Tayanch sо‘z va iboralar
Boshqaruv nazariyasi, ta’limot, tuzuklar, tamoyil, namoyanda, rahbar, qobiliyat, fazilat, tashabbuskorlik, maqsad, donolik, jasurlik, chidamlilik, mо‘tadillik, ma’rifat, adolat, kasbiy malaka.Xorijiy model, “teylorizm” tushunchasi,inson munosabatlari maktabi, rahbar fazilatlari, Fayolta’limoti, kommunikativlik, fikr uzatish, rahbarlik uslublari.
Nazorat uchun savollar
Boshqaruvning ilmiy maktablari haqida nimalarni bilasiz?
Boshqaruvning yapon, nemis, xitoy, shved modellarini ta’riflang.
Inson munosabatlari maktabi namoyandalari kimlar?
Boshqaruvda Teylor va Fayol tamoyillarini bilasizmi?
Boshqaruvning nemis modelidan nimalarni о‘rganish mumkin?
Boshqaruvning yapon tajribasining afzalliklari nimada kо‘rinadi?
Nemis modelidan nima о‘rganish mumkin?
Xitoy modelidan boshqaruv faoliyatining qaysi jihatlarida foydalanish mumkin?
Anri Fayol, Mekso tajribalarini ta’riflab bering.
Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxati
1.Nazarov Q.Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya).Toshkent, 2004. 2.Nazarov Q.G‘arb falsafasi.Togshkent,Sharq, 2004.
SotsiologiY. EnsiklopediY. Sost. A.Gritsanov, V.Abushenko, F.Yevelkin, G.Sokolova, O.Tarasenko. – Minsk: Knijniy dom, 2003.
Meskon A., Albert M., Xedouri F. Osnovi menedjmenta. – Moskva: Izd-stvo “Delo”, 2004. 5.Meskon A., Albert M., Xedouri F. Osnovi menedjmenta. – Moskva: Izd-stvo “Delo”, 2004.
BOSHQARUV VA MENEJMENT
R E J A
1.Boshqaruvning obyekti va subyekti. 2.Menejment va boshqaruv tamoyillari. 3.Boshqaruv usullari.
Darsning maqsadi: talabalarga boshqaruv obyekti, menejment va boshqaruv tamoyillari, boshqaruv usullari, xarakteri, tashkiliy-ma’muriy, iqtisodiy, ijtimoiy- ruhiy usullari haqida ma’lumotlar berish.
Boshqaruv tushunchasi uzoq tarixiy taraqqiyotga ega bо‘lib, insoniyat sivilizatsiyasining muhim jarayonlaridan biridir.Insoniyatning paydo bо‘lganidan hozirgi davrgacha rivojlanish-bilim va tajribalarga asoslanish, har xil tashkiliy jarayonlarni yuzaga kelishi, yashash sharoitining rivojlanishi, asta-sekinlik bilan axborot almashish, texnikaviy sur’atlarning rivojlanishi natijasida “Boshqaruv fani”ning vujudga kelishiga ehtiyoj sezildi. Yuqorida keltirib о‘tganimizdek, boshqaruv amerikalik muhandis, boshqaruv fanining nazariy asoschilaridan biri F.Teylor ta’biri bilan aytganda “Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati”dir.
Boshqaruv ijtimoiy munosabatlarning alohida turi hamdir. Jamiyat takomili darajasi esa boshqaruv takomili darajasi kо‘rsatkichi hisoblanadi. Boshqaruv – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyatdir, u eng kam vosita (vaqt, kuch va zahiralar) sarflab, eng yuqori natijaga erishish bо‘yicha aniq maqsadli, rejali va ongli ravishda tashkil etilgan hamda nazorat talab qiladigan aniq faoliyatdir33
Inson va jamoaga maqsadli ta’sir kо‘rsatish, muayyan axborotga asoslanish va mavjud strategiya yoki dasturga muvofiq faoliyat kо‘rsatish- boshqaruvning asosini tashkil etsa, madaniyat va san’at sohasida bu jarayon sog‘lom raqobat, ijodiy muhitni yaratishdan iborat bо‘ladi, sababi ijod kishilari yaratuvchilar, yangi ijod namunalarining rang-barangligi, о‘ziga xosligini amalda isbot qiluvchilardir.
Boshqaruvning subyekti va obyekti ikki xil tushuncha va ikki xil vazifani bajaradi.
33 Холбеков А. Бошqарув соsиологияси. – Тошкент: Академия, 2007,153 б.
Har ikkala tushunchaning mazmun-ma’nosi о‘zgarsa yoki mohiyati noaniq bо‘lsa boshqaruv jarayonlari ham о‘z mohiyatini yо‘qotadi.
Har qanday sohada ham boshqaruvning ma’lum maqsadi va maqsad sari yо‘naltirilgan vazifalari mavjud.
Xо‘sh, maqsad va vazifa nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |