Bumerang-2
Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va yondashuvga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, og’zaki yozma ish shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Texnologiya mashg’ulot mobaynida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarish, navbat bilan tinglovchi yoki mashg’ulot o’tuvchi rolida bo’lish va mos ballarni to’plash| imkoniyatini beradi.
«Bumerang-2» texnologiyasi shaxsiy tarkibga tanqidiy fikrlash, ularda mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek ularni xotirasini mustahkamlab, g’oyalarini, fikrlarini, dalillarini yozma va og’zaki shakllarda bayon
qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
|
|
Mazkur texnologiya shaxsiy tarkibga ta’lim bilan bir qatorda tarbiyaviy yondashuvdagi:
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-xushmuomalalilik;
-xushfe’llik;
-ko’nikuvchanlik;
-o’zgalar fikrini hurmat qilish;
-faollik;
-ishga ijodiy yondashish;
-o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;
-o’zini baholash kabi qator sifatlarini ham shakllantirish imkoniyatini beradi. Texnologiyadagi asosiy tushunchalar:
Ochiq, savollar - bunday savollar muomala qilish va o’zaro so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi, shu bilan birga ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bunday savollar oldindan «ha» yoki «yo’q» turdagi to’g’ri va ochiq javoblarni berishni ko’zda tutadi.
Ko’ndalang so’roq, - ishtirokchilar bir-biriga guruhlab beruvchi qisqa savollar qatoridan iborat bo’lib, o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar egallagan holatini aniqlash, shuningdek muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko’ndalang so’roq paytida o’zaro munozaraga kirishish mumkin bo’lmay, balki faqat savollar berilishiga ruxsat beriladi.
Masalan:
Mavzu: «Gullar va ularning tarixi, hayotdagi ahamiyati» Tarqatma materiallar:
guruhga - Gullar qachondan beri o’stiriladi?
guruhga - Ayrim xalqlarda gullarning ahamiyati. 3-guruhga - Atirgullarning ramziy ma’nosi haqida?
4-guruhga - Misrliklar uchun nilufar guli nima ma’noni anglatadi?
Mavzu: «Sharqona muomala odobi» Tarqatma materiallar:
guruhga - Ustozlarni hurmatlash bayoni
guruhga - Qarindosh-urug’lar o’rtasidagi muomala odobi 3-guruhga - Qo’ni-qo’shnilar o’rtasidagi muomala odobi
guruhga - Do’stlar o’rtasidagi muomala odobi
guruhga - Aka-ukalar, opa-singillar o’rtasidagi muomala odobi.
Mavzu: «Harbiy qo’shinlarda tarbiya uslublari» Tarqatma materiallar:
guruhga - Ishontirish uslubi
guruhga - Rag’batlantirish uslubi 3-guruhga -Uslublarning sinflari 4-guruhga - Namuna uslubi
5-guruhga - Jazolash uslubi.
Do'stlaringiz bilan baham: |