О‘zbekiston respublikasi madaniyat



Download 0,85 Mb.
bet45/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Menejment ingl. management” sо‘zidan olingan bо‘lib, “boshqaruv, rahbarlik, ma’muriyat, direksiya, boshqarish, egalik qilish va tasarruf etish




37Karimov I.A. Ilm-u fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin. О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi umumiy yig‘ilishida sо‘zlangan nutq. 1994 yil 7 iyul: Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – Toshkent: 1996. 2-tom. – B. 261.
qobiliyati”ni anglatadi. Menejment hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqish, yaratish, tashkillashtirish, rejalashtirish, samarali foydalanish yoki boshqarish, nazorat qilish tizimi sifatida ta’riflanadi.
Madaniyat muassasalarini boshqarish ham menejment bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha menejment nazariyasi boshqaruv nazariyasidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
-boshqaruv faoliyatiga marketingni joriy etish (madaniyat va san’at muassasasi xizmatlariga bо‘lgan talablarni о‘rganish);
-har bir madaniyat va san’at tashkiloti xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojni shakllantirish uchun aholiga faol ta’sir kо‘rsatish;

  • boshqaruv faoliyatini faqat ishonch, hurmat, e’tibor, xodimlarning mehnat qobiliyatlariga xolis baho berishni hisobga olish;

-boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish tizimiga о‘tish;
Shuni alohida ta’kidlash kerakki:
– madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish;

  • madaniyat tizimini qonuniy himoya qiladigan “Madaniyat tо‘g‘risidagi qonun”yaratish;

-san’at bozorida milliy san’at asarlarini targ‘ib etadigan madaniyat va san’atga doir adabiyotlar targ‘iboti;
-xorij tajribasidan keng foydalanish- bularning barchasi madaniyat menejmentiga xizmat qiladigan komponentlardir.
Menejmentga konkret boshqaruvchilik say-harakatlari majmui sifatida qaralsa, uning mazmuni quyidagicha talqin etilishi mumkin. Menejment formal tashkilotlar faoliyatini uyushtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik ijtimoiy faoliyat turi,ushbu faoliyat sohasida erishilgan yuksak malaka , mahorat, hech shubhasiz, san’at darajasidagi yutuq sifatida e’tirof etilishi mumkin. Menejment san’at turi sifatida talqin etilsada, bu sohada yuksak mahoratga ega bо‘lmoqlik uchun mazkur faoliyat turiga asos bо‘lguvchi konseptual g‘oyalar,
nazariy prinsiplarni puxta о‘zlashtirish va ish uslubiyatini amaliy jihatdan doimiy ravishda takomillashtirish zarur.
Konseptual malakalar – tashkilotni bir butun deb, ayni paytda uning qismlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqalarni aniq ajratgan holda tasavvur etadigan insonning kognitiv (bilim orttirish) qobiliyatidir. Shunday malakalar qatoriga menejerning fikrlashi, uning kelib tushayotgan axborotlarni idrok eta bilishi va rejalashtirish qobiliyati kiradi. Menejer madaniyat va san’at muassasalaridagi har bir bо‘limning jamiyatdagi rolini, madaniyat va san’at sohalaridagi о‘rnini va uning jamiyatdagi hamda ancha keng amaliyot va ijtimoiy doiradagi rolini aniq tasavvur qilishi kerak38.
Bu boshqa xil narsalardan tashqari strategik fikr yuritishni, ya’ni madaniyat muassasasining uzoq muddatga mо‘ljallangan kelajagini chamalash qobiliyatini ham nazarda tutadi. Konseptual malakalar hamma menejerlarga zarur, ammo ular madaniyat va san’at muassasasining oliy darajadagi rahbarlari uchun alohida ahamiyatga ega. Ular paydo bо‘ladigan har bir holatning mazmunini tez ilg‘ab, muhim omillarni ajratib, voqeaning keyingi rivojini oldindan kо‘ra bilishlari kerak.
Menejer muassasa iyerarxiyasining yuqori pog‘onasiga tomon kо‘tarilishiga qarab, u о‘zining konseptual malakalarini rivojlantirishga kо‘proq e’tibor berishi kerak. Aks holda uning “piramida” chо‘qqisi tomon yо‘li chо‘qqining quyi ostonasida tugab qolishi mumkin. Masalan, rahbar tashkilotning rivojlanish strategiyasi tо‘g‘risida о‘ylamay, texnik muammolarga boshi bilan shо‘ng‘ib ketsa, unga rahbarlik qilish vazifasi topshirganda uddasidan chiqolmasligi mumkin. Chunki oliy darajadagi menejerlarning qaror qabul qilish, resurslarni taqsimlash, о‘zgartirishlarni amalga oshirish kabi vazifalari keng nuqtai nazarni – fikr- mulohazlarni talab qiladi.
Menejmentning ilm sohasi deb e’tirof etilishi behuda emas. Bunday nuqtai nazarni paydo bо‘lishiga boshqaruvchilik amaliyoti jiddiy ta’sir kо‘rsatadi.


38Назмутдинов В.Я., Яруллин И.Ф. Управленческая деятельность и менеджмент в системе культура личности. – Казань., 2013. – 360 с
Menejment sohasida tо‘plangan boy tajriba umumlashtirilib, alohida predmet uchun asos qilib olinadi.
Sohaning о‘ziga xos muammolari , ularning yechimini izlash metodologiyasi mavjud. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida tо‘plangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab, turli xil konsepsiyalar, nazariy g‘oyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment X1X asrga kelib shakllana boshlagan.
Menejment fanining qator vazifalari boshqa predmetlar bilan uyg‘unlikda ish olib borishga asos bо‘lib xizmat qiladi :

  • boshqaruvchilik faoliyatining mazmuni va tabiatini izohlab berish;

  • boshqaruvchilik sohasida rо‘y beradigan voqealar, holatlar, aloqa va munosabatlar о‘rtasida sabab-oqibat munosabatlarining о‘rnatilishini izohlab berish;

  • tashkilotdagi xodimlarning umumiy mehnat faoliyati ham foydali, ham samarali bо‘lmog‘i uchun muhim sanalgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlash;

  • joriy faoliyatni о‘z vaqtida,о‘rinli boshqarishga erishish;

  • voqealar rivojini oldindan kо‘ra bilish va shunga kо‘ra tashkilot faoliyatining strategiyasi hamda siyosatini ishlab chiqish39.

Xullas, madaniyat va san’at menejeri birinchi navbatda madaniyat va san’at janrlarini professonal darajada bilishida ahamiyat kasb etadi. Menejer bu sohada tadbirkor bо‘lishi bilan birga xо‘jalik boshqaruvining shunday mexanizmini yaratish kerakki, u har bir madaniyat hodimi manfaatdorlik bilan mehnat qilsin, yetishtirilgan “ijodiy mahsulot”ga mustaqil egalikni barqaror qilsin.
Biroq tajriba shuni kо‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at sohasi menejerlari moliya-xо‘jalik bilimlarini yaxshi о‘zlashtirmaganlari boissan’at bozorining mavjud qonuniyatlaridan chо‘chib turadilar.Bu boradagi izlanishlar, hisob-kitob


39 Rо‘zmetov A. Bozor sharoitida madaniyat // Iqtisodiyot va hayot jurnali. №2. 1998. – B. 62.
ishlari, marketing, kreditlar ajratilishi masalalari menejerlar puxta о‘zlashtirishlari shart bо‘lgan bozor talablaridir.
Butun dunyoni egallab borayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlari barcha sohalar kabi madaniyat muassasalariga jiddiy ta’sir о‘tkazmasdan qolmadi. Bu jihatlar sohada yangi islohotlar, yangi о‘zgarishlar ochilishiga imkon yaratdi.
Ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda madaniyatni boshqarish muammosi borasida turfa qarashlar mavjud, ushbu qarashlar zamirida madaniyatni boshqarish badiiy ne’matlarni ishlab chiqish, taqsimlash ,о‘zlashtirish ustidan davlat nazorati funksiyalariga alohida urg‘u beriladi, boshqalari badiiy ijod va badiiy ne’matlarni о‘zlashtirishda asosiy mas’uliyatni boshqarish muassasalari zimmasiga tushishini e’tirof etadi, uchinchi bir mulohazaga kо‘ra davlat tomonidan badiiy madaniyatni boshqarish faqat tarbiyaviy funksiyalar bilan chegaralanishi lozim deb ta’rif beriladi. Bozor iqtisodiyotini mustahkamlashning garovi sifatida sotsiomadaniy sohada marketingni qо‘llash oqibatida innovatsion jarayonlar yuz bermoqda, yangi madaniyat muassasalar, ya’ni oilaviy muzeylar, oilaviy badiiy ijodkorlik dastalari, teatr-studiyalar, xususiy kolleksionerlik fondlari va numizmatlar, rasmli galereyalar, madaniy hordiq chiqarishning ijara zonalari, bibliografik, nashriyot, tarjimonlik, sayyohlik va madaniy sog‘lomlashtirish xizmatlari tarkib topib bormoqda. Shou-biznesning tijorat sohalari reklama tayyorlash, musiqiy texnikaviy vositalar sotish shakllandi. Audiokasseta, SD-disklar, audiya va video yozish, ishlab chiqarish va sotish bilan xususiy firmalar paydo bо‘ldi40.
Ma’lumki, madaniyat muassasalari davlat tomonidan qonunlashtirilgan muayyan strategik vazifalarni ado etadi, bu tashkilotlar sifatida xalq bilan ishlash, xalq badiiy-ijodkorlik iste’dodi, qо‘shiqchilik, raqs, aktyorlik, badiiy о‘qish kabi qobiliyatlarni rо‘yobga chiqarish, bо‘sh vaqtni mazmundor о‘tkazish kabi ishlarni amalga oshiradi, xalqning yangicha ruh, g‘oyalar bilan sug‘orilgan ilg‘or an’analarini davom ettirishga da’vat qilinadi.


40Муллажонов Д. Узбекская музыкальная эстрада в системе шоу-бизнеса // Общественное мнение.
Права человека. 2003. № 2. – С. 38.
Bu jihatdan madaniyatshunos Viktor Alimasovning ilmiy izlanishlarida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatida marketing xizmatidan foydalanish yuzasidan muhim amaliy tavsiyalar о‘rin olgan. Olimning fikricha, bu jarayonning muhim tomoni shundaki, marketing sharoitida muassasalarni moddiy ta’minlash manbalari о‘zgarib turadi, faoliyat hajmi esa konkret mablag‘ bilan ta’minlashni talab qiladi. Bu muammolarni ijobiy hal etish muassasalar tashabbuskorligi va ijodiy faoliyat sohasini kengaytiradi, tadbirkorlikka yо‘l ochadi. Viktor Alimasov tomonidan tahlil etilgan Toshkent shahridagi ishbilarmon ayollar klubi, kompyuter о‘yinlari markazi faoliyati41 buning yorqin isbotidir.
Marketing xizmati sharoitida badiiy faoliyatni ixtisoslashtirish muhim rol о‘ynaydi. Bu narsa badiiy ijodkorlikning oilaviy jamoalari orasida an’ana tusini olgan. Respublikada faqat musiqa cholg‘ulari bilan shug‘ullanuvchi guruh, dastalar kо‘pchilikni tashkil etadi, ularning ijodiy faoliyati tufayli unutilib ketayotgan qadamiy musiqa cholg‘ular qayta tiklanmoqda.
Hozirgi zamon sharoitida badiiy madaniyatni boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida menejment tilga olinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, menejment tushunchasini boshqarish tushunchasi bilan tenglashtirish mumkin42.
Badiiy madaniyatda dastavval menejment davlat boshqaruvidan ajratildi, menejmentlik badiiy qadriyatlar yaratuvchilar bilan ularni о‘zlashtiruvchilar о‘rtasida vositachilik funksiyasini bajara boshladi. Natijada badiiy kо‘rgazma, festival, kо‘rik tanlovlar va boshqa madaniy tadbirlarni amalga oshiradigan firmalar yuzaga keldi. Shu bilan birga, menejment foyda olish maqsadida badiiy ne’matlarishlab chiqarish sohasiga ham kirib keldi. Ular madaniyat va san’at muassasalari faoliyatiga nazoratchilik ta’sirini о‘tkaza boshladi.
Bozor iqtisodiyotining qator kо‘rinishlaridan biri- intellektual mulk bozoridir, bu bozor aqliy mehnat mahsulotlarini ayirboshlashga asoslanib faoliyat kо‘rsatadi. Bunda tovarning maxsus kо‘rinishi sifatida ilmiy g‘oyalar, texnik


41Alimasov V.A. Osobennosti razvitiya kulturno-prosvetitelskix uchrejdeniy v usloviyax perexoda Uzbekistana k rinochnim otnosheniyam. Avtoreferat. Dis… d-ra filos. Nauk. – T.: UzMU, 2001. – S. 26.
42Sharifxо‘jayev M., Abdullayev YO. Menejment. Darslik. – T.: О‘qituvchi, 2001. – B. 5.
kashfiyotlar, san’at asarlari, yangiliklar oldi-sotdisi bо‘yicha sotuvchilar bilan xaridorlar о‘rtasida о‘zaro munosabat paydo bо‘ladi.
Madaniyat sohasida ijtimoiy institutlar faoliyati mazmuni, yо‘nalishlarini belgilovchi badiiy qadriyatlar va badiiy ehtiyojlar -bu tizim strukturaviy elementlarini tashkil qiladi. Badiiy qadriyatlar san’at asarlari, shuningdek, badiiy axborotlardan iborat bо‘lsa, badiiy ehtiyojlar nafaqat bevosita san’atdan ta’sirlanish, nafaqat badiiy qadriyatlarni yaratish, idrok etishdan qoniqish, shu bilan birga, san’at orqali jamiyat, ijtimoiy qatlam, alohida shaxslarning qondiriladigan ehtiyojlaridan ham tashkil topadi.
Jahon tajribasidan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida madaniyat va san’at sohasini tashkil etish va boshqarish borasida yangi innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bundan buyon ham qiyosiy tahlil qilinadigan masalalardir.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish