Lavozim vazifalari:
–o‘quv rejalarida belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
–tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, malaka (bitiruv) ishlari, shuningdek mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
–o‘ziga biriktirilgan dars mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishni ta’minlash;
–institut ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish;
–tinglovchilar bilimini xolis va odilona baholash, ularning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
–kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda
tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
–o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlariga xulosalar berish, boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
–iqtidorli tinglovchilar bilan ishlash, ularni tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, tinglovchilarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
–katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ta’lim, fan va ishlab chiqarishga joriy etish;
–tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
–pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda ko‘maklashish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
–ta’limi tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ- huquqiy hujjatlarni;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;
–darslarni tahlil qilish va professor-o‘qituvchilarga amaliy yordam berish shakllarini;
–kafedra va biriktirilgan o‘quv xonalarini zamonaviy talablarga binoan jihozlashga metodik yordam berishni;
–ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarini, innovatsion va interfaol usullarni qo‘llashni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |