ham gapni o`qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to`g`ri
shaklda bo`lishi, nutqning gaplardan hosil bo`lishi va gap haqida amaliy tushuncha
syujetli rasmlar yordamida hosil qilinadi. Buning uchun tarbiyachi rasm yuzasidan
12
Bolalar javoblaridan nima hosil bo`lgani (gap, matn) aniqlanadi. So`ng
tarbiyachidoskada matn chizmasini ko`rsatadi.
Tarbiyachi birinchi chizma 1-berilgan savol(gap)ning javob gapi ekanini
aytadi. So`ngra bolalarga nechta savol berilgan va nechta javob olinganini aniqlash
topshirig`i beriladi. Ularga “Chizmaning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga
nima qo`yilgan?" kabi savollar bilan murojaat qilinadi. Ular “3 ta savol - 3 ta gap
berilgan edi, shuning uchun 3 ta javob 3 ta gapning chizmasi chizilgan" deyishadi.
Javoblar umumlashtirilib, gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan ko`rsatilishi,
oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgi - nuqta qo`yilgani
tushuntiriladi. Bolalarning javoblari tartiblashtirilib va to`ldirilib, quyidagicha
xulosa chiqariladi: Demak, nutqimiz gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2, 3, 4 ta va
undan ham ko`p gap bo`ladi. Gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan
belgilanadi, gapning tugagan joyiga tinish belgi - nuqta qo`yiladi.
Umuman, savodxonlikka o`rgatish jarayonida gap, gapning so`zlardan
tuzilishi, gapda so`zlarning alohida-alohida yozilishi, gapning oxiriga mazmuniga
qarab nuqta, so`roq, undov belgisi qo`yilishi, gapning birinchi so`zi bosh harf bilan
yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi.
Gap yuzasidan quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1.
Tarbiyachi yoki bolalardan biri aytgan gapni tarbiyalanuvchilarning doskada
chizma shaklida tasvirlashi va gapda nechta so`z borligini aytadi (bunda gap rasm
asosida tuziladi).
2.
Berilgan syujetli rasm asosida tuzilgan hikoyadan o`rganilayotgan tovush-
harf qatnasngan so`z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi doskada chizdiriladi.
Shundan so`ng o`sha so`z bo`g`in- tovush jihatdan tahlil qilinadi.
4.
Rasm asosida tuzilgan hikoyadan istalgan gapning chizmasini doskada
ifodalash. Bunda bolalarning gapni bir butun holda xotirasida saqlagani, gapga xos
xususiyatlarni ongli o`zlashtirgani aniqlanadi. Bu jarayonda bir necha bolaga bir
nechta gap chizmasi chizdirilishi mumkin.
5.
Matndan berilgan chizmaga mos gapni ajratib olish va izohlab berish.
6.
Matndagi har bir gapning chizmasini chizdirish. Matn dastlab2-3, so`ng 3-
4gapli bo`lishi maqsadga muvofiq. Tuzilgan matnni tarbiyachi qayta aytib turadi,
bolalar bittadan doskadauning chizmasini ifodalaydilar. Matnning chizmasi shu
tariqa doskada o`z ifodasini topadi. Misol:
Bu bizning oila.Oilamiz besh kishidan iborat.Bizning oilamiz inoq.