Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
mashg’ulot o’tuvchi o’quv guruhini 4 ta kichik guruhlarga bo’ladi va berilgan topshiriqqa har bir guruh a’zosining faol ishtiroki talab etilishini tushuntiradi;
4 ta guruhning har biriga alohida quyidagi topshiriqlar beriladi va ularni bajarishga kerakli bo’lgan tavsiyalarni tushuntiriladi (topshiriqlarni guruhlar ixtiyoriy ravishda o’zlari tanlab olishlari yoki o’qituvchining o’zi ularni topshirishi mumkin):
guruh «Axborotchilar» - ma’ruza mazmunidan kelib chiqib nazariy bilimlar haqida ma’lumot berishi.
guruh «Ijodkorlar» - ma’ruza mazmuni asosida amaliyotdan hayotiy misollar keltirishi.
guruh «Korreksiyachilar» - o’qituvchi vazifasini bajarishi, aniqlashtirishi, ma’lumotni to’ldirishi va aytilgan fikrlarga yakun yasashi.
guruh «Ekspertlar» - jadval asosida barcha guruhlarning javoblarini, faoliyatlarini baholashi lozim bo’ladi.
Mashg’ulot o’tuvchi kichik guruhlarga berilgan vazifani bajarish bo’yicha kelishib olishlari, tayyorgarlik ko’rishlari uchun vaqt beradi va guruhlar tayyorgarligi tugagach, u 1-guruhga so’z beradi;
1-guruh, a’zolari o’tilgan ma’ruza mazmunidan kelib chiqib egallangan nazariy bilimlar haqida, iloji boricha, to’liqroq axborot beradilar (axborotni berilishida har bir guruh a’zosi ishtirok etishi kerak);
2-guruh, a’zolari 1-guruh a’zolari tomonidan berilgan nazariy bilimlar haqidagi axborotni diqqat bilan tinglab, uni amaliyot bilan bog’lab misollar keltiradilar, ya’ni hayotda ushbu axborotda aytilgan fikrlar qayerlarda, qanday ishlatilishi mumkinligini aniq hayotiy misollar orqali tushuntiradilar;
3-guruh a’zolari mashg’ulot o’tuvchi rolida bo’lib har ikkala guruh a’zolari bergan ma’lumotlarga aniqlik kiritadilar, to’ldiradilar, noto’g’ri joylarini tuzatadilar, guruhlar ishini yakunlaydilar;
4-guruh a’zolari esa alohida tuzilgan baholash varaqasida barcha guruhlar faoliyati va ma’ruza mazmuni bo’yicha bergan ma’lumotlari keltirilgan amaliy hayotiy misollari, to’ldirishlari, o’zgartirishlariga belgilangan baholash me’yori asosida guruhlarni (yoki guruh a’zolarini baholaydilar.
Izoh: ushbu interfaol uslub bir mavzuni to’liq takrorlash, mustahkamlash, baholash uchun ishlatilishi mumkin, yoki seminar mashg’ulotiga berilgan har bir savolni alohida-alohida ko’rib chiqish mumkin. Agar shunday bo’lsa, u holda bir savolni yuqoridagi tartibda muhokama qilib, baholab bo’lingach, guruhlarning vazifalari (rollar almashtiriladi, so’ngra seminarning ikkinchi savoli muhokama qilinadi, baholanadi. Seminar savollari soni va mashg’ulotga ajratilgan vaqtga qarab, mashg’ulot o’tuvchi guruhlarning vazifalarini (rollarini) almashtirib boradi. Mashg’ulot o’tuvchining ushbu interfaol uslubni qo’llashdagi asosiy harakati mashg’ulotda har bir tinglovchining ishtirokini ta’minlash.
guruhlar tomonidan barcha vazifalar to’liq bajarilgach, mashg’ulot o’tuvchi o’z fikrini bildiradi, guruhlar faoliyatiga, ishlariga baho beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi, ekspertlar guruhi tomonidan qo’yilgan baholar (ballar)ni qayd qilish jurnaliga ko’chirib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |