2. Asosiy qism: 20 daqiqa
Mashg‘ulotning borishi:
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda o‘rganilgan harflarni o‘qib talaffuz qilib berishni bolalardan so‘raydi. Bolalar harflarni topib, uning qanday harf ekanligini (bosh yoki kichik) aytib, talaffuz qilib ko‘rsatadilar.
So’ngra “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda U tovushi bor ukki rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi U tovushini cho`zib (u-u-u-kki) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyalanuvchilar U tovushini aytgach, tarbiyachi
U tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |