Tog‘larda razvedka olib borganda dozordagi seksiya, odatda, yo‘llar, vodiylar,
cho‘qqilar yoqasidan borib, asosiy tepaliklarni kuzatib razvedka olib boradi. Harakat
yo‘nalishiga yaqin yo‘llar, so‘qmoqlar, daralar seksiya komandiri uchun qulay bo‘lgan joydan
turib kuzatiladi yoki piyoda dozorchilar yuborilib tekshiriladi. Bunda dushman pistirma qo‘yishi
mumkin bo‘lgan panalik va to‘siqlarga alohida e’tibor beriladi. Borish qiyin bo‘lgan
uchastkalarga piyoda dozorchilar yuboriladi.
Tog‘larda dozordagi seksiya tor daralar va yo‘l burulishlariga pistirma o‘rnatish
usulidan keng foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |