O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


Suvli  to‘siqlarni  razvedka  qilganda



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/256
Sana01.09.2021
Hajmi4,77 Mb.
#161663
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   256
Bog'liq
chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)

Suvli  to‘siqlarni  razvedka  qilganda  dozor  seksiyadagilar  har  ikkala  qirg‘oqdagi 
dushmanni,  uning  tarkibini  va  harakat  xusisiyatlarini  aniqlaydilar.  Suvli  to‘siq  ostonalarida 
bo‘lgan dushmanlarni dozordagi seksiya aylanib o‘tadi yoki dushman jangovar tartibi o‘rtasidan 
suvli to‘siq tomonga o‘tadi.   
 
 
 
 
Soy 
va 
daryoga 
yaqinlashganda har ikkala qirg‘oqdagi butazorlar, qamishzorlar va boshqa pana joylar sinchiklab 
tekshiriladi. Soy, daryoni razvedka qilganda uning kengligi, chuqurligi , oqim tezligi, qirg‘og‘i, 
tubi  va  suv  osti  tuprog‘i  ,qirg‘oqlarini  qiyaliklari  (tushish  va  chiqish)  kechib  o‘tishda  suvga 
tushadigan  joylarni  ,  suzib  o‘tish  vositalari  mavjudligi  va  ularni  holatini  aniqlaydi,  daryoning 
kengligi durbin (binokl) yordamida yoki ko‘z bilan chamalab ko‘riladi . 
Daryo  suvini oqim tezligi 0,5m.s  gacha  bo‘lsa kuchsiz  , 0,5m.s dan  1m.s gacha  bo‘lsa 
o‘rtacha  ,  1m.s  dan  2m.s  gacha  bo‘lsa  tez  ,  2m.s  dan  ortiq  bo‘lsa  juda  tez  ,  deb  hisoblanadi. 
Kechib o‘tadigan joy borligi mashinalar izidan aniqlanadi. Kechib o‘tadigan joyning chuqurligi 
bevosita kechib o‘tib aniqlanadi , keyin suvdagi va qirg‘oqlardagi to‘siqlar ko‘rib chiqiladi . 
Dushman  egallamagan  uchastkalardan  foydalanib,  dozordagi  seksiya  narigi  qirg‘oqga 
o‘tadi  va  u  erdagi  dushman  tayanch  punkitlari,  o‘t  ochish  vositalari  ,  to‘siqlari  mavjudligi  , 
joylashuvi  va  xarakterini  aniqlaydi  .  Agar  narigi  qirg‘oqqa  o‘tishni  umuman  iloji  bo‘lmasa,  u 
holda qirg‘oqdan turib dushmanni kuzatib, malumotlar yig‘iladi. 
Dozordagi  seksiya  ko‘prikni  razvedka  qilganda  uning  o‘lchamlarini,  yuk  ko‘tarish 
qobilyatini,  uzunligi  va  enini,  dushman  bor-yo‘qligini  aniqlaydi.  Agar  ko‘prik  minalashtirilgan 
bo‘lsa “Minalashgan” belgisini o‘rnatib, aylanib o‘tish yo‘lini qidirishi kerak.  
YUqoridan ko‘rinmaydigan chuqurlikni ko‘rib chiqishda dozordagi askar pastga tushib, 
chuqurlikni  tekshiradi,  dozor  kattasi  yuqoridan  kuzatib,  zudlikda  o‘t  ochib,  yordam  berishga 
shay bo‘lib boradi . 
Tepalikni ko‘rib chiqish uchun uni yonbag‘ridan yuriladi  yoki aylanib o‘tiladi. Tepalik 
cho‘qqisini ko‘rib chiqish uchun dozorchilar yashirincha niqoblash qoidalariga qattiq rioya qilib 
harakatlanadilar. Tepalik cho‘qqisida harakatlanish tavsiya etilmaydi.  
Dozordagi  seksiya  bog‘lar,  uzumzor  va  daraxtzorlarni  ko‘rib  chiqishdan  avval,  uning 
chetlarini  ko‘rib  chiqadi.  Agar  dushmanlar  yo‘qligiga  ishonch  hosil  qilinsa,  u  holda  dozor 
seksiya harakatini davom ettiradi. Harakat davomida chuqurliklar qalin butalar, ko‘chatzorlar va 
boshqa  dushman  yashirinib  pistirma  qo‘yishi  mumkin  bo‘lgan  joylar  sinchiklab  tekshiriladi, 
seksiya komandiri shubhali joylarni tekshirish uchun piyoda dozorchilarni oldinga yuboradi.  
To‘siq  va  g‘ovlarni  razvedka  qilganda  seksiya  komandiri  oldin  u  erlar  dushman 
tomonidan  o‘qqa  tutiladimi  yoki  yo‘qmi  aniqlab  olish  kerak.  Agar  o‘qqa  tutiladigan  bo‘lsa, 
dushman kuchlarini, uning mudofaa qilish hususiyatlarini o‘rganadi va bu haqda ularni yuborgan 
komandirga  bildiruv  beradi.  Dozordagi  seksiya  komandiri  to‘siqlarni  (g‘ovlarni)  va  uni 
poylayotgan  dushmanlarni  aylanib  o‘tishga,  dushman  bilan  jangga  kirmaslikka  intilishi  kerak. 


Agar  to‘siq  (g‘ov)  dushmanlar  tomonidan  poylanayotgan  bo‘lsa  seksiya  aylanib  (kesib)  o‘tish 
yo‘llarini  izlaydi  yoki  o‘z  kuchlari  bilan  to‘siqdan(g‘ov)  o‘tishni  uyushtiradi,  zararlangan 
uchastkalarni  eng  yuqori  tezlikda,  yakka  himoya  vositalaridan  foydalanib  o‘tiladi.  Zarur 
bo‘lganda seksiya to‘siqdan o‘zlari o‘tgan joyga belgi qo‘yadi, o‘tish joyini ko‘rsatuvchi belgilar 
o‘rnatadi.  Kerak  bo‘lsa  to‘siq  va  g‘ovlarni  oldindan  ko‘rib  chiqish  uchun  piyoda  dozorchilar 
yuborilishi ham mumkin. 
Har  qanday  holatlarda  ham  razvedka  vaqtida  dozor  seksiya  komandiri  dushmanlarni 
ko‘rishi bilin darhol komandirga bildiruv beradi va ko‘rsatma olmaguncha dushmanlarni kuzatib 
turadi. 
Agar  dushmanlar  seksiyani  sezib  qolsa  va  jang  qilishdan  boshqa  iloji  qolmasa  seksiya 
shiddat  bilan  jangga  kirishadi,  dushmanga  to‘satdan  ataka  qilib,  asir  olishga  harakat  qiladi  va 
tezda chekinadi. 
Dushmanning  yakka  askarlari  uchrab  qolganda  dozordagi  seksiya  uni  qo‘lga  tushiradi, 
asirga olishni iloji bo‘lmasa o‘t ochib yo‘q qiladi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish