50-Mavzu: Onalar bayrami.
Maqsad: Bolajonlarni so’z boyligini oshirish,so’zlarni to’gri talaffuz kilishga o’rgatish,ona eng aziz inson ekanligini tushuntirish.Ular farzandni dunyoga keltirishlarini,umr buyi farzand deb yashab o’tishlarini o’qtirish.Onalar gapirganda «Labbay»,»Xo’p bo’ladi» deyish,ularga xar doim salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlariga quloq solish,ularni xurmat bilan o’rnidan turib kutib olishga urgatish.
E`tiborga molik jihati : Onalarni suxbatini bulmaslik,kilayotgan ishlariga kumaklashish,ularga uy turidan joy berish,kullariga suv kuyish,sochik tutish,yullarini kesib utmaslik,ruxsatsiz uzok joylarga ketmaslik, ularga yolgon gapirmaslik lozimligini tushunadi
Kerakli jixozlar; Mavzuga oid sur’atlar,videorolik.
Faoliyatning borishi.
Tarbiyachi onalar bayrami “ Ona muqaddas “ mavzusida videorolik bilan faoliyatni boshlaydi
Bolalar; baxor faslida 8-mart «Onajonlar bayrami»,21-mart «Navruz» bayramini nishonlaymiz.
Tarbiyachi ; Tugri bolajonlar,bu bayramlar bizning eng sevimli va milliy bayramlarimiz xisoblanadi.Bugun biz sizlar bilan 8-mart «Onajonlar bayrami» xakida suxbatlashamiz.Bolajonlar biz onajonlarimizni yaxshi kuramizmi?
Bolalar; Xa juda yaxshi kuramiz.
Tarbiyachi; Bolajonlar biz albatta onajonlarimizni, bizni yorug dunyoga keltirib,ok yuvib ok taragan,uz umrini farzandlariga baxshida etib,kechalari allalar aytib,tunlarni bedor utkazgan munis zotlarni xar kancha sevsak ,ardoklasak xam kam.Ularni bizning uchun aytgan allari juda xam yokimli.
Bola; Yokimli shirin biram
Onajonim allasi,
Dilga baxsh etar orom
Onajonim allasi.
Uxla uxla bolam der,
Sen suyangan togim der
Gulga tuldir bogim der
Tarbiyachi: Xush, bolajonlar, endi bir kuli bilan dunyoni,bir kuli bilan beshikni tebratgan mexribonlarimiz xakida nimalar deymiz?
Bolalar ; Ona aziz, ona ulug.
_______Onalar bir qo’li bilan beshikni, ikkinchi qo’li bilan dunyoni tebratadi.
_______Ona kuyosh ularning mexr tafti xech kachon sovimaydi.
_______Onaning achchik so’zi, farzandning aql ko’zini ochadi
_______Dunyo tor bulganda xam onaning bagri keng.
_______Ona bilan bola gul bilan lola.
_______Bolaning barmog’i og’risa onaning yuragi achishadi.
Tetiklantiruvchi mashk; Barmoqlar yordamida «Oila» mashki.
Tarbiyachi; Bosh barmog’im dadam,
Bolalar; Kursatkich barmog’im onam.
Urta barmoq akam
Kichik barmoq opam
Jimjilog’im men,bu mening oilam
Tarbiyachi; Bolajonlar biz onajonlarimizga doimo yordamchi bulishimiz kerak. Ular gapirganda»Labbay», «Xup buladi» deyish, ularga salom berishni kanda kilmaslik,nasixatlariga kulok solishimiz,ular kelganda urnimizdan turib karshi olishimiz kerakligini unutmaylik.
Bola; Suzlari bol durdona
Mexnatda eng mardona
Olam ichra yagona
Sizsiz ,ey aziz ona!
Tarbiyachi;Bolajonlar onalarimiz biz uchun eng aziz mexribon inson. Barchangiz onalaringizni sog’-omon bulishini istasangiz kerak tug’rimi?
Bola; Ona xayot osmonida
Yoirqin kuyosh bulib charaqlar.
Farzand uchun kerak bo’lsa u
Xatto chog’ni kaftida saqlar.
Bormi bu dunyoda onadan aziz
Ona bilan xar bir xonadon aziz.
Tarbiyachi; Bolajonlar sizlar biron joyga borishda onajonlaringizdan beruxsat bormasligingiz, yolgon suzlamasligingiz lozimdir.Birir joyga ruxsatsiz ketsak onajonlarimiz xavotirga tushadi,bizni kidiradi,onalarning yuragi bezovtalanadi. Shuning uchun xam ulardan biron joyga borish uchun ruxsat surab borish kerak
Xozir men sizlarga Salimjon degan bolaning onasiga kanday yolgon suzlaganligi xakidagi video rolikni kursatib beraman.Bolalarga videorolik asosida savollar berish.
1.Bolajonlar Salimjon tugri ish kildimi?
2.Onasiga nima deb yolgon gapirdi?
3.Salimjon nima uchun yolgon gapirdi?
4.Onasi Salimjonni yolgon suzlaganini kanday bilib koldi?
5.Onasi nima uchun Salimjonga sinik xurozkand berdi?
6.Agar sizlar Salimjonni urnida bulganingizda nima kilgan ular edingiz?
Mana bolajonlar onalarimizga yolgon suzlashlik bizni doim uyaltirib kuyadi.
Biz odobli vat ugri suz bulsak ota-onamizga doim raxmat olib kelamiz.
O’yin. «Yaxshi va yomon odatlar» uyini.
Boshlovchi: Ona koptokni bolalarga uzatib «Yaxshi odatlar» deydi
Bolalar ; Koptokni onaga uzatib ona mexribon,ona aziz,ularni xurmat kilish,labbay,xup buladi deb suzlarini kaytarmaslik.
Boshlovchi; Ona koptokni bolalarga uzatib «Yomon odatlar» deydi.
Bolalar;Suziga kulok solmaslik, beruxsat kuchaga chikish, tupolon kilish, uy ishlprida yordam bermaslik,yolgon suzlash,gap kaytarish.
Mana bolajonlar biz ota-onalarimizni doim xurmat kilib odobli ,mexribon,tugri suz bulsak ularga raxmat olib beramiz.
Bolalarni ragbatlantirish.
Kelinglar bolalar «Onajonim» ashulasini kuylab olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |