Marosimlarning guruhlari
O’tkaziladigan rituallar, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish tizimini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh. Yoshlarni Vatanga, o’z xalqiga muhabbat ruhida tarbiyalashni shakllantirishga qaratilgai rituallar tizimi. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:
umumxalq bayramlari: Mustaqillik bayrami, O’qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitusiya kuni, Yangi yil, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro’z, Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ramazon va Qurbon xayitlari kabi bayramlar.
Yosh fuqarolar bayrami (pasport topshirish).
«Vatanni sevmoq iymondandir» bayram rituali.
Davlat ramzlariga hurmat ko’rsatish rituali.
Do'stlaringiz bilan baham: |