Shaxsning shakllanish va
rivojlanishining omillari
Ta’lim -tarbiya
O’z shaxsining
faolligi
Irsiyat
Atrof-mihit
106
jismoniy ko‘rinishi hamda aqliy va ruhiy xususiyatlari, qobiliyatlari bilan) berilgan
xos tug‘ma tashqi va ichki xususiyatlar, xatto ayrim kasalliklar bilan dunyoga keladi.
Tug‘ilgandan so‘ng bolada (aqliy va ruhiy sog‘lom tug‘ilgan bo‘lsa) shaxs bo‘lib
shakllanishi, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola
o‘zining biologik belgilarni qabul qilib olib, birinchi kunlaridayoq aqliy, ruhiy va
jismoniy-fiziologik tomonlari bilan o‘sishini boshlaydi. Genetika fani odam
rivojlanishining irsiy dasturini ochib berdi. Bu dasturga binoan odam bo‘lish
umumiyligi va xususiyligini, insoniyat qabilasi davomiyligini va odam organizmiga
yordam berayotgan tizimlarning rivojlanishini, faqat odamga mansub nutq, to‘g‘ri
yurish, mehnat faoliyati va tafakkurini, miya va tana tabiiy o‘sishini aniqlaydi, Ota-
onalardan bolaga tashqi alomatlari, jumladan, badan, bosh suyagi va yuz
tuzilmasining xususiyatlari, soch, ko‘z, teri ranglari, organizmdagi har xil oqsil modda
birikmasi, qon guruhi, rezus-faktor hamda ruhiy jarayonlarini olib o‘tadigan nerv
tizimining xususiyatlari va bir necha kasalliklar ( qon kasalligi - gemofiliya, qand
kasalligi - diabet, pakanalik va h.k.) o‘tadi .Avlodiga ota-onaning fan, san'at, sport
bilan shug‘ullanish, ko‘p kitob o‘qish, musiqa chalish, teatr sahnasida o‘ynash,
o‘qituvchilik va murabbiylik qilish ijobiy ta'assurot qoldiradi. Zero, aksinchasi, shular
bilan shug‘ulanmaslik hamda ota-onaning alkogol va giyohvand moddalarni iste'mol
qilish, yuqumli va venerologik kasalliklarga uchratish, tamaki chakish, umumiysi -
ma'naviysizlik va sog‘lomsizlik turmush tarzini kechirish keyingi nasliga salbiy
ta'asurot qoldirmoqda. Mutaxassis-o‘qituvchi o‘quvchi bola shakllanishining irsiy
masalalariga to‘g‘ri yondashishi hozirgi zamon pedagogikasi talab qiladi. Bolaning
tug‘ma bo‘lgan temperamenti, aqliy salohiyati, biron ishga layoqatligi, bilimlarni
o‘rganish va malakalarni amalga oshirish tezligi, tushunish saviyasi va o‘zlashtirish
darajasini birinchi kunlaridayoq tekshirib hamda bilib olishi shart. Bu organizm
xususiyatlari har bir odamning gen kodida belgilangan. Masalan, bolaning ta'lim-
tarbiyasiga temperament turi (sangvinnik, xolerik, flegmatik, melanxolik), uning
mobil (faollik, chaqqonlik, tezlik, uyushqoqlik) yoki rigidligi (aksinchalari),
ekstravertligi (dilkashlik, fe'lining epchilligi, moslashmoqligi) yoki introvertligi
(aksinchalari hamda kamtarlik, o‘zini yetarli darajada xis qiladigan) asabi mustahkam
yoki mustahkam emasligi katta ahamiyat kasb etadi.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |