Tarbiyachiga eslatma.
Ntovushini talaffuzidalablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, oldingi tishlar ko‘rinib turadi, yuqorigi va pastki tishlar bir-biriga yaqinlashadi-yu, lekin birikkan bo‘lmaydi, Ntovushini a,o, i, tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda, tilning oldingi kurak qismi yuqori tishlarga yoki alveolaga tiralgan bo‘ladi, Ntovushini ya,ye,yu, tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan va pastki kurak tishlarga tiralgan bo‘ladi, yumshoq tanglay pastga tushadi, pirovardida o‘pkadan chiqayotgan havo burun yo‘llaridan o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘lanib tebranadi, natijada tovush hosil bo‘ladi.
Ntovushini talaffuz etganda havo og‘izga kelgach, til yuqori tishlarga tegadi va n tovushi hosil bo‘ladi. Ana shu til va tish tegib turgan joy to‘siq bo‘ladi. Shuning uchun Ntovushi to‘siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, Ntovushini aytilganda ovoz bilan shovqin ham eshitiladi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilanNtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. N tovushli so`zlar o`ylab topiladi.
Shundan so`ng N harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda
N harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga N undosh tovush ekani, undosh tovush ko‘k rangda belgilanishini (ko‘k kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) aytadi.
So‘zlarning tovush andozasi tushuntiriladi:
-undosh tovush
-so‘zdagi birinchi tovushni ajratish
-so‘zning o‘rtasidagi kerakli tovushni ajratish
-so‘zdagi oxirgi tovushni ajratish
Kubiklarda esa (tarbiyachi kubikni ko‘rsatodi)undosh tovushni kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklarni o‘ynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib, qolgan tomonlarga harflar ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak bu kubikdagi harflar undosh harflar bo‘ladi.
Mana qarang, kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida N harfi yopishtirilgan. Demak, N harfi undosh tovush ekanligini bildiradi.
Tarbiyachi: Bolalar, Ntovushi so‘z boshida (non, novvoy, no’xat, narvon), o‘rtasida (igna, oyna, ona,sandiq), oxirida (o’yin, o’tin, ayvon, limon, narvon, lagan) keladi.
N harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Nkesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |