JK 51-moddasi 3-qismi hech qanday sharoitlarda davlat majburlovining mazkur chorasini qo‘llash yo‘l qo‘yilmaydigan shaxslar doirasini belgilaydi. Bu shaxslarga yoshidan qat’i nazar barcha ayollar, shuningdek, 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslar va 60 yoshdan oshgan erkaklar kiradi.
Erkak jinsidagi shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanishi mumkinligi masalasini aniqlashda sud quyidagilarni hisobga olishi lozim:
quyi yosh chegarasi yuzasidan (18 yosh) favqulodda jazo chorasining qo‘llanishi jinoyatni sodir etish paytiga kelib shaxs ushbu yoshga yetmagan holda yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda voyaga yetgan kuni deb tug‘ilgan kunidan keyingi kun hisoblanishi kerak;
sud hukmini e’lon qilish paytiga kelib sudlanuvchi 60 yoshga yetganda favqulodda jazo chorasini tayinlash mumkin emas. Bu holda oltmish yoshga to‘lgan kuni deb shaxsning tug‘ilgan kuni tan olinishi kerak. Shaxsning yoshini hisoblash masalasining ushbu hal etilishi JK insonparvarlik va adolat tamoyillariga to‘liq mos keladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tayinlash uni albatta ijro etilishini anglatmaydi. Masalan, ushbu favqulodda jazo chorasini tayinlashda mahkumga majburiy tartibda afv etish huquqi tushuntirilishi lozim.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxs JK 76- moddasi 3-qismiga muvofiq, afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol
1 Ўша жойда, 4-банд, 1-хатбоши.
ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, jazoning ushbu turi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda shaxsni aybdor deb tan olish to‘g‘risidagi ishlar tuman (tumanlararo) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilishi mumkin emas. JPK 389-moddasiga muvofiq, umrbod va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolar qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |