Xulosa va takliflar
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oya va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida mamlakat moliya-iqtisod sohasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois, moliya-iqtisod yo’nalishida tahsil olayotgan oliy o’quv yurti talabalari, xususan, bitiruvchilarni moliya-iqtisod sohasida malakaviy amaliyotini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy va soliq siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, viloyat iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlaydi, viloyat mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi; o‘z vakolati doirasida viloyat moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi Byudjet ijrosi hisobi va hisoboti, byudjet tashkilotlari hisobotini monitoring qilish bo’limi mahalliy byudjet hisobini yuritish va hisobot ustidan monitoring qilish bilan shug’ullanadi.
Amaliyotning xulosasi sifatida aytadigan bo’lsak, amaliyot soha faoliyatini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Shuni ta’kidlash joizki, bo’lajak har bir mutaxassis faqatgina nazariy bilimlarnigina emas balki bu bilimlarni amaliyotda sinab ko’rgan holda yaxshi natijaga erishish yo’llarini izlab topishi kerak.
Amaliyotni ko’rsatilgan tartibda o’tab, bu davr mobaynida boshqarma strukturasi, hisobotlari, moliyaviy natijalari va shu kabi bir qator ishlar bilan tanishib chiqib, tahlil qildik.
Ushbu amaliyot davrini hisobga olgan holda xulosa qiladigan bo’lsak, tashkil qilingan amaliyot malakali kadrlar tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: “Ma’naviyat”, 2017. 243b.
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. T.: “Noshir”, 2011. 712 b.
Moliya fanidan ma’ruzalar matni. T.:2015.
www.mf.uz
www.tdiu.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |