Tarqatish uchun qabul qilingan “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli nashrlar tiraji, xizmat chizmalari va nashrlarining hisobini yuritish jurnalida (20-shakl) bir hisobga olish raqami bilan roʼyxatga olinadi. Tarqatish uchun qabul qilingan “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli buyruq va direktivalar, buyruq, buyruqnoma va direktivalarni hisobga olish kitobida (19-shakl) roʼyxatga olinadi. Qoʼshimcha koʼpaytirilgan “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlarning nusxalari, ushbu hujjatning raqami bilan hisobga olinib, koʼpaytirilgan hujjat (nashr) va hisobga olish jurnallarida bu haqida yozuv yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |