O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Download 2,01 Mb.
bet68/133
Sana11.04.2023
Hajmi2,01 Mb.
#927001
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
Katta guruh tematika lotincha

Fan va tabiat .
Mavzu: Suvning xossalari.
Maqsad: suv va uning xususiyatlarini biladi(sovuq, iliq, issiq, muzdak), suvni ushlash orvali qanday xaroratda ekanligini biladi va ayta oladi. Qanday xolatda suvni kerakli xaroratga keltirish xaqidagi tushunchaga ega.
Kerakli jihozlar: idishlarda turli ko'rinishdagi qaynoq, sovuq, yaxlagan xolatdagi suvlar, qog'oz, selofan bo'laklari.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Mavjud suvlarni tomosha qilish.

  2. Ularni birma-bir xaroratini o'rganish.

  3. Idishdagi suvlarning ustiga qog'oz, selofan bo'laklarini yopib ko'rish.

  4. Qog'oz va selofan bo'laklarini suvga yopib olingandan keyingi xolatini taxlil qilish.

  5. Do'stlari bilan o'zaro suxbat.

Qo'shimcha: tarbiyachi ko'magida qaynagan suvning ustiga selofan bo'lagini yopish va chiqayotgan bug'ni selofan bo'lagiga urilib uni suv tomchilariga aylanib qolishi va bug'ning yana qayta suvga aylanib qolishi yuzasidan tajriba o'tkazish. Tajriba asosida bolaga yomg'irning qanday paydo bo'lishi xaqidagi ilk ko'nikmalarni berish.


San'at markazi.
Mavzu: “Chegarachi va chegara” mavzusida loy ishi.
Maqsad: Loydan kerakli shakllarni yasaydi va unga ishlov bera oladi, tasavvuridagi g'oyani mustaqil ravshda bunyod eta oladi, chegarachi kasbi bilan yaqindan tanish.
Kerakli jihozlar: Namuna, mavzu asosida rasmlar, loy, turli xildagi bo'yoqlar, keramik plitka yoki karton kvadratlar 20x20 o'lchamda.
Faoliyatning borishi:

  1. Namuna va mavzu asosidagi rasmlarni tomosha qilish.

  2. Namuna va rasm asosida o'z oldiga qanday syujetni yaratish maqsadini qo'yish.

  3. Maqsad asosida kerakli jixozlarni olish.

  4. Ijodiy ish.

  5. Tayyor bo'lgan syujetni quritish yoki qotirish.

  6. Sjetga rang va bezaklar berish.

  7. Tayyor ishni taxlil qilish.

Qo'shimcha: Tayyor bo'lgan ishlardan ko'rgazma tashkil etish. “Chegarachilar” syujetli-rolli o'yinini o'ynash.
Alohida e'tibor qaratiladi: Inson qiyofasini loydan yoki plastilindan yasay olish qobilyati, tayyor bo'laklarni keramik plitka yoki kartonga maxkamlashdagi usuli, mavzuga asoslanganligi xamda aynan o'sha ranglardan foydalanganligi.


Qurish-yasash va matematika..
Mavzu: “Sonlar yordamida bino yig'ish”.
Maqsad: Matematik bilimlarga ega, 20 gacha sonlarni taniydi, aniq xarita asosida manzilga yeta oladi, diqqati va xotirasi, fikirlash doirasi kengayadi.
Kerakli jixozlar: xarita maketi, 20 ichidagi sonli kartochklar, 20 ichida sonlar tasvirlangan kubik, legolar, katta va kichik binolar rasmlari.
Faoliyatning borishi:

  1. Katta-kichik binolar rasmlarini tomosha qilish.

  2. Sonli kartochkalarni ko'rish va ularni nechchi sonigacha ekanligi xaqidlagi ma'lumotni olish.

  3. Xarita asosida ish boshlash.

  4. Ketma-ketlikda binoni qurish.

  5. Tayyor bo'lgan binoni ko'zdan kechirish va taxlil qilish.

  6. Xaritadagi namunaga taqqoslash.

Qo'shimcha: Boshqa mavzularda xaritalar taqdim etish va xarita asosida bo'sh vaqtlarda qurish-yasash faoliyati bilan shug'ullanishni taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: E'tiborchanligiga, berilgan vazifani ko'rsatma asosida bajarilishiga.


Til va nutq.
Mavzu:“Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” suratlari va xayoti bilan tanishish..
Maqsad: Buyu sarakrdalarni taniydi, ular xaqidagi bilimlarga ega, tarixdan qisqa ma'lumotlarga ega, “Xarbiy yurish” iborasini biladi va nutqida sarkarda, sovut, kamon-yoy, xanjar kabi yangi so'zlar bilan boyiydi.
Kerakli jixozlar:“Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” portreti, mavzu asosida rasmlar, DVD disklar, tarixdagi yurishlar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” portretini tomosha qilish.

  2. Mavjud mavzu asosidagi rasmlarni tomosha qilish.

  3. DVD orqali namoish etilayotgan lavxalarni kuzatish.

  4. Barcha ma'lumotlarni jamlash va taxlil qilish.

  5. Tarixiy yurishlarda foydalanilgan qurol-aslaxalar tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.

  6. Mavzu asosida o'zaro do'stlari bilan suxbat.

Qo'shimcha: “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”larning avlodlari bilan tanishtirish va xikoyalar o'qib berish.
Aloxida e'tibor qaratiladi: Tarixga bo'lgan qiziqishi, bolada Vatanga nisbatan mehr tuyg'usi uyg'onishi, mardlik va jasurlik xislatlarini shakllanishi.


San'at markazi.
Mavzu: Applikasiya «Dadam va buvam uchun bo'yinbog' yasaymiz».
Maqsad: Sovg'a berishdan maqsadi bo'ladi, oila a'zolari, do'stlariga yaxshi kayfiyat ulashadi, ularga xursandchilikni tilaydi, ijodiy qobilyatlari rivojlanadi.
Kerakli jihozlar: Oq qog'oz, rangli qog'oz, yelim, qaychi, namuna, rangli qalamlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Namuna va turli xildagi galstuklarni tomosha qilish.

  2. Bo'yinbog' yasash texnalogiyasi bilan tayyor sxemada tanishish.

  3. Kerakli jixozlarni olish va qurollanish.

  4. Ijodiy ish.

  5. Qo'shimcha jixozlar bilan bezatish.

Qo'shima qism: tarbiyalanuvchilarga xaqiqiy galstukni taqib qo'yishni taklif qilish.
Aloxida e'tibor qaratiladi:Boladagi ijodkorlik qobilyatlarining shakllanishi va ularda sovg'a berish, sovg'a olish madaniyatining shakllanishi.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish