Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, rangli iplar, ruchka yoki flomasterlar, bosh “U” va kichik “u” harflari “U” tovushi bor suratlar.“U” tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi“Men nimani yaxshi ko‘raman”, analiz-sintez, suhbat, ta’limiy o‘yin “So‘zni top”, “Zanjir”.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Men nimani yaxshi ko‘raman”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi. Bolalar bir-birlariga nimani yaxshi ko‘rishlarini aytadilar. (men rasm chizishni yaxshi ko‘raman, men raqsga tushishni yaxshi ko‘raman, musiqa tinglashni yaxshi ko‘raman, men she'r yodlashni yaxshi ko‘raman, men ertaklarni aytib berishni yaxshi ko‘raman.....).
Do'stlaringiz bilan baham: |