O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1.
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2016. - 456 6. 
2.
Mirziyoyev Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2018. - 45 b. 
3.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. Darslik. - Toshkent: TDPU, 2007. – 176 
b. 
VATANPARVARLIK TARBIYASIDA AMIR TEMUR O’GITLARINING 
AHAMIYATI
36
 
Bugungi kun ta’lim-tarbiya sohasining asosiy vazifasi har tomonlama yetuk
milliy g’ururi baland, vatanparvar barkamol shaxslarni voyaga yetkazishdan 
iboratdir. Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazishda mutafakkir ajdodlarimizning 
ibratli qarashlari, faoliyati va qoldirgan merosi muhim manbalardan hisoblanadi. 
Shubhasiz, tarix saboqlari asosida bunyod etilayotgan bugungi kunimiz kelajak 
taraqqiyotimiz uchun zamin yaratadi. Shu bois o’zligini tiklamoqqa azm qilgan har 
bir millat bu yo’lda o’ziga xoslikni, mustaqil rivojlanish yo’lini tanlaydi. Bu yo’lda 
36
Bolikulov Jo’rabek Sag’dullayevich, Ne’matov Farrux O’tkirovich
 – O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi, Yong’in xavfsizligi instituti



132 
ajdodlar hayot tajribasi, bilim va tafakkuri, yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklari 
millat va jamiyat taraqqiyoti uchun ishonchli va mustahkam tayanch bo’lib xizmat 
qiladi.
Shu o’rinda O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab ulug’ 
bobokalonimiz Amir Temurning boy merosini yosh avlod ongi va qalbiga singdirish 
orqali ularning ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga e’tibor qaratilmoqda. 
Ayniqsa, “Temur tuzuklari” risolasida madh etilgan xalqlar do’stligi, tinch-totuv 
yashash uchun kurash, buyuk bunyodkorlik ishlari, ustozlarni hurmat qilish, ochiq 
ko’ngillik, sahovatpeshalik, bechoralarga yordam qo’lini cho’zish kabi fazilatlar 
asarni o’qigan kishiga tetik ruh va quvvat baxsh etadi. Umuman olganda, Amir 
Temurning o’zi shaxs sifatida aqlda, odobda, axloqda, iymonda, e’tiqodda, davlatni 
boshqarishda, insonlarga munosabatda, buyuk markazlashgan davlat qurishda 
yuksaklikka hamda mukammallikka etishgan siymodir [2]. 
Yuqorida qayd etilgan Sohibqiron Amir Temurlarning boy merosi 
yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berishda mustahkam ma’naviy asos bo’ladi. Ular orqali 
yoshlarning dunyoqarashi muntazam ravishda kengayib boradi va tabiiyki, bular 
ularning aqliy tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Amir Temur qarashlarida o’z ifodasini topgan pedagogik g’oyalarni shartli 
ravishda ikki turga bo’lish mumkin: ta’limiy g’oyalar, tarbiyaviy g’oyalar [1].
Amir Temurning ta’limiy g’oyalarida shaxsning ongini to’g’ri shakllantirish 
alohida o’rin tutadi. Buning uchun u shaxsda “o’ziga ishonch uyg’otish” tamoyiliga 
amal qilgan. Unga ko’ra, shaxs o’z layoqati, imkoniyati va shijoatiga ishonishi kerak, 
shunda u bilim olish, bilmagan narsalarini o’qib-o’rganish va o’z oldiga yuksak 
maqsadlar qo’yishga intiladi. Layoqat har bir kishi tabiatida mavjud bo’ladi, faqat u 
rivojlantirilishi kerak; imkoniyatni shaxs o’z intilishi va harakati bilan yaratadi
shijoat esa maqsad-muddaoning hosilasidir [3]. 
Amir Temurning fikricha, o’qib-o’rganishga intilgan kishiga “shirinso’z va 
ochiq yuz bilan” munosabatda bo’lishi kerak. Bunday munosabat albatta shaxsning 
o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi, unga ruh beradi. Sohibqironning fikricha, yana 
shaxs o’z maqsadiga erishish uchun o’n ikki narsaga qatiy amal qilishi kerak, bular: 


133 
e’tiqod; odamlarga ishonish; qonunga itoat qilish; maslahatlarni tinglash; halol 
mehnat; adolatli bo’lish; kichiklarni izzat, kattalarni hurmat qilish; shijoatli bo’lish; 
xalqparvar bo’lish; yaxshilikka intilish; do’st tutish; molparast bo’lmaslik.
Ta’limiy g’oyalar Amir Temurning ommaviy faoliyatida ham o’z ifodasini 
topgan. U barcha bunyodkorlik ishlari qatorida “Har bir shaharda maktabu 
madrasalar qurishni buyurgan”ligini takidlaydi. Bunday amaliy ishlar natijasida 
Temuriylar davrida bilim olish yuksak pog’onaga ko’tarilganligi va ilmu fan, 
madaniyat behad darajada rivojlanganligi ma’lum. Amir Temur “Aqlli va shijoatli 
kishilar”ni o’z tarbiyasiga olganligini so’zlaydi. Uning nazarida, aql va shijoat shaxs 
kamoloti uchun muhim unsurdir. Bundan tashqari, u “Kimki kasbu – hunar va 
ma’rifat ahlidan bo’lsa, bundaylarga saltanatda biror ish berish” to’g’risida buyruq 
bergan. Umuman, Amir Temur ongli, aqlli, kasb – hunarli va shijoatli shaxslarni 
qadrlar, ularga imkon qadar sharoit yaratib berishga intilar edi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish