O’zbekiston Respublikasi misolida davlatning ijtimoiy maqsadi nimadan iboratligi haqida fikr yuriting va muhokama qiling



Download 28,94 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2022
Hajmi28,94 Kb.
#337891
1   2
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi

Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o’zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi.

Davlat tuzilish shakli deganda, davlatning hududiy tarkibi, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o’zaro munosabati ifodalanadi. Tuzilish shakliga ko’ra davlatlar oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) turlarga ajraladilar.

Siyosiy (davlat huquqiy) rejim deganda, davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari (metodlari) va vositalari yig’indisidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va vositalari toifasiga ko’ra demokratik va avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi.

Endi bevosita federativ tuzilishga ega bo’lgan davlat tushunchasiga to’xtalsak. “Federativ tuzilishga ega bo’lgan davlat – bu mustaqil bo’lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi”3. Federativ davlat tarkibiga kiruvchi subyektlar o’zining qonun chiqaruvchi organlariga, o’z hukumatiga, sud organlariga ega bo’lgan bir necha davlat tuzilmalari ittifoqidan iborat bo’ladi.

Federativ davlat belgilari quyidagilardan iborat:

Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig’indisidan iborat bo’ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog’onali bo’ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya Konstitutsiyasida belgilab qo’yiladi. Uchunchidan, ikki fuqarolik mavjud bo’lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o’zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi.

Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib, markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zolar nomidan markaziy idoralar mamlakat ichki va tashqi siyosatida yagona ish olib boradi va uning manfaatlarini himoya qiladi.

Masalan, dunyoda hozirgi kunda yigirmadan ortiq federativ shakldagi davlatlar mavjud. Bular, Rossiya, Braziliya, Hindiston, Germaniya, AQSH, Shveysariya, Meksika, Kanada va boshqalar.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Z.M.Islamov. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. Toshkent – 2007.

  2. N.Saburov, Sh.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent – 2011.

  3. X.T.Odilqoriev. Davlat va huquq nazariyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent- 2007.

  4. Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi Darslik Toshkent “Yuridik adabiyotlar publish” 2020.

  5. O’zbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent. “Adolat”. 2010.



1 Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi Darslik Toshkent “Yuridik adabiyotlar publish” 2020. 43-bet.

2 Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi Darslik Toshkent “Yuridik adabiyotlar publish” 2020. 70-bet.

3 Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi Darslik Toshkent “Yuridik adabiyotlar publish” 2020. 75-bet.


Download 28,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish