O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq fani Reja



Download 132,5 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi132,5 Kb.
#21555

Aim.uz

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq fani
Reja:


  1. Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha

  2. O’zbekiston Respublikaschi Konstitutsiyasi – mustaqillik qomusi

  3. Konstitutsiya tushunchasi

  4. Konstitutsiyaning paydo bo’lish tarixi va jahon konstitusiyalari

  5. Konstitutsiyaning asosiy belgilari

  6. Konstitutsiyaning vazifasi

  7. Konstitutsiyaning yuridik funksiyasi

  8. Konstitutsiya kvalifikaciyasi va turlari

  9. Konstitutsiya huquqining tizimi

  10. Konstitutsiyaviy huquq fanining yuridik fanlar tizimidagi o’rni.

  11. Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari


Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha
Huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xilma - xilligi ko’plab huquqiy normalarning mavjud bo’lishi va amal qilinishini taqozo etadi. Ularni o’rganish bilan turli sohadagi yuridik fanlar shuqullanadi, ularning har biri ma`lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarning alohida guruhini o’rganadi.

Konstitutsiyaviy huquq fani huquqshunoslikning muhim tarmoqi bo’lib, uning asosiy vazifasi konstitusiyaviy huquq sohasini o’rganishdan iborat. Konstitutsiyaviy huquq fani huquqning shu tarmoqiga xos rivojlanish qonuniyatlarini, uning xususiyatlari, belgilari, normalari va institut bilan munosabatini o’rganadi.

Konstitutsiyaviy huquq - muayyan bir davlatning huquqiy normalar tizimi bo’lib, usha davlatda fuqarolarning jamiyat va davlat oldidagi huquqiy xolatini, jamiyat boshqaruvi asoslarini, davlat organlari va jamoat birlashmalarining mamlakatdagi huquqiy maqomini belgilab beradi.

Konstitutsiyaviy huquq fani konstitusiyaviy huquq institutlarining O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini rivojlanitirishdagi, ijtimoiy kafolatlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi amaliy vazifalarni, huquqning bu tarmoqiga kiradigan huquqiy normalar va institularning faoliyat samaradorligini oshirishga doir muammolarni tadqiq etadi. Bu fan konstitusiyaviy huquqning huquqiy normalarini va institutlarinigina o’rganib qolmasdan, ushbu konstitusiyaviy huquq normalarini tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning, ya`ni konstitusiyaviy huquq mohiyatini va xususiyatini o’rganadi.



Ma`lumki yuridik fanning har bir sohasi jamiyatning ma`lum bir davlat - huquqiy tuzilishini o’rganadi.

Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlash, davlatchilikni rivojlantirish, adolatli tashqi siyosat olib borish, O’zbekistonni dunyoda buyuk davlat darajasiga ko’tarish, respublikada huquqiy demokratik davlat barpo etish, adolatli jamiyat qurish, konstitusiyaviy huquq normalari va huquqiy institutlarni takomillashtirishga doir muammolarni tadqiq etish, jamiyatda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni o’rganish va buning natijasida respublika qonunlarini rivojlantirish uchun zarur takliflarni tayyorlashdan iborat.

O’zbekiston Respublikasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish bilan boqliq ijtimoiy munosabatlarni rivolantirishga, davlat mustaqilligini huquqiy ta`minlashga, huquq va erkinliklarni amalga oshirishga faol ta`sir ko’rsatish konstitusiyaviy qonunchilik va konstitusiyaviy huquq fanining muhim vazifasidir1.

Fanning vazifalariga, shuningdek, konstitusiyaviy huquqning asosiy manbai bo’lgan konstitusiyani, konstitusiya to’qrisidagi ta`limotlarni, O’zbekiston konstitusiyaviy rivojlanishining asosiy bosqichlarini, ularning asosiy mazmuni va xususiyatlarini o’rganish kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Kanstituciyasi – mustaqillik qomusi
«Mustaqillik xalqimizning tarixiy yutuqidir. Yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O’zbekiston, chinakam mustaqillikni Qo’lga kiritib gullab yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o’rinni egallashi – biz ko’zlagan oliy maqsaddir» 2. Mustaqillik bu:

- tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam. Chunki tenglik bo’lmagan joyda kim kimgadir tobe bo’ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o’zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo’ladi.

- Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasida ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umuminsoniy mezonlar asosida yashash demakdir.

- Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan boqliq bo’lgan istiqbol haqida o’ylash.

- Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib ishlash salohiyatidir.

- Mustaqillik – mustamlakachilikning har qanday shaklini taqozo etadigan to’siqlar va zo’ravonliklarni inkor etadi.


Mustaqillik – jahon taraqqiyotining ilqor tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan, umuminsoniy mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir.


O’zbekistonda davlat mustaqilligi e`lon qilinganligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishni taqozo etgan ikkinchi omil bo’ldi. O’zbekiston hududida ilgari amal qilib kelgan barcha konstitusiyalar (Turkiston ASSRning 1918 va 1920 yillardagi Konstitutsiyalari, O’zbekiston SSRning 1927,1937,1978 yillardagi Konstutciyalari) o’z xalqi va hududini erkin va demokratik asosda boshqaradigan mustaqil, egalik davlat konstitusiyalari emas edi.

Respublika o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach tabiiy ravishda, shu davlat mustaqilligini Konstitutsiya asosida mustahkamlab qo’yish muammosi butun bo’y basti va kuchi bilan ko’ndalang bo’ldi. Konstitutsiyada yangi davlatning tabiati, uning ichki va tashqi siyosati tamoyillari, inson huquqlariga, davlat suverenligiga, demokratiyaning va ijtimoiy adolatning oliy maqsadlariga sodiqligi mustahkamlanib qo’yilmoqi lozim edi. Konstitutsiya O’zbek davlatchiligi rivojlanish tarixida tajribani hisobga olishi, xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan normalari ustuvorligiga tayanishi, fuqarolar uchun munosib hayotni ta`minlashga asos bo’lishi, barqaror madaniy bozor iqtisodiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati bunyod etishi kerak edi. Respublikaning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish zarurligi to’qrisidagi qoya XII chaqiriq Oliy Kengashning 1990 yil martida bo’lib o’tgan birinchi sessiyasidayoq yangragan edi. Konstitutsiya ustida olib boriladigan ish princip jihatidan mutlaqo yangi, mohiyati e`tibori bilan mustaqil davlatning dastlabki konstitusiyasi ustida ishlashga aylanib ketishini kamdan-kam kishi xayoliga keltirgan edi.

Oliy Kengashning 1990 yil iyun` oyida bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasi Respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tashkil etdi. Komissiya tarkibiga viloyatlar va Koraqalpoqiston Respublikasi rahbarlari, davlat va jamoat arboblari, olimlar va xalq xo’jaligi mutaxassislari kirdi. Oliy Kengashning 10-sessiyasida Konstitutsiya komissiyasi qisman yangilandi.

Konstitutsiya komissiyasi Raisining topshiriqi bo’yicha 1991 yilning boshida Konstitutsiya koncepsiyasi ustida ish boshlandi. Respublika fanlar akademiyasi falsafa va huquq institutining koncepciyasi siyosatshunoslik va boshqaruv instituti koncepciyasi hamda prezident devoni yuridik bo’limi tayyorlagan koncepciya. Ichki guruh majlisida uchinchi koncepciya asos uchun qabul qilindi. Qolgan ikki guruh koncepciyasining diqqatga sazovor qoyalari bilan boyitilib, umumlashtirilgan puxta yagona qoyaviy asos shakliga keltirildi.

Konstitutsiya komissiyasi 1991 yil aprelda bevosita Konstitutsiya loyihasi ustida ishlay boshladi. 12 aprelda I.A.Karimovning boshchiligida Konstitutsiya komissiyasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik sohasidagi butun ishni markazlashtirib turish maqsadida Konstitutsiya komissiyasi a`zolari hamda taniqli olimlar va mutaxassislar qatnashgan 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi.

Konstitutsiya komissiyasining raisi avval boshidanoq ishchi guruhi oldiga aniq vazifa qo’ydi: jahon tajribasi o’rganilsin, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlari hisobga olinsin, million-million kishilar diliga yaqin hamda ularga tushunarli bo’lgan siyosiy va yuridik hujjat yaratilsin. Konstitutsiya komissiyasi raisi komissiya ishining dastlabki kunlaridan to Konstitutsiya qabul qilingunga qadar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasini tayyorlash ishiga bevosita rahbarlik qilib turdi.

Loyihaning 158ta moddadan iborat dastlabki varianti 1991 yil oktyabr`-noyabrgacha tayyorlab bo’lindi.

Loyihaning ikkinchi ishchi varianti 149ta moddadan iborat bo’ldi. Respublika Prezidenti matnni ko’rib chiqdi. hu tariqa Konstitutsiya komissiyasining nigohidan o’tgach, loyiha lo’nda va ifodali bo’la bordi.

Uchinchi variant 137ta moddani tashkil qildi. Konstitutsiya matnidagi so’zlaru harflar yangicha kuch, vazn va ma`no kasb etdi. Matbuotda e`lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat bilan o’rganib chiqildi. U endi 127ta moddaga keltirilgan edi. Konstitutsiya komissiyasining qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e`lon qilindi. Muhokama jarayonida, masalan, «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» degan bo’lim bo’yicha 1978 taklif va mulohaza tushgan, 25-modda bo’yicha 165 taklifdan 22 tasi, 28-modda bo’yicha 105 taklifdan 16 tasi, 40-modda bo’yicha 140 taklifdan 13 tasi inobatga olingan.

Muhokama davomida uning asosiy bo’limlari, boblari, moddalari va qoidalari umumxalq sinoviga dosh bera oldi.

Konstitutsiya komissiyasiga kelgan fikrlar, takliflar va mulohazalarni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirish uchun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor matbuotda e`lon qilindi.

Respublika Oliy Kengashi muhokamasiga qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasiga hammasi bo’lib 80 ga yaqin o’zgarish, qo’shimcha va aniqliklar kiritildiki, ularning ayrimlari principal muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiya yangi mustaqil demokratik suveren O’zbekiston davlatining birinchi Konstitutsiyasi bo’ldi.
Konstitutsiya tushunchasi
Konstitutsiya so’zining luqaviy ma`nosi - Cohstitutio – lotincha so’z bo’lib, «o’rnatish», «tuzish», «nizom», «belgilash» degan ma`nolarini bildiradi. Qadimgi Rimda konstitusiya imperator akti hisoblangan va qonun kuchiga ega bo’lgan.

«Konstitutsiya» atamasi o’zining uzoq tarixiga egadir. Masalan, qadim zamonlarda «Konstitutsiya» so’zi, siyosiy tuzum ma`nosini bildirgan. XVII asrda Franciyada bu so’z bilan rentani, renta shartnomasini ifodalashgan. So’ng yana uning qadimgi yunoncha ma`nosiga qaytishgan va bu atama bilan huquq tomonidan belgilab beriladigan davlat tuzilishini ifodalay boshlaganlar. Buyuk francuz inqilobi arafasida «konstitusiya» atamasi bilan «davlatning holati»ni aks ettira boshlaganlar. Konstitutsiya asosiy qonun hisoblanib o’z ichiga davlatning ijtimoiy, siyosiy tuzumi qonunlarning asosiy yo’nalishlarini aniq tizimda begilaydi.

«Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo’lini yoritib turuvchi mayoqdir».

Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro’-e`tibori uning konstitusiyasi hisoblanadi. Zotan konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusdir, degan Prezidentimiz.

Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o’rtasida o’ziga xos ijtimoiy shartnoma maqomiga ega.
Konstitutsiyaning paydo bo’lish tarixi va jahon konstitusiyalari
«Konstitutsiya» atamasi o’zining uzoq tarixiga ega. Masalan, qadimgi davrlarda konstitusiya so’zi siyosiy tuzumni bildirgan. Yunoncha ma`nosiga ko’ra esa, huquq bilan belgilanadigan davlat tuzilishini ifodalagan. XIV- XV asrlarda esa markaziy xalqlarida davlatning holatiga xal qiluvchi ta`sir o’tkazgan Amir Temurning tuzuklari hariat bilan bir qatorda amal qilgan harq madaniyatiga xos alohida shakldagi konstitusiyaviy hujjat bo’lgan.

Huquqshunos olimlar A.Saidov va U.Tojixonovlar konstitusiyalarni 2 guruhga bo’ladi:



  1. bugungi kundagi konstitusiyalardan keskin farq qiladigan sharoitlarda qabul qilingan konstitusiyalar. Bularga 1787 yilgi AQh. 1831 yilgi Bel`giya, 1874 yilgi hveycariya konstitusiyalari misol bo’la oladi;

  1. XX asrning ikkinchi yarmida qabul qilingan Yangi avlod konstitusiyalari.

20- yillar boshida harq mamlakatlari (Turkiya, Eron, Misr, Afq’oniston) davlat mustaqilligining shakllanish jarayoni Evropaning konstitusiyaviy shakllari, barcha e`tirof etgan huquqiy qadriyatlar hamda fuqarolik huquqiy me`yorlari rivojlangan majmuaga an`anaviy musulmon huquqini uyqunlashtirishga harakat qilgan konstitusiyaviy qurilish tipini vudujga keltirdi. Undan keyin konstitusiyaviy qurilishda aralash ya`ni Britaniya-francuz yondashuvi vujudga keldi.

huningdek, Afrikaning Sahroyi Kabirdagi davlatlar, hamda Markaziy va harqiy Evropa mamlakatlarida konstitusiyaviy islohotlar davrini vujudga keltirdilar.

Bugungi kunda juda ko’p davlatlarda har tomonlama rivojlangan konstitusiyalar vudujga keldi va kelmoqda. Jahon davlatlarining konstitusiyalarini IIV Akademiyasi tomonidan tuzilgan va chop etilayotgan «Konstitucii Mira» nomli to’plamidan foydalanib o’rganish mumkin. 1-6-tomlarida 45 ta davlatning konstitusiyalari berilgan. Bu davlatlarning konstitusiyalari o’rganib chiqilsa, u davlatlar haqida to’liq ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.

Masalan, Avstriya Konstitutsiyasi - Federal Konstitutsiyaviy qonun deb ataladi. (1920y, 10 noyabrda qabul qilingan).

Davlat boshliqi - federal Prezident.

Davlat boshqaruvi - respublika.

Davlat tuzilishi - federativ.

Siyosiy tartibi - demokratik.

Qonun chiqaruvchi hokimiyati - Parlament (milliy palata 183 ta deputat va federal palata 63 ta deputatdan iborat).

Ijro etuvchi hokimiyati - federal Prezident va federal xukumat.

Siyosiy partiyalari: «Avstraliya Xalq partiyasi»; «Avstraliya Ozodlik partiyasi»; «Avstraliya social-demokratik partiyasi»; «Muqobil yashil».

Ozarbayjon Kostituciyasi (1995y, 12 noyabrda qabul qilingan, 1995y 27 noyabrda kuchga kirgan).

Davlat boshliqi - Prezident.

Davlat boshqaruvi - respublika.

Davlat tuzilishi - unitar.

Siyosiy tartibi - demokratik.

Qonun chiqaruvchi hokimiyati - Milliy Majlis.

Ijro etuvchi hokimiyati - Ministrlar Kabineti.

Siyosiy partiyalari: «Ozarbayjon Xalq fronti»; «Milliy Mustaqil partiyasi»; «Ozarbayjon sosial demokratik partiyasi»; «Musavat»; «Ishonch yo’li partiyasi»; «Ozarbayjon Xalq partiyasi»; «Ozarbayjon dehqon partiyasi».

Konstitutsiya – oliy yuridik kuchga ega bo’lgan, vakolat berilgan, organlar tomonidan berilgan tartibda, yoxud xalq referendumi orqali qabul qilingan, eng barqaror va muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlatning asosiy qonuni.

Konstitutsiya quyidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi:



  1. Inson huquqlari va erkinliklari;

  2. Davlat tuzilishi;

  3. Davlat hokimiyatining tashkil topishi (strukturasi, davlat organlarining shakllanish tartibi va ular orasida vakolatlarning taqsimlanishi);

  4. Milliy xususiyatlarga qaratilgan konstitusiyaviy nazoratni talab etuvchi muhim ijtimoiy munosabatlar va ma`lum davlatning an`analari.

Konstitutsiya asosiy belgilari, asosiy vazifalari va yuridik xususiyatlari orqali to’liqroq tavsiflanadi.
Konstitutsiyaning asosiy belgilari
Konstitutsiya belgilari konstitusiyaning yuridik hujjat sifatida jamiyat bilan aloqasini va uning umumta`sirchanligida namoyon bo’ladi.

Quyidagilar konstitusiyaning asosiy belgilaridir:



  1. Ta`sis etish xarakteri;

  2. Milliyligi;

  3. Amaliyligi;

  4. Barqarorligi;

Konstitutsiyaning ta`sis etish xarakteri shundaki, u butun ijtimoiy munosabatlarni emas, balki muhimroq va amalda ko’proq uchraydigan munosabatlarni tartibga soladi, shu bilan birga umumlashtiruvchi xarakterga ega.

Konstitutsiya kichik hajmda va normalar miqdori kam bo’lib, u davlat va jamiyat qurilishining eng asosiylarini qamrab olishi kerak.

Konstitutsiyada yoritilmagan boshqa ijtimoiy munosabatlar konstitusiyaga asoslanib chiqarilgan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarda tartibga solinadi.

Konstitutsiyaning milliyligi:

Birinchidan, u xalqning ruhiyati va intilishlariga javob beruvchi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi;

Ikkinchidan, xalq manfaatidan kelib chiqish va bevosita yoki o’z vakillari orqali xalq tomonidan qabul qilinishi;

Konstitutsiyaning amaliyligi jamiyat hayotida doim aks etishi tushuniladi. Aks holda konstitusiya formal bir hujjatga aylanadiki, jamiyatda hech qanday obro’ e`tiborga ega bo’lmaydi, shunga ko’ra unga amal qilinmaydi ham.

Konstitutsiya uzoq muddatga mo’ljallangan hujjat bo’lganligi sababli, barqarorlik uning muhim jihatidir. U ma`lum muddatda amaldagi tartibga ko’ra qat`iylikni ta`minlab berishi kerak, uni tez va hozirjavoblik bilan o’zgartirish mumkin emas.

Lekin konstitusiyani bir marta tuzib va o’zgartirishga moyil bo’lmaydigan umrbod hujjat sifatida qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaslik kerak. Ma`lumki, hayot tobora rivojlanib, jamiyat o’zgarib boradi. Agar konstitusiyaga mos keluvchi o’zgartirishlar kiritilmas ekan, u jamiyat taraqqiyotidan qolib ketib, o’z faolligini yo’qotadi.

Masalan, hozir SSSRning 1936 yildagi konstitusiyasida socializm to’la qalaba qozondi, er, suv davlat mulki, xususiy mulkning yo’qligi degan tushunchalar bugungi kunga mutlaq yod nazariya.

Belgiya o’zining 1831 yildagi konstitusiyasini «umrbod» konstitusiyaga aylantirmoqchi bo’ldi, lekin buning uddasidan chiqa olmadi. Bunga sabab mulkiy muammoning kelib chiqishi va federaciyaga bo’lgan ehtiyoj 1831 yildagi konstitusiyani amalda bo’lishiga to’sqinlik qildi. hunga ko’ra 1994 yilda butunlay yangidan konstitusiya qabul qilindi.

Evropa konstitusiyalari ichida eng qadimiysi bo’lgan 1874 yildagi hveycariya konstitusiyasi o’z davrining eng zamonaviy va barcha talablarga javob beradigan konstitusiya hisoblangan, hozirgi kunda esa anarxizm qoyasidek tuyuladi.

Hattoki, o’zgartirishlar bilan AQhning 1787 yilgi huquqiy me`yoriy konstitusiyasiga ko’proq o’xshab ketadi.

huning uchun konstitusiyalarning barqarorligi va vaqti-vaqti bilan bo’ladigan o’zgartirishlarning me`yorini saqlash kerak.
Konstitutsiya vazifalari
Konstitutsiya vazifalari bu uning qabul qilinishining turli ko’rinishlari, jamiyat va davlat hayotida aks etishi va ta`siridir.

Konstitutsiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Ta`sis etuvchi;

  2. Tashkiliy;

  3. Tashqi siyosiy;

  4. Ma`naviy;

  5. Yuridik;

Ta`sis etuvchi funkciya, Konstitutsiyaning amaldagi ijtimoiy tartiblarni tasdiqlash yoki konstitusiyaning yordamisiz mustahkamlana olmaydigan, jamiyatda etilgan yangi ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishi uchun zamin yaratishda namoyon bo’ladi.

Konstitutsiyaning bu funkciyasi to’liqligicha ham siyosiy sohada (masalan, yangi boshqaruv shaklini, ya`ni monarxiya o’rniga respublika joriy qilish va boshqalar), ham davlatning alohida institutlarida (1 palatalik parlament o’rniga 2 palatalikka o’tish, yangi mansablarni joriy etish, masalan, Rossiyada 1993 yilda alohida o’rin egallangan) amalda bo’lishi mumkin.

Konstitutsiyaning tashkiliy funkciyasi, jamiyatdagi umummajburiy jarayonlarni mustahkamlashda namoyon bo’ladi. Konstitutsiya jamiyatning butun hayotini aniq yo’nalishga soladi, unga aniqlik kiritadi va boshqaruv mohiyatiga ega. bo’ladi

Konstitutsiyaning tashqi siyosiy funkciyasi, quyidagilarda namoyon bo’ladi:

Birinchidan, konstitusiya tashqi siyosat yo’nalishini shakllantiradi;

Ikkinchidan, xorijiy mamlakatlarning jamiyati va davlati haqida ma`lumotlar manbai bo’lib xizmat qiladi.

Ma`naviy funkciyada, konstitusiya asosiy dunyoqarashni shakllantirish omili ekanligi bilan ifodalanadi. Masalan, dunyodagi 1-konstitusiyalar (AQh, Pol`sha, Franciya)da inson huquq va erkinliklari, davlatning demokratik tuzumi mustahkamlangan. Socialistik davlatlarning konstitusiyalari jamiyatda socialistik qadriyatlarni shakllantirishga intiladi. Zamonaviy islom konstitusiyalari esa o’z fuqarolariga islomiy dunyoqarash qadriyatlarini uqtiradi.


Konstitutsiyaning yuridik funksiyasi
Kostituciyalarga xos quyidagi funkciyalar mavjud:

  • Birinchidan-jamiyatdagi butun tartibot ishlarining asosi bo’lib qoladi;

  • Ikkinchidan-bevosita huquq va majburiyatlarni o’rnatadi;

  • Uchinchidan - qolgan barcha me`yoriy huquqiy aktlarning poydevori bo’lib xizmat qiladi.

Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlari, u davlatning asosiy qonuni ekanligiga ishora qiladi.

Quyidagi xususiyatlardan asosiylarini ajratib olish mumkin:



  • Davlatning asosiy qonuni;

  • Oliy yuridik kuchga ega;

  • Amaldagi qonunchilikning asosi;

  • Uning qabul qilinishi va o’zgartirilishining alohida tartibi.

Konstitutsiya bu referendum, xalq yoki oliy qonun chiqaruvchi va davlat vakillik organlari tomonidan qabul qilinadigan umummajburiy huquqiy me`yoriy akt (qonun)dir. Bu akt jamiyat va davlat hayotining asosiy masalalarini mustahkamlaydi. Doimiy va ko’p qo’llanilishga mo’ljallangan bo’lib, davlatning obro’-e`tibori (avtoriteti) va majburlov kuchiga suyanadi.

Odatda konstitusiya yagona me`yoriy huquqiy hujjat bo’lib, u o’zining mazmun-mohiyati va roliga ko’ra davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Bu asosiy qonun oliy yuridik kuchga ega bo’lganligi sababli, boshqa qonunchilik hujjatlari uning me`yorlariga zid bo’lishi mumkin emas va uning yuridik ustunligi ham aynan shunda.

Dunyo amaliyotida konstitucion qonunlar degan tushuncha mavjud.

Ushbu qonunlar konstitusiya kabi jamiyat va davlat hayotidagi muhim masalalarni tartibga soluvchi va konstitusiyaning o’ziga xos davomchisidir.

Biz konstitusiyani amaldagi qonunchilik asosi deya olamiz, chunki uning sharoitida barcha mamlakatlarning qonunchilik tizimi rivojlanadi va undan «unib chiqadi». Yangi konstitusiyaning qabul qilinishi, qonunchilik tizimini yangilanib borishiga olib keladi.

Konstitutsiyaning boshqa qonunchilik hujjatlariga nisbatan barqaror va oliy yuridik kuchga ega bo’lishi uchun uning qabul qilinish jarayonini oddiy qonunlarning qabul qilinish jarayonidan murakkabroq tartibda bo’lishi kerak.

Konstitutsiyaning qabul qilinishining quyidagi usullari mavjud:


  • Parlament tomonidan;

  • Xalq yoxud referendum tomonidan;

  • Maxsus ta`sis majlisi tomonidan;

  • Taqdim etish orqali.

Parlament tomonidan qabul qilish bu eng ko’p, keng tarqalgan va tabiiy usuldir. Odatda parlament a`zolarining 2,3 qismi qatnashgandagina vakolatli hisoblanadi (ayrim hollarda 2,4, 3,5).

Ko’pincha konstitusiyani qabul qilishda ikkita voutm usuli ishlatiladi (dvoynoy votum). Bu - Konstitutsiya yoki unga o’zgartirishlarni ikki ovozda qabul qilinishini bildiradi. Uni sodda va murakkab ikki votum usuliga ajratiladi:

Sodda ikki votum-bu, bir sessiya tarkibida yoki bir qonun ta`sis etuvchi parlament tarkibida ikki ovoz berishni amalga oshirishdir.

Masalan, Ukrainaning 1996 yildagi konstitusiyasi o’zgartirishlar kiritish uchun bir sessiya tarkibida mutloq ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinib, keyinchalik qolgan sessiyalar davomida vakolatli ovoz (2-3 ovoz) bilan tasdiqlanadi.

Murakkab ikki votum bu birinchi berilgan ovozni parlamentning bir tarkibi, keyingilarini esa boshqa tarkib amalga oshirishi tushuniladi.

Yuqoridagi tartib hveycariyada mavjud. Bir qator mamlakatlarda (Belgiya, Gollandiya, Ispaniya) konstitusiyasining qabul qilinishi yoki unga qat`iy o’zgartirishlar kiritish uchun parlament alohida saylanadi, keyin yangi tartibda konstitusiyani qabul qiladi. Ma`lumki, AQh, GFR tartibiga binoan, konstitusiya (unga o’zgartirishlar) nafaqat davlatning parlamenti tomonidan, balki federaciya sub`ektlarining parlamentlari tomonidan ham qabul qilinadi (ratifikaciya yo’li bilan).

Ikkinchi keng tarqalgan usul – bu referendumda qabul qilinishidir. Ayrim mamlakatlar mavjudki (masalan, Ruminiya), ularda har ikki usul ham qo’llaniladi: konstitusiya birinchi parlament tomonidan qabul qilinib, so’ng referendumda tasdiqlanadi.

Maxsus ta`sis majlis bu konstitusiyani qabul qiluvchi uchun alohida organdir. Odatda unda endigina tashkil topgan mamlakatlarning yangi konstitusiyasi (AQh ning 1787 yildagi konstitusiyasi, GFR ning 1949 yildagi konstitusiyasi) yoki o’z jamiyat qurilishini va davlat boshqaruvini tubdan almashtirgan mamlakatlarning (Italiya, 1947 y) konstitusiyasini qabul qiladi.

Taqdim etish usuli bu yakka hukmdor yoki boshqa davlat boshliqi tomonidan konstitusiyaning in`om etilishidir.
Konstitutsiya klassifikasiyasi va turlari
Turli asoslarga ko’ra konstitusiya quyidagilarga bo’linadi:


  • Kodekslashtirilgan va kodekslashtirilmagan;

  • Tirik va o’lik;

  • Huquqiy (yuridik) va daliliy;

  • Haqiqiy va soxta;

  • egiluvchan va qat`iy.

Zamonaviy ko’pgina konstitusiyalar kodekslashtirilgan shaklda qabul qilinadi. Bu degani konstitusiya, qoidaga binoan yagona, tizimlashtirilgan va mantiqiy mohiyatga ega bo’lgan hujjat ekanligidan dalolat beradi.

Lekin dunyoda kodekslashtirilmagan konstitusiyalarni qabul qilgan davlatlar ham uchrab turadi. Buyuk Britaniya, hveciya va Isroil kabi mamlakatlarda konstitusiya yagona hujjatni tashkil etmaydi, u bir nechta konstitucion xarakterga ega bo’lgan masalalarni boshqaruvchi muhim qonunlar majmuidir.

Anglosakson huquqiy tizimi mavjud bo’lgan mamlakatlarda «tirik» va «o’lik» konstitusiyalar ajralib turadi. Bu ma`noda AQh konstitusiyasini aytishimiz mumkin. AQhning 1787 yildagi konstitusiyasi (ya`ni 200 yil oldin qabul qilingan) o’lik hisoblanadi, chunki u juda eskirgan, arxaik va yuzaki qaralgan konstitusiya bo’lib, faqat asosiylarning asosiysini tartibga soladi. Agar uni (Oliy sud) sud`yalar tomonidan sharhlanmaganda, u bilan yashash juda qiyin bo’lar edi. O’nlab konstitusiya mazmunini tushuntirib beruvchi Oliy sud qarorlari aynan tirik konstitusiya sarasiga kiradi.

Konstitutsiyani sharhlash huquqiga ega bo’lgan anglosakson mamlakatlarining sudlari o’z qarorlari bilan shu davlatning tirik konstitusiyasini joriy qiladi.

Konstitutsiyalar huquqiy va daliliy bo’lishi mumkin.

«Huquqiy konstitusiya» bu, qoqozdagi konstitusiyadir. Lekin «Daliliy konstitusiya» esa, qoqozdagi konstitusiyaga mos tushmasligi mumkin bo’lgan hayotdagi konstitusiyadir.

Masalan avtoritar va totalitar davlatning konstitusiyalarida inson huquqlari va erkinliklari normalarda mustahkamlangan, lekin amaldagi o’rniga kelsak, hokimiyatlar tomonidan nazorat qilinmaydi va shu huquqlarni himoya qiluvchi alohida mexanizm ham ishlab chiqilmagan. Boshqa misol: Gitler Germaniyasi o’z faoliyatini olib borish davomida «demokratik» Veymar konstitusiyasining ko’pgina jihatlariga amal qilinmagan.

Huquqiy va daliliy konstitusiyalar mazmuni haqiqiy va soxta konstitusiyalar mazmuniga juda yaqin. Haqiqiy konstitusiya hayotga tatbiq qilingan va unga muvofiq ijtimoiy munosabatlarda o’z aksini topadi.

Soxta konstitusiyalar haqiqat bilan birlasha olmaydi va amaliyotda o’z aksini topmaydi. hunday qilib, agar zamonaviy AQh uchun totalitar socialistik konstitusiya qabul qilinsa, unda bu konstitusiya soxta bo’ladi, chunki AQhning ijtimoiy munosabatlari o’zgachadir, undan tubdan farq qiladi. Agar Xitoy oldingi burjua konstitusiyasini qabul qilsa, xuddi yuqoridagi holat qaytariladi.

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish imkoniyatiga ko’ra egiluvchan va qat`iy konstitusiyalarga bo’linadi. egiluvchan konstitusiya – bu uning matniga o’zgartirish kiritish oson bo’lgan turidir.

Ko’p hollarda egiluvchan konstitusiyalarda o’zgartirishlar hozirjavoblik bilan amalga oshiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya konstitusiyasiga shunday konstitusiya sifatida murojaat etishi mumkin. Parlament akt chiqaradi deguncha, konstitusiyaga o’zgartirishlar kiritilib bo’linadi. RSFSRning 1978 yildagi konstitusiyaning 1989-1993 yil nashr etilganini ham egiluvchan konstitusiya deya olamiz, chunki unga o’nlab o’zgartirishlar va tuzatishlar kiritilgan.

O’zgartirishlar kiritish bir muncha murakkab bo’lgan konstitusiyalarni murakkab konstitusiya deb aytsak bo’ladi. Konstitutsiyalarni qat`iy turiga aylantirish uchun bir necha usullar mavjud. Buning uchun quyidagilar kiritiladi:

O’zgartirishlar kiritishda vakolatli ovoz miqdorini (2|3, 3|5, 3|4);

Ikki votum usulini (1 ta`sis majlisi yoki 1 sessiya davomida 2 ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi, agar murakkab bo’lsa, u holda faqat parlamentning turli a`zolari tomonidan qabul qilinadi);

Parlamentning yangi tarkibi asosida konstitusiyani qabul qilish uchun alohida parlamentning qayta saylovini;

O’zgartirishlarni referendumda tasdiqlash uchun;

O’zgartirishlarni federaciya sub`ektlarining qonun chiqaruvchi organlari tomonidan ratifikaciya qilishni.

O’ta qat`iy konstitusiya deb, o’zgartirishlar kiritishning hech iloji bo’lmagan konstitusiyaga aytiladi.


Konstitutsiyaviy huquq fanini tizimi
Har bir fan o’zining tizimiga ega bo’lib, o’zi o’rganadigan predmetning mazmuni va uning tuzilish tartibini qamrab oladi. Konstitutsiyaviy huquq fanining tizimi, asosan, o’zi o’rganadigan huquq tarmoqining tizimiga va uning oldiga qo’yilgan vazifalarga mos keladi va quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

  1. Faning umumiy masalalari. Ularga huquq tarmoqi sifatida konstitusiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti, bu huquq tarmoq normalarining mohiyati va xususiyatlari; konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar va ularning turlari; konstitusiyaviy huquqning Respublikamiz huquqiy tizimidagi o’rni kabi masalalar kiradi.

  2. O’zbekiston Respublikasida konstitusiyaviy rivojlanishning asosiy bosqichlari. Bu bo’lim konstitusiyaviy huquqning bosh manbai va davlatning asosiy qonuni bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va xususiyatlarini, konstitusiyaviy huquq normalarini amalga oshirish mexanizmi va shakllarini, O’zbekistonda konstitusiyaviy rivojlanishning asosiy bosqichlarini o’z ichiga oladi.

  3. O’zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy tuzumining asosiy principlari bo’limida respublikamizning davlat mustaqilligi, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi tamoyillari, O’zbekiston tashqi siyosatining konstitusiyaviy asoslari o’rganiladi.

  4. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Bu bo’limda shaxs huquqiy holatining asoslari, O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari, burchlari, ularni amalga oshirish kafolatlari o’rganiladi.

  5. Jamiyat va shaxs munosabatlarining asoslari. Bu bo’limda O’zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy tuzumining iqtisodiy negizlari, jamiyatdagi mulkiy munosabatlar, fuqarolik jamiyatning konstitusiyaviy asoslari, jamoat birlashmalari, oilaning jamiyatdagi roli, ommaviy axborot vositalarining jamiyat siyosiy tizimida tutgan o’rni o’rganiladi.

  6. O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy va davlat tuzilishi. Bu bo’limda O’zbekistonning milliy-davlat tuzilishi, ma`muriy-hududiy bo’linishi, Koraqalpoqiston Respublikasining konstitusiyaviy maqomi o’rganiladi.

  7. O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari tizimi. Bu bo’limda davlat hokimiyatining bo’linish tamoyillari, davlat hokimiyati organlarining tizimi va turlari, ular faoliyatini tashkil etish tamoyillari va shakllari; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning vakolati va faoliyatining shakllari; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maqomi, vakolatlari, davlatni va xo’jalikni boshqarish organlari, mahalliy hokimiyat organlarining tizimi, sud hokimiyati va prokuratura organlari tizimi o’rganiladi.

Hozirgi konstitusiyaviy huquq fanining tizimi ana shulardan iborat. Albatta, konstitusiyaviy huquq fanining tizimi o’zgarmasdan qolmaydi, konstitusiyaviy huquq institutlarining rivojlanishi bilan bu fan tizimi ham o’zgarib boraveradi.

Masalan, Respublikamizda ikki palatalik parlament tashkil topishi, Prezidentning konstitusiyaviy saylash muddati etti yilga cho’zilishi bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitucyasining ayrim moddalariga o’zgartirishlar kiritiladi.

Konstitutsiyaviy huquq fani huquqshunoslik fanlari ichida markaziy o’rinni egallaydi. Chunki konstitusiyaviy huquq fani respublikamiz konstitusiyaviy tuzumining asosiy tamoyillarini, ijtimoiy tuzumning konstitusiyaviy asoslarini, inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini, O’zbekiston respublikasining davlat tuzilishi va davlat tizimlarini belgilaydigan eng muhim huquqiy institutlarni o’rganadi. Bu huquqiy fan boshqa yuridik umumnazariy, tarixiy tarmoq fanlari bilan uzviy boqliqdir.

Konstitutsiya bu doimiy yuridik hujjat (goh 1ta, goh bir nechta). Hujjat sifatida ichki mantiq va alohida tuzilishga ega. Konstitutsiyaning asosiy tuzilish elementlari:



  • Muqaddima;

  • Asosiy qism;

  • Yakuniy va ilova qismlaridan iborat.

Muqaddima - konstitusiyaning qisqa va tantanali kirish qismi. Odatda muqaddima xalq yoki konstitusiyani qabul qilayotgan organ nomidan ovoza qilinadi. U xalqning tarixiy qadamiga ishora qilib, konstitusiya nomidan uning maqsadlari e`lon qilinadi.

Muqaddima - konstitusiyaning keng tarqalgan, lekin majburiy tusga ega bo’lmagan qismi. Konstitutsiyasining muqaddima qismi umuman bo’lmagan mamlakatlar ham mavjud (masalan, Italiya).

Ayrim totalitar va avtoritar mamlakatlarning konstitusiyasida muqaddima qismi alohida o’rin egallaydi. Ularning muqaddimasi qisqa deklaraciya emas, balki davlatning hayoti to’qrisidagi to’liq ma`lumot, u socialistik jamiyatning yangi maqsadlari, revolyuciya yutuqlari, revolyucionerlar kurashi va uning oqir tarixi haqida ma`lumot beradi. Ahyon-ahyonda bunday muqaddimalar o’tib ketgan Mao Czedung, Xo hi Min kabi (Xitoy, V`etnam) hozir hayot bo’lgan Kuba boshliqi F.Kastro kabi tarixda chuqur iz qoldirgan yurtboshilarning hayotini o’zida mujassamlashtirgan.

Demokratik davlatlarda esa kimningdir jamiyat oldida xizmatlari ko’p bo’lishiga qaramay, uning ismini yoki nomini kiritish umuman qabul qilinmagan.

Qoidaga ko’ra, muqaddima me`yoriy xarakterga ega emas (hech qanday yuridik me`yorlari yo’q). Franciya bundan mustasno, birinchidan, konstitusiyasining 1-moddasi (konstitusiyaning qisqa shakldagi eng muhim moddasi) muqaddima tarkibida; ikkinchidan, 1958 yildagi konstitusiyaning qismi sifatida, ayrim inson huquqlarini tartibga soluvchi 1946 yildagi konstitusiyaning muqaddimasi ham qabul qilinadi.

Asosiy qism konstitusiyaning matni hisoblanadi. Odatda u raqamlangan bo’limlarga bo’linadi (bo’lim, bob, modda). Har bir bo’lim alohida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi (masalan, inson huquqlari, davlat qurilishi), moddalar esa, aniq me`yorlarni o’z ichiga oladi.

Zamonaviy konstitusiyalarda odatda, avval konstitucion tuzum asoslarini tartibga solish, so’ng davlat organlarining davlat tizimidagi joylashuvini aks ettiradi.

Zamonaviy davrdagi o’rtacha konstitusiyalar 100-150-moddani qabul qiladi.

Juda mantiqiy konstitusiyalar mavjud: masalan Mongoliya konstitusiyasi esa 70 ta moddadan iborat. O’ta batafsil va to’liq (shishirilgan) konstitusiyalar mavjud. Bular jumlasiga Hindiston konstitusiyasi (750 ta modda atrofida), Braziliya konstitusiyasi (315 ta moddaga yaqin), Portugaliya konstitusiyasi (300 ta moddalar atrofida), Meksika konstitusiyasi (100 ta modda, lekin ularning har biri 5-10 moddani tashkil etadi) kiradi.

Zamonaviy nuqtai nazardan, yuqoridagi holat to’qri deb topilmaydi, chunki konstitusiya qisqa, lo’nda va mantiqiy bo’lishi zarur. U chalkashishga yo’l qo’yadigan, tushunarsiz «shishirilgan» emas, balki eng asosiylarnigina o’zida mujassam etishi zarur.


Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari
Turli vaqtlarda turli konstitusiyalar qabul qilingan. Har bir konstitusiya o’zida o’ta aniq va tarixiy davr asarlari (izlari)ni o’zida mujassam ettiradi va u o’sha davrdagi ijtimoiy munosabatlarni va ma`lum davrdagi hamda ma`lum davlatdagi eng katta konstitucion mustahkamlikka ega bo’lgan ehtiyojni tartibga solgan.

Konstitutsiya va uning o’rganadigan masalalarining qabul qilinishi uchun ma`lum faktorlar ta`sir etadi. Ulardan eng asosiylari:



  1. Jamiyatda sinfiy tabaqalanish kuchining taqsimlanishi;

  2. Hokimiyatning u yoki bu jamiyat qatlamiga tegishliligi;

  3. Amaldagi shaxsiy munosabatlar, ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi;

  4. Konstitutsiya tayyorgarligi va qabul qilinish jarayonida ommaviy fikrlar;

  5. Xalq mentaliteti;

  6. Jamiyatdagi madaniyat darajasi;

  7. Xalq va davlatning tarixiy o’tmishi;

  8. Konstitutsiyaning boshqa davlatlarga ta`siri;

  9. Bosqinchilik kuchlarining xorijiy mamalakatlarga ta`siri (kam hollarda).

200 yildan ortiq davrdan beri kodekslashtirilgan konstitusiya o’zining zamonaviy tushunchasida ishlatilmoqda. hu davr mobaynida konstitusiya qabul qilinishining 6 ta eng katta bosqichlarini bosib o’tdi:

1-bosqich: XUIII asr oxiri – 1 – jahon urushi (1914-1918 yillar);

2-bosqich: Birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davr (1918-1945 y);

3-bosqich: 1945-1960 yillar;

4-bosqich: 1960-1975 yillar;

5-bosqich: 1975-1990 yillar;

6-bosqich: 1990 yildan boshlanadi.

1-bosqich eng uzun davr hisoblanadi ya`ni 130 yil davom etgan. U birinchi konstitusiyaning qabul qilinishi bilan boshlanadi (1787 yil-AQh, 1791 yil-Pol`sha, 1791 yil-Franciya). 130 yil davomida birinchi konstitusiyani namuna qilib olgan holda butun dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarda va Evropada konstitusiyalar qabul qilina boshlagan. (1831 yil Bel`giya konstitusiyasi, 1874 yil hveycariya konstitusiyasi, 1887 yil Gollandiya konstitusiyasi, 1889 yil Yaponiya konstitusiyasi, 1871 yil Germaniya konstitusiyasi, 1848 yil Italiya konstitusiyasi, 1911 yil Portugaliya konstitusiyasi va boshqalar).

XUIII asr oxiri – 1914-1918 yilda qabul qilingan barcha konstitusiyalar bir-biriga shakli va matni jihatidan o’xshab ketadi. Ular quyidagilar:


  1. Juda mantiqiy va qisqaligi;

  2. eskirgan tilda yozilganligi;

  3. Yuridik texnologiyaning yuqori emasligi (so’zlar orasida oraliqlar ko’pligi va noaniq, tushunarsiz normalarning mavjudligi);

  4. Ko’pincha ta`sis majlisi yoki boshqa kam vakillik yiqilishlarida qabul qilingan yoxud yakka xukmdor tomonidan in`om etilgan;

  5. Revolyuciya yoki boshqa favqulodda holatlarda qabul qilingan;

  6. Asosiy e`tibor davlat hokimiyatining tashkil topish masalalariga qaratilgan;

  7. Huquq va erkinliklar konstitusiya matnining ozgina qismigagina atalgan, shunda ham eng asosiy huquqlar mustahkamlangan;

  8. Siyosiy huquqlarga ko’proq ahamiyat berilgan;

  9. Aksariyatida xususiy mulk daxlsiz ekanligi e`tirof etilgan;

  10. Respublika o’rnatilgan bo’lsagina, yakka xukmdor vakolatlari cheklangan;

  11. Hokimiyat bo’linish tamoyillari mustahkamlangan;

  12. Xalqning saylov vakillik organlari - parlamentlarni ta`sis etilgan (ko’pincha 1-parlamentlar haqiqiy bo’lmagan va kam salohiyatga ega bo’lgan, cenzura (ta`qiq)ga

asoslangan, ko’pbosqichli saylov tanlangan).

Konstitutsiyalar aksariyati burjuaziya demokratiyasi va kapitalizm hamda boshqa maqsadlarga erishish yo’lida mutloqchilikka qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan.

Konstitutsiyaning 2-bosqichi (1918-1948y) 1-jahon urushi natijasida dunyoda ulkan o’zgarishlar sodir bo’ldi:

Brinichi anglotilliklar (Buyuk Britaniya va AQh) nemistilliklar (Germaniya, Avstriya-Vengriya)ga qattiq zarba beradilar. Ular dunyoda va Evropada Evropaning shaxsiy tartibini o’rnatib berib, dunyo xaritasini o’z foydalari hisobiga andozalab oldilar (1919 yildagi Versal shartnomasi, mandat tizimi, Millatlar ligasi va boshqalar);



Ikkinchidan, urush natijasida dunyodagi yirik imperiyalar quladi – Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya, Turkiya;

Uchinchidan, Evropa xaritasida yangi davlatlar soni oshdi (ular Versal davlatlar deb nomlangan): Latviya, Litva, estoniya, Veymar Germaniyasi, uncha katta bo’lmagan Avstriya Respublikasi, Vengriya, Chexoslavakiya, Yugoslaviya, Pol`sha, Finlyandiya;

To’rtinchidan, aksariyat mamlakatlarda imperializmga qarshi milliy va socialistik inqiloblar bo’lib o’tdi (Rossiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Meksika va boshqalar);

Beshinchidan, ma`naviy qadriyatlar o’zgardi (Konstitutsiya, parlamentarizm va inson huquqlariga bo’lgan hurmat yanada oshdi).

1918 yilda qabul qilingan yangi konstitusiyalar oldingi konstitusiyalardan tubdan farq qiladi:



  1. Oldingilariga nisbatan savodliroq va maxorat bilan yozilgan;

  2. O’z tartibining predmetini kengaytirish va hajmini kattalashtirish;

  3. Inson huquqlari va erkinliklariga ahamiyat ko’proq berilgan (1919 yildagi Veymar Konstitutsiyasi, 1920 yildagi Avstriya va Chexoslavakiya Konstitutsiyalari);

  4. Konstitutsiya ruhiga ko’ra demokratiyaga tayangan;

  5. Birinchilari ijtimoiy huquq va me`yorlarni mustahkamlashni boshladilar (1919 yildagi Veymar konstitusiyasi, xususiy mulk butun jamiyatga naf keltirish majburiyatiga ishora qilgan);

  6. Parlamentalizmni kengaytirdilar (saylov huquqi hamma uchun teng bo’ladi va cenzuraga chek qo’yildi);

  7. Avstriyaning 1920 yildagi konstitusiyasi 1-marta Konstitutsiyaviy sudni tashkil etdi.

2-jahon urushi natijasida joriy etilgan dunyodagi yangi vaziyat, konstitusiya qabul qilinishining 3 to’lqinining paydo bo’lishiga turtki bo’ldi.

Ko’rsatkich 2 yo’nalish bo’yicha konstitusiyalarning qabul qilinishining 3-avlodi :

Birinchidan, yangi konstitusiyalar yangi mamlakatlarda qabul qilindi va qolib mamlakatlarda ular yangilandi;

Ikkinchidan, dunyo miqyosida milliy demokratik va socialistik konstitusiyalar tarqala boshladi.

Ayniqsa, yangi konstitusiyalar oldingi agressiv maqlub mamlakatlarda qabul qilindi – Italiya konstitusiyasi (1947), Yaponiya konstitusiyasi (1947), FRG Asosiy Qonuni (1949). Bu konstitusiyalar:


  • bosqinchi kuchlar ya`ni qolib mamlakatlar tomonidan aytib turilib ishlab chiqilgan va maqlub mamlakatlarning xarakterini tubdan o’zgartirish maqsadlari bo’lgan;

  • Davlatlarning asosini qaytadan tashkil qilib berdilar (FRG o’zining “Asosiy Qonuni” bilan bir vaqtda paydo bo’lgan davlatga aytildi; Italiya monarxiya tuzumidan respublika tuzumiga o’tkazildi; Yaponiya dualistik monarxiyadan parlamentar monarxiyaga aylandi);

  • Inson huquqlari va erkinliklari keng sohasi mustahkamlandi;

  • Italiya o’z davri uchun inqilobiy holatda o’z fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat huquqlarini shakllantirib berdi;

  • Urushdan voz kechishni mustahkamladi, Yaponiya esa umuman mudofaa kuchlaridan voz kechdi;

  • Demokratiya, parlament va ko’ppartiyaviylik joriy etildi;

  • Fashizm qoralandi. Fashizm va militarizmni kelajakda paydo bo’lmasligi uchun bir qator choralar ko’rildi.

Franciya o’zining 1946 yildagi konstitusiyasini demokratlashtirib oldi.

Sobiq Sovet mafkurasi ta`siridagi davlatlarning konstitucion tuzumi tubdan o’zgardi: GDR, Pol`sha, Chexoslavakiya, Vengriya, Bolgariya, Ruminiya. Yuqoridagi barcha mamlakatlarda mahalliy kompartiyalarga erkinlik beruvchi, o’zlashtirilgan xususiy mulkni qonuniylashtiruvchi milliy demokratik konstitusiyalar qabul qilina boshlandi (ya`ni vaqtinchalik milliy burjuaziya va socialistik kuchlarni murosaga keltiruvchi “vaqtinchalik murosali” konstitusiya edi, lekin kommunistlar hokimiyat tepasiga kelishi uchun va xususiy munosabatlarni o’zgartirish uchun huquqiy asosni yaratdilar).

“Vaqtinchalik murosaga keltiruvchi” milliy-demokratik konstitusiyalardan foydalangan holda, kommunistlar barcha ko’rsatilgan mamlakatlar hokimiyatidan keldilar (1947-1948 y) va ular milliy burjuaziyaning xususiy mulkini musodara qilib, jamiyat tarkibidagi sinflarni o’zgartirib yubordi. hundan so’ng, sovet blokida 7 ta mamlakatlarda kommunistik partiya hokimiyatiga tegishli bo’lgan, socialistik davlatlarning iqtisodiy qurilishi sifatida mustahkamlangan “socialistik konstitusiyalarlari” qabul qilindi. Yuqorida eslab o’tilgan socialistik konstitusiyalar, 1936 yildagi SSSR konstitusiyasiga sinalganligi asosida qabul qilingan.

Xuddi shu davrda, Osiyo mamlakatlari bo’lmish, Vetnam, Xitoy, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlarning milliy-demokratik, milliy-ozodlik va socialistik konstitusiyalari qabul qilingan.

4-bosqich konstitusiyalari 50-yillar oxiri 60-yillar boshidagi kolonizm tizimi barbod bo’lishiga olib keluvchi konstitusiyalardan edi. Afrika mamlakatlari o’zining milliy konstitusiyalarni qabul qilgan. Ulardan ayrimlari ozod mamlakatlar tomonidan mustaqil ishlab chiqildi. Ko’pincha ular oldingi metropoliyalar tomonidan ishlab chiqilar edi (Buyuk Britaniya, Franciya) yoki ular tomonidan in`om qilinar edi.

Kolonizm tizimining barbod bo’lishi natijasida Franciyaning 1958 yildagi “general degolev” konstitusiyasini qabul qilishiga turtki bo’ldi.

5-bosqich konstitusiyalari Evropa-Greciya, Portugaliya (1974) va Ispaniya (1975)dagi fashistik rejim qulashining tarafdori bo’lgan. Bu mamlakatlarda demokratik siyosiy rejim va yangi konstitucion qurilish, parlamentarizm, inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlovchi yangi, demokratik konstitusiyalar qabul qilindi (Greciyada – 1975 y, Portugaliyada – 1976y, Ispaniyada – 1978 y).

Yangi konstitusiyalar Portugaliyaning 1976 yildagi konstitusiyasini namuna qilib olgan holda, uning koloniyasidan 1974-1975 yillarda chiqib ketgan mamlakatlarda qabul qilindi.

70-80-yillarning 2-yarmida shuningdek, koloniyalardan oxirgi bo’lib ajralib chiqqan mamlakatlarda konstitusiyalar qabul qilindi (masalan, Janubiy Rodeziya) shuningdek, inqilob yoki davlat tuzumini o’zgartirgan mamlakatlarda (eron) ro’y berdi.

6-bosqich hozircha oxirgi bosqich, undagi konstitusiyalar Sobiq SSSRning va socializmning qulashi natijasida paydo bo’ldi. 20 dan ortiq mamlakatlar o’z jamiyat qurilishini tubdan o’zgartirdilar. hunga ko’ra, dunyo xaritasida 20ga yaqin davlatlar paydo bo’ldi (15 ta SSSR hududida, 5 ta Yugoslaviya hududida). Aksariyatida keyinchalik batafsil ko’rib chiqishga moyil bo’lgan yangi konstitusiyalar qabul qilindi.




1Qarang: U. Tojixonov. O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi amalda. - T., 1996. - 29-bet.

2 I.A.Karimov. Konstituciyaning 2 yilligi munosabati bilan so’zlagan nutqidan.

Aim.uz


Download 132,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish