O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/256
Sana01.09.2021
Hajmi4,77 Mb.
#161663
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   256
Bog'liq
chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)

Klinik manzarasi. 
3ararlanish  darajasi  sianid  kislota  bug‘lari  konsentratsiyasi,  ta’sir  qilish  vaqti, 
organizmning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  bog‘liq  bo‘lib,  zaharlanish  engil,  o‘rtacha  va  og‘ir 
darajada o‘tadi. 
E n g i l  d a r a j a d a g i   z a h a r l a n i sh zaharlovchi moddaning havodagi kam 
konsentratsiyasi  qisqa  vaqt  ekspozitsiya  qilinganda  sub’ektiv  buzilishlar  bilan  ifodalanadi: 
og‘izdan noxush, taxir, achchik bodom ta’mi keladi, tinka-mador qurib, bosh aylanadi. Bir necha 
vaqtdan  so‘ng  shilliq  qavatlarda  uvishib  qolishni  his  etish  sezgisi,  ko‘p  so‘lak  oqishi,  ko‘ngil 
aynishi  paydo  bo‘ladi.  Tomoq,  traxeyada  va  to‘sh  ortida  timdalanish  hamda  ko‘krak  qisilishi 
sezgisi kuzatiladi. 
O‘ r t a  d a r a j a d a g i  z a h a r l a n i sh d a to‘qimalarning kislorodga tanqisligi 
simptomlari  yaqqol  ko‘rinadi.  YUqorida  aytib  o‘tilgan  klinik  simptomlar  zaharli  havo  bilan 
nafas olinganda tezda namoyon bo‘ladi, zararlanganlarda qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi, odam o‘lim 
vahimasiga  tushib  qoladi.  CHakka  arteriyalarining  urishi,  quloq      shang‘illashi,  bosh  og‘rishi 
paydo  bo‘ladi.  To‘sh  orkasida,  yurak  sohasida  og‘riklar  paydo  bo‘ladi,  nutk  buziladi,  so‘lak 
okishi kuchayib, mushaklarda zaiflik kuzatiladi. Ko‘ngil ayniydi va kusish rivojlanadi.  
O g‘ i r  z a h a r l a n i sh belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo‘ladi, hatto 
o‘lim kuzatilishi mumkin. Og‘ir zaharlanish klinikasi sxema tarzida to‘rt boskichga bo‘linadi: 
a)  boshlang‘ich  bosqich  -  yashirin  davrsiz  yuzaga  keladi,  zaharlanganlar  og‘izda 
nohush, taxir, achchiq bodom ta’mini sezadi, tezda ko‘krak qisilishi, quloq   shang‘illashi, bosh 
aylanishi,  behollik,  chakka  arteriyalar  pulsatsiyasi,  ko‘ngil  aynishini  sezadilar.  Besaranjomlik 
paydo bo‘ladi, yurak tez uradi. Bu tezda hansirash bosqichiga o‘tadi; 
b)  hansirash  bosqichi  -  kislorod  tanknslngi  keskin  rivojlanganligi  bilan  ifodalanadi 
(to‘qima    gipoksiyasi):  azobli  hansirash  paydo  bo‘ladi,  teri  kavatlari  va  shillik  kavatlar  pushti 
rangga  kiradi.  Nafas  olish  teztez  va  chukurlashgan  bo‘ladi,  yurak  sohasida  xurujsimon  og‘rik 
paydo  bo‘lib,  puls  sekinlashadi,  taranglashganligi  aniklanadi.  3ararlangan  odamda  o‘lim 
vahimasi  paydo  bo‘ladi,  ko‘z  korachiklari  kattalashib  ketadi.  YUz  mushaklari  tortishib,  ba’zi 
mushaklarning rigidligi paydo bo‘ladi, es-hush xiralashadi, besaranjomlik paydo bo‘ladi; 
v) talvasalar bosqichi - zararlangan 
odamning  ahvoli  keskin  yomonlashib  ketadi. 
Ekzoftalm  paydo  bo‘ladi,  nafas  olish  sekinlashadi  va  aritmik  tus  oladi.  Butun  tanada  tonik  va 
klonik  tortishishlar  kuzatiladi.  Ko‘z  korachig‘i  kengayib,  korneal  reflekslar  yo‘koladi,  kishi 
hushidan ketadi. Og‘izdan ko‘p so‘lak okadi. Teri kavatlari va shillik kavatlar och pushti rangga 
kiradi.  Bexosdan  siydik  ajralishi  hamda  defekatsiya  kuzatiladi.  Talvasalar  boskichi  bir  necha 
daqiqadan  bir  necha  soatgacha  davom  etishi  mumkin.  Agar  shu  boskichda  tibbiy  yordam 
ko‘rsatilmasa, tezda falajlanish boskichiga o‘tadi; 
g)  falajlanish  bosqichi  -  bu  boskichda  mushaklar  tortishishi  yo‘qoladi  va  ularning 
bo‘shashishi kuzatiladi. Reflekslar yo‘qolib ketishi tufayli adinamik holat yuzaga keladi. Nafas 
olish  keskin  pasayib  ketadi,  yuzaki  bo‘lib  qoladi.  Arterial  bosim  keskin  tushib,  puls  ipsimon, 
tezlashgan  bo‘lib  qoladi.  3ararlanganlar  og‘ir  komatoz  holatga  o‘tadi,  reflekslar  qisman  yoki 
to‘liq  yo‘qoladi,  o‘z-o‘zidan  siydik  ajralishi  va  defekatsiya  kuzatiladi.  SHundan  so‘ng  nafas 
markazi  falajlanishi  tufayli  nafas  olish  to‘xtaydi.  YUrak  qisqarishi  3-5  daqiqa  mobaynida 
kuzatilib turishi mumkin, keyin yurak urishi to‘xtaydi. Agarda zaharlanganlarga shu vaqt ichida 
tez yordam ko‘rsatilsa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin. 
Davosi 
Kimyoviy  zararlanish  o‘chog‘ida  sianid  kislota  va  uning  6irikmalaridan  o‘tkir 
zaharlanish ro‘y bergan vaqtda  zaharlangan kishiga zudlik bilan protivogaz kiygizilib ular shu 
zararlangan atmosferadan tezlik bilan olib chiqib ketilishi kerak. O‘tkir zaharlanish simptomlari 


namoyon bo‘lishiga karab kuyidagi oshig‘ich tibbiy yordam tad6irlari o‘tkaziladi: 
- ziddi-zaharlarni qo‘llash   orqali   organizmga tushgan zaharli moddani zararsiz holga 
keltirish; 
- organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish; 
- kerak bo‘lgan vaqtda sun’iy nafas oldirish ishlari o‘tkaziladi; 
- organizmning asosiy hayotiy muhim a’zolarini quvvatlab turish uchun dori-darmonlar 
yuborib turiladi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish