydigan vasvasaga tushish va so‘zakning turli tuman xillari shunga
misoldir. Bundan tashqari batullin, toksinlar qo‘llaniladi. U odamlarning tanasini og‘ir
vaziyatga olib keladi. Hayvonlar sibir yazvasi, safa kasalligini paydo qiladi. SHuningdek,
cho‘chqa, qora mollarda va qushlarda, uy parrandalarida ham shunday.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini va donli ekinlarni zararlaydi. Kartoshkalarni fitoftrooza
va boshqa kasalliklar bilan kasallanishiga sabab bo‘ladi.
Bakteriyali qurollardan saklanishda asosan vaksina preparatini qo‘llash bilan birga
antibiotiklar, sulfinomidlar va dorili moddalar ko‘llanadi. YUqumli kasalliklarning darhol
oldini olishda maxsus plashlar ishlatiladi. Kimyoviy moddalardan saqlanish uchun yakka
mudofaa qurollari va uyushma holida mudofaalanish mudofaalanish usullari qo‘llaniladi.
Himoyalanishda protivogazlar, respiratorlar maskalar, og‘izni yopish asboblari va terini saqlash
qurollari kiyiladi. Birlashma, korxonalar va o‘kuv muassalari rahbarlari o‘z vaqtida
ogohlaantirilishi shart.
Bakteriyali zararlanish markazi deb bakteriyali qurolning ta’siriga giriftor bo‘lgan
joylar markazi, qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga aytiladi. Uning chegaralarini bakteriyali
ma’lumotlar asosida shu oraliqda va betob odamlarda, hayvonlarda va o‘simliklarda
laboratoriya tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Zararlanish markazining aylana tevaragiga qurolli qorovullar qo‘yiladi va ruxsatsiz
bu erga kirish va chiqish, shuningdek, biror narsa olib chiqish ham qat’iyan ta’qiqlanadi. Xalq
orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun kompleksli epidemiyaga qarshi sanitariya-
ozodalik ishlari olib boriladi. Observatsiya, karantin va xalqni sanitariya ko‘rigidan o‘tkazish,
zararlangan erlarni dezinfeksiyalash ishlarini olib borish katta ahamiyatga egadir. Zarur
bo‘lgan vaziyatlarda chivin-pashshalar, qurt-qumursqalar yo‘q qilinadi.
Observatsiya va karantin. Bakteriyali zaharlanish markazidagi aholi uchun bir qancha
ishlarni amalga oshiruvchi maxsus tibbiy ko‘rik tashkil qilinadi. Uning vazifasi epidemik o‘z
vaqtida bildirishdir. SHuning bilan birga bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olish
ishlari ko‘riladi.
Oziq-ovqat va suv tozaligi aniqlangandan so‘ng iste’mol qilinadi. Observatsiyaning
davom etishi kishilardagi kasalliklarning yashirin vaqti va zaharlanish markazidan
dezinfeksiyaning tamomlanishiga bog‘liqdir. Agar vabo va shu kabi yuqumli kasalliklar paydo
bo‘lsa, karantin tig‘iz o‘rnatiladi. Karantin bu yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish
va zararlanish markazini yo‘q qilish uchun olib boriladigan choradir.
Do'stlaringiz bilan baham: |