O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

5-ilova 
Uzoq vaqt ko'rishmagan do'stlar to'satdan uchrashib qolishadi. Bu kutilmagan 
quvonchdan har ikkisining ham qo'1oyog'i bo'shashib, bir muddat qimir etmay 
qolishadi. 
Ruhshunoslikda buni imkoniyatdan tashqaridagi chegara deyiladi. Biz yuqorida 
ko'rib o'tgan voqeada haddan tashqari taranglikdan so'ng birdan «holdan toyish» 
manzarasi namoyon bo'ladi. 
Yana boshqa bir holat. 
-
Men bilan ketasanmi? so'raydi birinchisi. 
-
Ikkinchisi javob 
berish 
o'rniga 
bezrayib 
qotib 
qoladi. 
Bunday holat shu daqiqagacha kutilgan taklifdan biroz esan kirab, na «yo'q» va na 
«ha» deb javob berishga hayron bo'lib turgan kishining holatidir. Xuddi shu holatni 
yana boshqa bir ko'rinishini olaylik. 
Deylik, kishiga o'ta muhim bo'lgan xabar yetkazishdi. 
Ammo u dabdurustdan kelgan xabardan esankirab, hech bir munosabat biidira 
olmay qotib qoladi. Bu ham inson tafakkurida kechadigan ruhiy jarayonning bir 
ko'rinishidir. Shuning uchun bu ko'rinishni 
ayol idrokli munosabat 
deyishimiz 
mumkin. Har xil sharoitda inson voqelikka turlicha munosabat biidirishi mumkin. 
Shuning uchun rejissor har bir repetitsiyadan so'ng bajarilgan ishlarni birmabir tahlil 
qilib o'tar ekan, aktyorlarning voqelikka nisbatan munosabat bildirishida to'g'ri va 
noto'g'ri bajarilgan amallarni ko'rsatib o'tishi muhim ahamiyatga ega. 


143
Tinish belgilari qo'yilmay yozilgan xatni o'qish qanchalik mushkul ekanligini 
tushuntirib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak. 
Agar xatning boshdan oyog'igacha undov belgilari qo'yib tashlangan bo'lsa, 
chigallik yana ham ko'payadi. 
Har bir mizansahnani so'zlardan tashkil topgan jumla deb oladigan bo'lsak, 
uning turli tinish belgilari bo'lishi kerak. Badiiy adabiyotda nuqtani eng 
sermazmun 
belgi deb hisoblanadi. 
Ammo sahnaning o'z nuqtasi bo'lib, parda yopilishi yoki chiroq o'chishi oldidan 
harakat bilan ifoda etiladigan mizansahna mazkur vazifani o'taydi. 
Xuddi musiqaning tugallanishi oldidan baland pardalarning qattiq jaranglashi kabi 
sahnadagi voqealar yakuniga qo'yiladigan nuqta ham tomoshabinning xotirasidan 
darhol o'chib ketmasligi,, kerak. Shuning uchun bunday yakunlovchi mizansahnalar 
nihoyatda chuqur o'ylangan bo'lib, qunt bilan ishlanishi va tomoshabin uchun 
kutilmagan hodisa tarzda qabul qilinishi zarur. 
Nuqta 
mazmun va muhitning yakuniy belgisi bo'lishi bilan birgalikda yangidan 
boshlanajak sahna, voqea uchun bog'lovchi hisoblanib, hodisa yoki voqeani aks 
ettiruvchi mizansahnani birbiri bilan bog'lashga xizmat qiladi. 
Endi 
vergul 
belgisi xususida ham birikki og'iz so'z. Sahna talaffuzida nuqta 
ovozning pasayishi bilan bildirilsa, vergul ovozni balandlatish orqali bildiriladi. 
Mizansahna qurishda ham shunday ifoda etiladi. Masalan, sahnada bir voqeadan 
ikkinchisiga o'tish lozim bo'lsa va birinchi sahnaga nuqta qo'yilsa, harakat sokinlik 
bilan tugaydi. Xuddi shu sahnani tugallanmaganligini, hali voqealar o'z yechimini 
topmaganligini bildirmoqchi bo'lsak, vergul belgisi orqali sahna harakati o'sib 
borishi natijasida ikkinchi sahnaga o'tiladi. Shunga qaramay katta vergul voqea 
intihosini ham bildiradi. 
Agar voqealar o'rtasiga ikki nuqta qo'ysak, fikr hali yakunlanmaganligini, 
voqelar davomida tushuntirish bo'lishligini bildiradi. Ayniqsa, komediya janridagi 
spektakllarda bu usuldan foydalanish yaxshi taassurot qoldiradi. 
Undov belgisi voqealar rivojining shiddatini bildiradi. 


144
Lekin bu shiddat aktyorning ovozi hisobiga bo'lmasligi kerak. Aks holda, baqiroq 
sahna bo'lib qoladi. 
Ayniqsa, sahnada ro'y berayotgan hodisa va voqeadan hayratlanganda, qattiq 
ta'sirlanganda, ajablanganda, go'yo «bo'lishi mumkin emas», «nahotki», «voy 
tavba», «vo ajabo» kabi iboralarni o'rnida ishlatishlik ta'sirchan va sahnaviy 
haqiqatga mos tushadi. 
Shuningdek, ayrish belgisi o'ta ta'sirchan belgidir. 
Bunday mizansahnalarda rejissor va aktyor voqealar oqimini bir soniya to'xtatib 
qo'yganday, ikkilanib qolganday tushuncha hosil bo'ladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish