Malaka talablari:
–maktabgacha ta’lim, psixologiya yoki pedagogika yo‘nalishlari (turdosh yo‘nalishni tamomlaganlar uchun maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo‘nalishida qayta tayyorlov kurslarida o‘qish sharti bilan) bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo‘lmagan ish staji
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganda pedagogik ish staji talab etilmaydi.
§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Davlat- xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
831
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
|
1219
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
–boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, o‘ziga biriktirilgan hudud tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, boshqarma rahbariyati va vazirlikka taqdim etib borish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va nazoratini olib borish;
–vazirlikning hamda boshqarmaning tegishli bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan hududiy moliya boshqarmasi, iqtisodiyot boshqarmasi, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
–chekka hududlarda maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
–maktabgacha ta’limda bolalar qamrovini oshirishni amalga oshirish;
–hududdagi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning ro‘yxatini shakllantirish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan ishlash, hujjatlarni tayyorlashda metodik yordam ko‘rsatish;
–oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga yakka tartibdagi tadbirkorlik bo‘yicha ruxsatnomalar olishda o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning sherikchilikning qaysi turi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etishlari bo‘yicha takliflarini o‘rganish, ularni davlat sherigi bilan bitim tuzishida ko‘maklashish;
–xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini bitimdagi amal qilish muddatiga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini to‘liq nazorat qilish va ta’lim-tarbiya jarayoni va metodik faoliyatni tashkil etishda amaliy metodik yordam ko‘rsatish;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari hamda davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishga oid seminarlar, tashqviqot-targ‘ibot va boshqa tadbirlarni tashkil etish;-
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maktabgacha ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normalari asosida faoliyat yuritishini nazorat qilish;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat byudjetidan ajratilgan subsidiyalardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bo‘limga kelgan hujjatlarning ijrosini ta’minlash;
–davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirgan va shu yo‘nalish bo‘yicha qilingan murojaat va takliflarni o‘rganib chiqish, fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni hal etish choralarini ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |