Mashg‘ulot metodi
: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat,
amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”,
“Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi
:
1.
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq
: “Savol-javob”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va
qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib tarbiyachiga koptokni
qaytaradilar. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi.
2.
Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda L tovushi bor lola rasmi ko‘rsatiladi,
tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi L tovushini takrorlab
(l-l-l-lo-la) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini
tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachi L tovushini talaffuzini tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |