113 -§. Direktor o‘rinbosari- bosh muhandis lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
529
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
1120
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 23 fevraldagi 26-sonli buyrug‘i va Kompaniya Nizomiga asosan o‘z faoliyatini olib borish;
–kompaniyaning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limlar lavozimlariga tavsiya qilingan nomzodlar, xodimlarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
–loyihalash ishlari bo‘yicha texnik ko‘rsatkichlarni yig‘ish, loyiha Institutlari uchun zarur bo‘lgan birlamchi hujjatlarni tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi, investitsiya dasturiga kiritilgan barcha oby’ektlarni qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida ishchi loyihalar asosida bajarilishini nazorat qilib borish;
–loyiha qidiruv ishlari sifatini yaxshilash, qurilishga ilg‘or metodlarni zamonaviy qurilish texnikalari, qurilish materiallari va jihozlar, shuningdek energiyani tejash uslublarini joriy qilish, qurilish ishlari rentabelligini oshirish, qurilish muddatini qisqartirish, bajarilayotgan qurilish ishlari sifatini oshirishni nazorat qilish;
–hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha oby’ektlarni o‘z muddatlarida va sifatli foydalanishga topshirish, yillik va kelgusi yillar rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
–qurilish ob’ektlaridagi texnik nazoratchilar ustidan va qurilishda ishlatilayotgan materiallar, jihozlar sifati ustidan nazorat olib borish;
–kompaniyaning normativ-huquqiy hujjatlari, rejalar va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilishda, shuningdek ularning sohaga tegishli qismini ijro etishda rahbarlik o‘rnatish;
–oby’ektlarda ishlab chiqarish grafiklarga asosan qurilish ishlarini bajarilishi, ularning rejada ko‘rsatilgan qismlarini foydalanishga topshirilishini ta’minlashni, texnik ish yuritish hujjatlarini, pudratchi tashkilotlarning bajarayotgan ishlarini qurilish me’yoriy normalariga mos kelishligini nazorat qiladi hamda qurilish ishlarini yetarli daraja tashkil qila olmagan pudrat tashkilotlarini Qonunda belgilangan hujjatlar asosida almashtiradi va salohiyatli pudratchilarni tayinlash;
–bosh muhandis texnik xodimlarning malakalarini oshirish ishlariga rahbarlik qilish, kompaniya faoliyati yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini rahbariyatga berib borish;
–kompaniya filiallarini mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida xizmat safarlarini amalga oshirish va ularga amaliy yordam bergan holda ularning faoliyatiga baho berib borish;
–Injiniring kompaniyasi tegishli bo‘lim xodimlarining malakalarini oshirish ishlariga rahbarlik qilish;
–Injiniring kompaniyasi faoliyatiga doir hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli boshqarmalariga o‘zi rahbarlik qilayotgan Kompaniya bo‘limlari tomonidan taqdim etilishini nazorat qilib borish;
–muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib borish;
–kompaniya nizomida, o‘zining lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi, shuningdek kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi
–jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini tashkillashtirish va shaxsan qabul qilish. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (ariza, shikoyat, taklif)ni qonunda belgilangan tartibda ham muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |