§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi buxgalteri (1-toifali) lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
227
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
|
1231
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish masalalari hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va takliflar kiritish, bajarilishini ta’minlash;
–byudjet mablag‘larini rejalashtirish, tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash va ularni sarflanishini nazorat qilish;
–tuman (shahar) bo‘limlarining moliyaviy va statistik hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish, hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya organlari, va tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
–tuman (shahar) bo‘limlaridan ta’lim tashkilotlariga markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish;
–tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, pedagogik stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doir me’yoriy hujjatlarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘liq yetib borishini ta’minlash, mazkur masalalar haqida tushuntirish ishlari o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
–tuman(shahar) bo‘limlari kesimida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarifikatsiya jadvallarini to‘g‘ri tuzilganligini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘larni topish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislariga amaliy yordam berish, topilgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda maqsadli va samarali sarflanilishini nazorat qilish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |