1. Lavozim vazifalari:
–
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik va boshqarma buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida bo‘lim mudiri va bosh hisobchi tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini
to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–
bo‘lim hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli
foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish masalalari hamda buxgalteriya
xizmati faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok
etish, uni bo‘limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash;
–
xalq xo‘jalik rejasini ishlab chiqish, budjet mablag‘larini rejalashtirish, tasarrufidagi
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash va ularning sarflanishini
nazorat qilish;
–
boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab
chiqish, ularni moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
–
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va statistik hisobotlarini qabul
qilish, tahlil qilish hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya organlari va tegishli
tashkilotlarga taqdim etish;
–
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga markazlashgan holda ajratiladigan
mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish;
–
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, pedagogik
stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doir me’yoriy hujjatlarning ta’lim tashkilotlariga to‘liq
yetib borishini ta’minlash, mazkur masalalar haqida tushuntirish ishlari o‘tkazish, yuzaga
kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
–
iqtisodiy hisob–kitob tayyorlash, bolalar, xodimlar kontingentining o‘zgarishi
bo‘yicha istiqbolli rejalar tuzish;
–
bo‘lim hay’at kengashiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
tashkilotlar kesimida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarifikatsiya
jadvallarini to‘g‘ri tuzilganligini nazorat qilish;
–
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘larni topish,
xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga amaliy yordam berish, topilgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda
maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: