2 hafta. “Extiyotkor piyoda xaftasi”
Qurilish markazi
“Piyoda yo'lkasi”
Maqsad: geometrik shakllarni farqlashni mustahkamlash, piyoda yo'lakchasining nima uchun keraklini aytib bera oladi. Yo'lakchani geometrik shakllaridan qurishda qancha shakl ketganligini hisobini olishga o'rgatish.
Jihoz va materiallar: geometrik, hamda qurilish kerakli shakl va jihozlar, yo'l.
Faoliyatning borishi:
1. Piyoda mavzusidagi rasmlarni kuzatish.
2. Bolalar bilan “Piyodalar yo'lagi” ni qurish rejasini tuzish.
3. Geometrik shakllardan “Piyodalar yo'lagi”ni qurish.
4. “Piyodalar yo'lagi”ni o'lchash.
5. Bolalar ishini muxokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga oq qog'ozdan lentachalar kesib, piyoda yo'lakchasini yopishtirishni tavsiya etadi.
E'tiborga molik jihati: Bolalarning jamoada ishlashi, qurilishda tozalikka e'tibor, hayot havfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi
“Taksi”
Maqsad: Avtomobillar turar joylari xaqida tushuntirib beradi, avtoturar joydagi ishchi xodimlar xaqida ma'lumotga ega. Jamoat joylarida o'zini tuta oladi. Transport vositalarining havfli ekanligini tushunadi. Transport turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish malakasiga ega.
Jihoz va materiallar: xaydovchi kiyimi, salon va o'rindiqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar orasida rollarni taqsimlash
2. Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish va xaydovchilar bilan uchrashish.
3. “Moshinada ketayapmiz” sahnasini o'ynash
4. Sahnalashtirilgan o'yin haqida suhbat.
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan “Bilmasvoy shaharda (qishloqda) mavzusida o'yinni sahnalashtirishi mumkin. “Uydan bog'chagacha” yo'l xaritasini tuzish, jamoat joylarida jamoa tartibi qoidalariga rioya qilish, atrofga e'tiborli bo'lish, tozalikni saqlash, piyodalar yo'lkasidan yurish, katta yo'lga chiqib ketmaslik, piyodalar yo'lkasi yo'lovchilar uchun ajratilgan bo'lib, piyodalar yo'lagi bo'lmagan taqdirda katta yo'lning chetidan mashinalar qatnoviga qarama-qarshi yurishi lozimligini tushuntiradi.
E'tiborga molik jihati:
1. Bolalarning xaydovchi bilan muloqatga kirisha olishi.
2. Mantiqiy fikrlash qobiliyati.
3. Xayot xavfsizligi qoydalari.
Til va nutq markazi
Seriali rasmlarda “Yo'l harakati havsizligi qoidalari”
Xikoya tuzish.
Maqsad: bolalar yo'l belgilari xaqida tushunchaga ega va ularni farqlaydi, bir necha belgilarni biladi va yo'l harakati qoidalariga rioya qiladi.
Jihoz va materiallar: rasmlar, plakatlar, kichkina mashinalar, mulyajlar, shartli belgilar.
Faoliyatning borishi:
1. Xarakat belgilari shakli va rasmini kuzatish.
2. Xar bir belgi xaqida tushuntirish.
3. “Seriyali rasmlar” bilan o'ynash.
4. “Yo'l xarakati qoidalari” namoishi.
Qo'shimcha qism: Yo'l xarakati qoidalari xaqida multfilm ko'rsatish.
E'tiborga molik jihati:
1. Bolalarni yakka va jamoada ishlashlarini o'rgatish.
2. Xotira, diqqat va ijodkorlikni rivojlanishi;
3. Tasavvurlari va nutqni rivojlanishi;
4. Hayot havfsizligi saboqlariga.
Fan va tabiat markazi
Havo markazi (ekologik tarbiya)
Maqsad: Havoning ajoyib xususiyatlari bilan tanishish. Xavo insonni o'rab turuvchi muhim obyektlardan biridir. Havosiz xar qanday jonli organizm mavjud bo'la olmaydi. Turli gazlar, olov sababli havo ifloslanishi mumkin, ammo ifloslangan havo o'simliklar sabab tozalanishi mumkinligini tushunadi.
Jihoz va materiallar: bo'sh stakan, salfetka, suv.
Faoliyatning borishi:
1. Bo'sh stakan olamiz, tagiga salfetka yopishtiramiz va bu stakanni teskari o'girib suvga tushiramiz;
2. Stakan suv bilan to'ladi;
3. Ichidagi salfetka quruqligicha qoladi;
4. Stakan ichida havo borligi uchun salfetka quruqligicha qolgan;
5. Tajribani muxokama qilish;
6. Bolalar bilan o'tilgan tajribadan hulosa chiqarish;
7. Bog'cha uchastkasidla bolalar bilan daraxt o'tqazish;
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi o'simliklarni parvarishlash qoidalari xaqida gapirib beradi va ekilgan o'simliklarni parvarish qilish bo'yicha navbatchilar tayinlaydi.
E'tiborga molik jihati:
Tajribalar o'tqazishi uquvi va hayot havsizligi qoidalariga rioya qilish.
San'at markazi
Tabiat materiallaridan applikasiya: transport turlari
Maqsad: mayta qo'l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, estetik bezatish, applikasiyada tabiat materiallarini uyg'unlashtirishni biladi. O'zining ijodini chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: tabiat materiallari, rangli kartonlar, qog'oz, yelim, stepler, ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. “Transport” mavzusida rasmlarni ko'zdan kechirish.
2. Tasviriy san'at faoliyati noan'anaviy texnikasi bilan tanishish.
3. Rasm va tabiat materiallarini tanlash.
4. Bolalar bilan mavzu asosida applikasiya ishini bajarish.
5. Bolalar tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikasiyani bezatish, mavzuga oid she'r yoki qo'shiq kuylashni taklif qilishi, ko'rgazma tashkil etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o'rgatish.
2. Tasavvuri va mayda qo'l motorikasini rivojlantirish.
3. Hayot xavfsizligi saboqlari.
Qurish-yasash, konstruktorlash va matematika markazi
Mavzu asosida taxlaymiz: “Yo'l belgilari” “Raqami bo'yicha terib ber” sonli qirqma rasmlar.
Maqsad: taklif qilingan materiallardan yo'l belgilarini taxlaydi, yo'l belgilari va ular nimaga xizmat qilishi xaqida tushunchaga ega. Turli rang va shakllarni biladi va farqlaydi.
Jihoz va materiallar: pazllar, sonli kesma rasmlar. Yo'l belgilari.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Yo'l belgilari tasvirlangan rasmlarni ko'rish va kuzatish;
2. Bolalar bilan yo'l belgilarini raqami bo'yicha taxlashni rejalashtirish;
3. Yo'l belgilarini taxlash;
4. Taxlangan yo'l belgilarining taqdimotini amalga oshirish;
5. Bolalar tomonidan taxlangan belgilarni muhokama qilish va rag'batlantirish;
6. Ishlatilgan materiallarni miqdorini sanash va shakllari bo'yicha ajratish.
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga uyga ketayotganda yo'l belgilarini kuzatishni va o'xshashini topishni taklif qiladi.
E'tiborga molik jihati:
1. Bolalarni jamoada ishlash ko'nikmasining shakllanganligi;
2. Yo'l belgilarining vazifasi nimada ekanligini tushuntirish.
3. Tasavvurlari va ijodkorligining rivojlantirish;
4. Hayot havfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi
“Avtobus”
Maqsad: Avtobuslar turar joylari xaqida tushuntirib beradi, avtobus turar joydagi ishchi xodimlar xaqida ma'lumotga ega. Jamoat joylarida o'zini tuta oladi. Transport vositalarining havfli ekanligini tushunadi. Transport turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish malakasiga ega.
Jihoz va materiallar: xaydovchi kiyimi, salon va o'rindiqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar orasida rollarni taqsimlash
2. Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish va xaydovchilar bilan uchrashish.
3. “Avtobusda ketayapmiz” sahnasini o'ynash
4. Sahnalashtirilgan o'yin haqida suhbat.
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan avtobus chiptalarini chizib, ular orasida chiptachi, yo'lovchi orasidagi farqni aniqlaydi.
E'tiborga molik jihati:
1. Bolalarning xaydovchi bilan muloqatga kirisha olishi.
2. Mantiqiy fikrlash qobiliyati.
3. Xayot xavfsizligi qoydalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |