Tabiat - bu eng go’zal va ulug’ ustozdir!
Tabiat bolalarni ma’naviy tarbiyalashda katta yordam beradi, shuning uchun, I.Karimov«Faqatgina ziyoli kishigina inson qadr-qiymatini yuqori baholay oladi, milliy qadriyatlarni saqlaydi, milliy o’zligini oshirib bora oladi» deb ta’kidlab o’tgan. Bizning mamlakatimizda mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardan boshlab milliy ta’lim tizimini takomillashtirishni bunyod etish, uning milliy negizini mustaxkamlash, davr talabidan kelib chiqqan holda jahon andazalari darajasiga yetkazishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassaasharidagi pedagogik jarayonda shaxsni ekologik tarbiyalarshga tayyorlash, quyidagi faoliyat turlarini ochib berish orqali amalga oshirilishi mumkin:
- Bolalarda ekologik ong elementlarini shakllantirish. Bola tomonidan ekologik ong elementlarini tushunish va tasavvur etish, tabiat to’g’risidagi bilimlarning xarakteri va mazmuni bilan aniqlanadi. Ularda, tabiiy hodisalarning o’zaro bog’liqligini namoyon qiluvchi ekologik mazmunga ega bo’lgan bilimlar bo’lishi kerak.
Bolalarda tabiat bilan bog’liq bo’lgan turli xil bilim va malakalarni shakllangirish. faoliyat bilan bog’liq bo’lgan harakatlar tabiatni saqlash xarakteriga ega bo’lishi kerak. Tabiat bilan bog’liq holda olib borilayotgan aniq faoliyat davomida (dala hovli va tabiat burchaklarida o’simlik va hayvonlarga qarash, tabiatni muqofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlarda faol qatnashish) bolalar tirik organizmlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’simlik va hayvonlar uchun tabiiy sharoitga yaqin bo’lgan sharoitlarni tashkil qilishni o’zlashtiradilar.
3 Savol.Atrof muhitni anglashning asosi sifatida ob’yektlar va tabiiy hodisalar haqida ma’lumot tizimini shakllantirish.
O’zbekistonning tabiati - bola uchun kerakli bo’lgan bilim va taassurotlarga ega bo’lishga yordam beruvchi manba hisoblanadi. Atrof muhitda mavjud bo’lgan jonsiz va ayniqsa tirik tabiat ob’ektlariga bo’lgan qiziqish bolalarda erta paydo bo’ladi. Bolalar hamma narsani ko’rib boradilar. Oromgohlarda, yo’l ustidagi mehnatsevar chumoli, qalin o’t ustidagi kichkinagina o’rgimchak. Bundan tashqari tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, ranglar jilosi, turli-tuman hid, ovozlar bolalar diqqatini o’ziga jalb qiladi. Ular o’zlari uchun yangi olamni kashf etadilar: Hamma narsani o’z qo’llari bilan ushlab ko’rishga, yaqindan tanishishga xarakat qiladilar.
Bolalardagi atrof-muhitga bo’lgan qiziqishini qo’llab-quvvatlash bilan bir vaqtda, ularni tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash kerakligini esdan chiqarmasliklari kerak.
MTTda kichik guruh bolalari tabiat ob’ektlari to’g’risidagi umumiy tasavvurlarni o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Ular jonivorlarni, o’simliklarning faqatgina alohida olingan, yaqqol ko’zga tashlanadigan xususiyatlarini ko’radilar. Shuning uchun bolalarni ko’proq yaqin atrofda joylashgan, tez-tez uchrab turadigan tabiat ob’ektlari bilan yaqindan tanishtirib borish, ularni kuzatish vaqtida esa iloji boricha ko’proq belgilarini ko’rsatib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |