Quvnoq daqiqa
“Tasmali harflar”
Bolalar gilamchaga turli xil tasmalardan harflarni yasaydilar. Tarbiyachi bolalar tomonidan eng chiroyli va to‘g‘ri tasvirlangan harflarni tanlaydi va bolalarni rahbatlantiradi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma P harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta P harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga P harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Parpi poezdda kelar,
Qo‘li esa belida.
Vagonda to‘la pilla,
Ishonmasang, qara-da.
Amaliy masq.
Tarbiyachi P undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (pax-ta, pul, pil-la, po’-yzd, ka-pa-lak, pi-yo-la) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda P undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa harfni baland ko‘taradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |