Lavozim vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazilishini ta’minlash;
–chekka hududlarda maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning ro‘yxatini shakllantirish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan ishlash, hujjatlarni tayyorlashda metodik yordam ko‘rsatish;
–oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga yakka tartibdagi tadbirkorlik bo‘yicha ruxsatnomalar olishda o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning sherikchilikning qaysi turi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etishlari bo‘yicha takliflarini o‘rganish hamda ma’lumotlarni umumlashtirish;
–xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini bitimdagi amal qilish muddatiga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini to‘liq nazorat qilish va ta’lim-tarbiya jarayoni va metodik faoliyatni tashkil etishda amaliy metodik yordam ko‘rsatish;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib borish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari hamda davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishga oid seminar, targ‘ibot-tashviqot boshqa tadbirlarni tashkil etish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maktabgacha ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normalari asosida faoliyat yuritishini o‘rganib borish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi tashkil etilgan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zarur mebel jihozlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalardan samarali foydalanilishini o‘rganib borish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bo‘limga kelgan hujjatlar bilan ishlash, ularning ijrosini muddatida bajarish va nazoratdan olinishini ta’minlash;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirib va shu yo‘nalish bo‘yicha qilingan murojaat va takliflarni o‘rganib chiqish, fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni hal etish choralarini ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |