53-Mavzu:Navro’z bayrami
Maqsad : Navro`z bahor bayrami haqida umumiy ma`lumotlar berish dunyoqarashini kengaytirish , kichkintoylarning suhbatda faol ishtirok etish,tinglash ,o`rtoqlarining javobini bo`lmaslik ,bir-biriga o`zaro hurmat hissini tarbiyalash ;
E`tiborga molik jihati : Milliy qadryatlarimiz ,urf odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi, fikrlash qobilyati rivojlanadi.
Kerakli jihoz va mareriallar : Rasm plakatlar ,Multimediyali dastur ,
Faoliyatning borishi :Tarbiyachi : Bolajonlar , fasllar kelinchagi bo`lmish bahor fasli ham kirib keldi. Bahor fasli uning ob-havosi haqida kim menga aytib beradi .Bahorda havo ochiq, musaffo ,iliq ,quyoshli va yomg`irli bo`ladi . Yomg`ir yog`ib atrof muhitni yam -yashil maysalar-u gullarga burkaydi .Tabiat uyg`onadi .Daraxtlar kurtak yozib gullaydi.
Tarbiyachi :Bahor faslida birinchi bo`lib qaysi daraxt gullaydi ? Bolalar: albatta bodom daraxti .aziz bolajonlar Bahor fasli o`zining salqinligi ,shirin tarovati va go`zalligi bilan boshqa fasllardan ajralib turadi .Aziz bolajonlar kelinglar fasllarni bir yodga olamiz .
Bolalar :1)Bahor ,2)yoz,3)kuz, 4)qish.
Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz ? Albatta bahorning ilk kunlaridayoq “ 8-mart xalqaro hotin -qizlar “ ayollar bayramini nishonlaymiz . Bu bayramda barcha Buvijonlarimiz ,onalarimiz ,opalarimiz va singillarimizni o`z mehrimiz bilan ularni tabriklaymiz .
Yana shunday ulug` bayramlardan biri Navro`z bahor bayramidir .Bu bayramni sevmaydigon,orzuaqib kutmaydigon inson bo`lmasa kerak .Hammamiz ushbu bayramni yaxshi ko`ramiz, sababi bu bayram .Navroz yangi kun yangilanish ,tug`ilish bayramidir Navro`z bayrami o`zbekistonliklarni milliy bayramidir unda bizning milliy qadryatlarimiz aks etadi . Navro`zda barcha o`z yaqinlarini bayram bilan qutlaydi .Doshqozonlarda sumalaklar pishiriladi turli ko`k chuchvara ,ko`k somsalar tayyorlanadi . adrlarda turli sayllar boshlanadi, yigit qizlar bobo-buvijonlarimiz yangi kunga yetib keldik deb yaxshi niyatda turli milliy ta`omlarimizni tayyorlaydilar , barcha yaxshi kayfiyatda bayramni nishonlaydi . O`tganlarni hotirlab ular esga olinadi . Xalqning manbai bo`lgan Navro`z bayrami keng ko`tarinki ruhda nishonlanadi . Qizaloqlarimiz milliy matolarimiz bo`lgan atlas-u adraslarimizdan turli kiyimlar kiyib olib bayramni nishonlaydilar ,yigitlarimiz esa turli bahorgi o`yinlar jumladan Uloq ,Eshak quvdi ,to`p uloqtir , Berkinmachoq ,Marraga yet Varrak uchirish ,Kim oladiyo shuginaniyo o`yini ,Oq terakmi ko`k terak o`yinlarini o`ynab dam oladilar .
Tarbiyachi : bolajonlar biz ham milliy o`yinlarimizdan biri” Varrak uchirish” o`yinini o`ynaymiz .Buning uchun bizga ip turli rangli varraklar kerak bo`ladi . Bolajonlar varrak uchirish musoboqasini o`tkazamiz ,buning uchun og`il bolalarimiz avvaldan tayyorgarlik ko`rishgan .Bolalar varrakni tayyorlaguncha men sizlarga Navro`z haqida sher aytib beraman .
Qizlar gulli ro`mol o`rar
O`zlarini qilib ko`z-ko`z ,
Zamin yangi ko`ylak kiyar
Kelsa Navro`z ,Kelsa Navro`z ,
Navro`z yil boshi
Navro`z yangi kun
Navro`z bu bahor .
Yigitlar varraklarni uchirish musoboqasini boshlashadi .Eng g`olib uzoqqa varragini uchirgan bola rag`batlantiriladi .
Tarbiyachi: Kelilar bolajonlar endi sizlarni bayram dasturhoniga taklif etamiz .Bolajonlar qareng shirin hid tarayotgan nima ekan desam ,bu bahor taomi sumalak ekan .Sumalak shirin ekan .Bolajonlar tatib ko`radilar .Dasturhonda bahor taomlaridan ko`k chuchvara ,ko`k somsa va turli pishiriqlar mavjud .Bolajonlar bahor taomlari sizlarga yoqtimi ? endi siz bilan bahorda o`ynaladigan o`yinlardan “Kim oladiyo shuginaniyo “ o`yinini o`ynaymiz .Qizlar bilan esa maysalardan soch yasaymiz .
Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar beriladi :
-Bolajonlar, Navro`z qanday bayram ekan ?
-Navro`zni qachon nishonlaymiz ?
-Navro`zda qandy o`yinlar o`ynaladi ?
- Nvro`zda qanday taomlar tayyorlanadi ? savollarga javob olgach mashg`ulot yakunlanadi ..
Do'stlaringiz bilan baham: |